Turonova Munozara uchun savollar


Markazii osiyo hamkorligi tashkiloti



Download 42,09 Kb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi42,09 Kb.
#252297
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-seminar

Markazii osiyo hamkorligi tashkiloti — davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy tashkilot. 1993 yil iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida 1994—2000 yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Integratsiya jarayonlariga sharoitlar yaratish maqsadlarida 1994 yil 10 yanvarda Oʻzbekiston va Krzogʻiston oʻrtasida Yagona iqtisodiy makon tashkil etish toʻgʻrisida Shart-noma tuzildi. Shartnomaga 1994 yil 16 yanvarda Qirgʻiziston qoʻshildi. 1996 yil 23 avg .da Olmaota shahrida oʻtkazilgan Davlatlararo kengash majlisida Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi kuzatuvchi (1998 yil 26 martdan aʼzo) sifatida tashkilotga qabul qilindi. 1998 i. 17 iyulda Choʻlponota shahrida (Qirgʻiziston) Yagona iqtisodiy makonni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma ishtirokchilari — Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy birlashmasi "Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati" nomini oldi. 1999 yildan davlatlararo kengashda Gruziya, Turkiya, Ukraina kuzatuvchi maqomida ishtirok eta boshladi. Mintaqa mamlakatlarining yagona iqtisodiy makonni shakllantirish, mintaqa xavfsizligi va barkarorligi masalalarida, mintaqa mamlakatlarining oʻzaro hamkorligini yanada chuqurlashtirish, integratsion jarayonlarni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiymadaniy va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning muhimligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan hamjamiyat faoliyati doirasini kengaytirish va uni "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti deb atash taklif etildi va bu taklif Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston Respublikalari davlat boshliklarining Toshkent bayonotida (2001 i. 28 dek.) oʻz ifodasini topdi. Davlat boshliklarining Olmaota uchrashuvida (2002 yil 28 fevral) "Markaziy Osiyo hamkorligi" (MOH) tashkilotini tuzish haqida Shartnoma imzolandi. Milliy muvofiklashtiruvchilar instituta tashkil etildi.

  1. Orol muammosini hal qilish yoʻlida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Javob: Nukus va Moʻynoqda BMT koʻmagida amalga oshirilgan namunaviy obektlarga tashrif buyurdi. Xususan, Toshkent Agrar universitetining Nukus filiali huzuridagi fermer va dehqonlarga axborot koʻmagini koʻrsatish – “Maslahat–axborot markazida”, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, aviatashuvlar va yer usti transporti sohasida keng qoʻllaniladigan aniq maʼlumotlarni toʻxtovsiz taqdim etuvchi avtomatlashtirilgan meteorologik stantsiyada ham boʻlishdi.
Undan tashqari, delegatsiya Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi koʻmagida ishga tushirilgan hunarmandchilikni rivojlantirish markazi va Qoraqalpogʻiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda ochilgan tikuv tsexida ham boʻlishdi.

Shuningdek, mehmonlar Moʻynoqda tikuv va suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tsexga, kompyuter xizmatlarini koʻrsatish markazi va yuqori sifatli tibbiy koʻmak koʻrsatish “Orol” qishloq vrachlik punktiga ham tashrif buyurishdi.

Xabarda aytilishiga koʻra Quyi Amudaryo havzasining irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga safar dasturning eng muhim tashriflaridan biri boʻlgan. Bu erda Shveytsariyaning rivojlanish va hamkorlik boʻyicha Agentligini moliyaviy koʻmagida suv resurslaridan foydalanish samarasini oshirishga yoʻnaltirilgan BMT Qoʻshma dasturining loyihasi amalga oshirilmoqda. Xelena Freyzer va Olive Shav, mazkur boshqarmaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, hamkorlik loyihasi doirasida olingan ofis uskunalari va texnika vositalarini topshirdilar.
16.Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari hamkorlik aloqalari haqida soʻzlab bering.

Javob: Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal surʼatlarda rivojlanib borishi natijasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi, deb aytsak boʻladi.

Birgina misol. Prezidentimizning Fransiya (2018-yil oktyabr), Germaniya (2019-yil yanvar) va Turkiyaga (2017-yil oktyabr va 2020-yil fevral) rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari boʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. Oʻz navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil may) va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan (2018-yil aprel) mamlakatimizga javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz.

Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib borilmoqda.



Soʻnggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv oʻtkazildi.

Biz soʻnggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh boʻldik. Xususan, 2019-yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017-yil noyabr va 2018-yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi.
Download 42,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish