2.2. Genomika fanining metodlari
Zamonaviy dunyoda biologiya, xususan genomika, proteomika va bioinformatika fanlarining rivojlanish holati, mamlakatning rivojlanish darajasini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Aynan biologiya fanlari dunyoning rivojlangan mamlakatlarida meditsina, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligining rivojlanishini ta’minlovchi bosh kuch hisoblanadi va ularning iqtisodiyoti uchun xizmat qiladi.
Oxirgi 20 yilda genomlarning tadqiqoti bo‘yicha juda keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilgan, xususan o‘nlab eukariot va prokariot organizmlarni genomlari batafsil o‘qib chiqilgan (sekvenslangan). Bu genomlar asosida o‘simliklarni qimmatbaho xo‘jalik belgilari uchun javobgar bo‘lgan (hosildorlikka, qurg‘oqchilikka, patogenlarga, zararkunanda hasharotlarga chidamli) genlari aniqlangan. Bu esa qishloq xo‘jalik o‘simliklarini yangi yuqori sifatga ega bo‘lgan navlarini yaratilishi uchun zamin bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, genomika, proteomika va bioinformatika metodlari yordamida meditsina amaliyotida odam kasalliklari uchun javobgar bo‘lgan genlar aniqlangan. Bugungi kunda irsiy, poligen va yuqumli kasalliklarga zamonaviy tashxis qo‘yish usullari yo‘lga qo‘yilgan.
Genomikaning 5ta bo`limi mavjud:
Strukturaviy genomika;
Funksional genomika;
Tibbiyot genomika;
Evolyutsion genomika;
Solishtirma genomikasi.
Strukturaviy genomika - bu genomning fizik tabiatini o'rganish. Shuning uchun strukturaviy genomika asosan genomlarning ketma -ketligi va xaritalashiga taalluqlidir. Organizmdagi genomlarning to'liq ketma -ketligi yoki oqsillarning to'liq to'plami strukturaviy genomika bilan belgilanadi. Genetik va fizik xaritalar strukturaviy genomikada tuzilgan. Bundan tashqari, strukturaviy genomika, shuningdek, genomning ketma-ketligini va genom genlari tomonidan kodlangan har bir oqsilning uch o'lchovli tuzilishini aniqlashni o'z ichiga oladi.
Funktsional genomika - bu genlarning ifodasi va ularning vazifalari bilan shug'ullanadigan genomikaning bir bo'lagi. Bu, shuningdek, genlarning ifodalanishi va metabolizm yo'llari bilan bog'liq. Funktsional genomika gen funktsiyalari va o'zaro ta'sirini tasvirlash uchun genomik loyihalar tomonidan ishlab chiqarilgan katta hajmdagi ma'lumotlardan foydalanadi.
Tibbiyot genomini – genlar, kasalliklar va profilaktik tibbiyotga kirish, kasalliklar va kasalliklar bazalari, inson genomini tartibga solish, inson genomini tugatish, keyingi avlod tartibini aniqlash usullari Bioinformatika va funktsional genomika, inson genomi ketma-ketligidagi farqlarni o’rganish kiradi
Zamonaviy genomli texnologiya, tibbiyotda yangi yo‘nalishni – shaxsiy meditsinani rivojlanishiga asos bo‘ldi. Bu yo‘nalish – rivojlangan mamlakatlarning ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Yuqorida keltirib o‘tilganlarni O‘zbekistonda amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz hukumatining qarori bilan zamonaviy ilmiy tadqiqot muassasi – Genomika va bioinformatika markazi tashkil qilingan. Bu markaz mutaxassislari dunyo ahamiyatiga molik tadqiqotlar olib bormoqdalar va ularning ilmiy natijalari nufuzli xalqaro jurnallarda chop etib kelinmoqda.
O‘zbekistonda bu yo‘nalishni yanada rivojlantirish, hamda yuqori saviyaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zR Vazirlar Mahkamasi protokol qarori bilan markazni rivoji uchun katta miqdorda mablag‘ ajratilgan. Markazda raqobatbardosh tadqiqotlarni olib borish uchun yangi avlod “Roche-454” sekvenatori sotib olinib ishga tushirilgan. Markazni 15dan ortiq mutaxassislari dunyoning, shu jumladan AQShning nufuzli ilmiy laboratoriyalarida genomika va bioinformatikadan o‘z malakalarini oshirmoqdalar.
Respublikamizda “Genomika”ni rivojlantirish zamonaviy fan tarmog‘laridan biri bo‘lgan bu sohada yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlash hamda fanni rivojlantirish bilan bir qatorda yangi texnologiyalar, yangi o‘simlik navlari, mikrob shtammlari va hayvon zotlari yaratishga imkon beradi. Jamiyat taraqqiyoti nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatining kattaligi bilan, balki bu salohiyat har bir insonning kamol topishi va uyg‘un rivojlanishiga qanchalik yo‘naltirilganligi, innovatsiyalarni tadbiq etilganligi bilan ham o‘lchanadi.
Demak, ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, pedagoglarni zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, chet elning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ta’lim amaliyotiga tadbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. «Genomika» moduli aynan mana shu yo‘nalishdagi masalalarni hal etishga qaratilgan.
XULOSA
Gen – irsiy axborot birligi bo`lib, genom yoki xromosomada ma’lum o`rinni egallagan va organizmda ma’lum funksiyani nazorat qiladi. . Genom – organizm hujayrasida to`plangan irsiy materialning yig`indisidir. Genom organizmni qurish va saqlab turish uchun kerak bo`lgan biologik axborotni saqlaydi. Barcha genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha hujayrali hayot formasiga ega bo`lgan genomlar DNK dan tuzilgan, lekin ba’zi bir viruslar genomi RNK dan iborat. Shu bilan birga, “genom” terminining boshqacha talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma’lum turning genetik materiallari xromosomalarni gaploid to’plami yig`indisiga tushuniladi.
“Gen” termini daniyalik botanik Vilgelm Iogans tomonidan 1909-yili, ya’ni Uilyam Betson “genetika” terminini kiritgandan 3 yil keyin ishlatilgan. Grekchadan tarjima qilinganda “gen” - bu “avlod”, shuning uchun “genetika” – bu ajdoddan avlodga belgilarni o`tishini o`rganuvchi fandir.
“Genom” termini 1920-yilda Gans Vinkler tomonidan bir biologik tur organizmlarning xromosomalari gaploid to’plamida yig`ilgan genlarni yozish uchun ishlatilgan. Suffiks “-om” ularda qismlarni bir butun qilib birlashtirish ma’nosini beradi, shuning uchun “genom” deganda genlarni bir butunlikka birlashtirishga tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |