Tursunoy Sodiqovaning “Dildagi dur” asarining pragmatik tahlili Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 307-guruh talabasi Xolnazarova Madinaning O‘zbek pragmalingvistika asoslari fanidan mustaqil ishi Reja: - 1. Pragmalingvistika hamda pragmatik tahlil haqida tushuncha.
- 2. Tursunoy Sodiqovaning “Dildagi dur”asari tavsifi.
- 3. Badiiy asardagi parchalarning pragmatik tahlili.
1. Pragmalingvistika hamda pragmatik tahlil haqida ma’lumot. Pragmalingvistika Pragmatika tushunchasi ilk bor semiotikada paydo bo‘lib, u turli belgilarning semiotik tizimdagi funksional xususiyatlarni ifodalovchi, ular haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi va yetkazuvchi fan sifatida tushuniladi. Semiotika bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etgan Ch. Morris mazkur fan doirasida uch bo‘limni ajratadi: belgilar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi sintaktika (sintaksis), belgi va belgilangan o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi semantika, belgi va uni qo‘llovchi (interpritator yoki uni tuzatuvchi va tushunuvchi) o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi pragmatika. Olim tomonidan ilgari surilgan fikrlarning ilmiy asoslanishi, til pragmatikasi, shakllanishi keyinchalik, J. Ostin, J. Syorl, G. Grays, Z.Vintler va boshqa faylasuflar g‘oyalari bilan barqarorlashdi. Pragmatika fani paydo bo‘lishi va rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar
Charlz Morris
(1901-1979)
Jon Syorl (1932)
Gerbert Grays
(1913-1988)
Zeno Vendler (1921-2004)
Tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa g‘oyalari va amallari bilan boyitishga uzoq tayyorgarlik ko‘rdi. Bunday tayyorgarlik, izlanishlar zoe ketmadi, o‘tgan asrning oxiri tilshunoslik taraqqiyotida o‘ziga xos yangi bosqich, yangi rivojlanish davri bo‘ldi. Shu davrda empirizm, fenomenologiya, konstruktivizm kabi falsafiy g‘oyalarni o‘zida jamlagan metodologiyaga asoslangan lisoniy tahlil yo‘nalishlari yuzaga keldi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri, albatta, pragmalingvistikadir. Pragmatik tahlil tamoyillarini belgilovchi asosiy metodologik g‘oya ham aniq: bu – faoliyat nazariyasidir. - Tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa g‘oyalari va amallari bilan boyitishga uzoq tayyorgarlik ko‘rdi. Bunday tayyorgarlik, izlanishlar zoe ketmadi, o‘tgan asrning oxiri tilshunoslik taraqqiyotida o‘ziga xos yangi bosqich, yangi rivojlanish davri bo‘ldi. Shu davrda empirizm, fenomenologiya, konstruktivizm kabi falsafiy g‘oyalarni o‘zida jamlagan metodologiyaga asoslangan lisoniy tahlil yo‘nalishlari yuzaga keldi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri, albatta, pragmalingvistikadir. Pragmatik tahlil tamoyillarini belgilovchi asosiy metodologik g‘oya ham aniq: bu – faoliyat nazariyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |