25
murakkabligi, funksional rang-barangligidan kelib chiqqan holda ularga
majmuaviy mezonlar asnosida ta’rif berish zarur.
8.
Milliy-madaniy xoslangan frazemalar shakllanishi jarayonida, oddiy ma’no
yaratuvchi, shakllantiruvchi mexanizmlar, ya’ni analogiya, oʻxshash-qiyos,
koʻchim-metafora, metonimiya va boshqa usullarni ishga tushiradi va ma’lum
xalqning milliy-madaniy mentaliteti asosida voqelanadi.
9.
Frazemalar har bir xalqning milliy-madaniy xususiyatlarini namoyon
etuvchi til birligi sifatida ham noyob hisoblanadi.Turli tillar tizimlariga mansub
boʻlgan, geografik jihatdan bir-birlaridan uzoq joylashgan, toʻgʻridan-toʻgʻri turli
ijtimoiy, siyosiy, diniy aloqalarga kirishmagan ingliz va oʻzbek xalqlari
frazemalarining chogʻishtirma tadqiqi ular orasidagi bir qator allamorf va izomorf
xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatdi.
10.
Ingliz va oʻzbek tillari frazemalari milliy-madaniy xususiyatlarini
chogʻishtirib o‘rganish orqali insonlarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, qaysi
makonda yashashi, qaysi tilda gapirishidan qat’i nazar ularda umumiy mantiqiy
mushtaraklik mavjudligini shakl plani ham, ma’no plani ham toʻliq ekvivalent
boʻlgan frazemalar tahlili misolida ingliz va oʻzbek tili paremiyalarini
chogʻishtirish orqali koʻrish mumkin.
11.
Ingliz tili frazemalarining umumYevropa madaniyati, taraqqiyoti bilan
chambarchars bogʻliqligi va qadimiy mifologik adabiyotlar qahramonlarining
nomlari bilan mushtarakligi oʻzbek tilidan farqli jihatlarini koʻrsatadi. Ingliz tili
frazemalarining oʻziga xos tomonlaridan biri eponim frazemalar shakllanishidagi
shaxs nomlari va ular bilan bogʻliq narsalar orqali ifodalanishidir. Oʻzbek tili
frazemalar zaxirasida qadimiy qahramonlar bilan bogʻliq boʻlgan frazemalar juda
kam uchraydi.
12.
Frazeologik birliklarni noyob namunalar sifatida oʻrganish, qiyosiy-
chogʻishtirma, tasnifiy, tavsifiy tadqiqotlar olib borish, shu bilan birgalikda, ingliz
va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarning semantikasidagi izomorf va allomorf
xususiyatlarni aniqlash boʻyicha ilmiy izlanishlarni amalga oshirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli har bir tildagi frazeologizmlar oʻsha xalq
mentaliteti, dini, urf-odatlari va yashab turgan muhiti ta’siri hisobiga boyib
borishini ochib berish, ingliz va oʻzbek tillaridagi frazemalarni lingvomadaniy
aspektda oʻrganish zaruriyatini ko’rsatadi.
13.
Oʻzbek tiliga qardosh boʻlmagan tillar bilan chogʻishtirma tadqiqotlar
oʻzbek frazeologiyasi asosida yotgan boy milliy madaniyatimiz durdonalarini,
tilimizning nodir namunalarini jahon ahli e’tiboriga taqdim etish imkonini beradi.
Shunday ekan, turli tizimli tillardagi milliy-madaniy xususiyatlarni ifodalovchi
frazeologizmlar va ularning lingvokulturologik tahlili bo‘yicha qiyosiy aspektda
ilmiy tadqiqotlarlar o‘tkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: