Turon zarmed universiteti



Download 100,72 Kb.
bet5/10
Sana28.04.2023
Hajmi100,72 Kb.
#932941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi Gulhayo

Bolalarning o ‘z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo ‘lgan qo ‘shiqlar va o ‘yinlar - o ‘zbek bolalarfolklorining asosini tashkil etadi.

Bolalar folklorining janriy tasnifi. So‘z va harakatning nisbatiga ko‘ra bularni ikki katta guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Bolalarning maishiy qo'shiqlari.

  2. Bolalarning o'yin folklori.

AYTIM-OLQISHLAR erkalovchi motivdagi rasm-rusum qo‘shiqlari bo‘lib, asosan, bolalarning beshik davriga oid turli-tuman marosimlarda ijro etiladi: chaqaloq besh va to‘qqiz kunga to‘lganda, ilk bor cho‘miltirilganda, beshikka ilk bor va har gal bog‘langanda, yana qayta ochib olinganda, ilk bor ti sh yoriganida, birinchi marta mustaqil o‘tirganida, ilk bor oyog‘ida tikka turganida, birinch i marta odimlaganida, “toy-toy”laganida, har gal yangi kiyim kiygizganda, ilk bor ovqat yeganida, qizaloq sochini ilk bor yuvganda-taraganda, o‘g‘il bola sochi ilk bor olinganda, chaqaloq tirnog‘i ilk bor qirqilganda, bolalar sha’niga har gal isiriq tutatilganda, xullas, urfiyatga aylangan va e’tiqod bilan amal qilinadigan shu xildagi rasm-rusumlarning har biri mazmuniga yarasha aytim-olqishlar mavjud. Aytaylik, chaqaloq 7-9 oyligida ilk bor qadam tashlab mustaqil yurishga intila boshlaydi. Shunda uning qadami qutlug‘ va ravon bo‘lishi uchun oyog‘i chigilini echish rusumini bajarish an’anaga aylangan. Dastavval, bolakayning oyoqlariga ipak chilvir solib tushovlaganlar, so‘ngra u yuraboshlaganda boshidabir juft kulcha ushatila turib, orqa tarafidan bola oyog‘idagi chilvirni qaychilab kesa turib:
Adoq-adoq yurisin,
Tikan shunga kirmasin.
Ko‘zi qattiq bandalar,
Ko‘zi shunga tegmasin,-
deya alqaganlar. Ehtiyot chorasi sifatida darhol is chiqarilib, isiriq tutatilgan. Kulchalar marosim ishtirokchilariga taqsimlab berilgan. Odatda bu marosim haftaning xosiyatli kunlari sanalgan chorshanba, yo juma kunlarida nishonlangan.
Bunday marosimlarning ma’lum qismi ijtimoiy taraqqiyot tufayli endilikda so‘nishga yuz tutgan bo‘lsa-da, ma’lum qismi xalq an’analarining poetik uzvi sifatida hamon yashamoqda. Aytaylik, bolalarning yangi kiyim kiyishiga oid aytim- olqishlar yangi ijtimoiy munosabatlar ta’sirida transformatsiyaga uchrab, tug‘ilgan kunni nishonlash jarayonida bolaga yangi kiyim kiydirish qutloviga aylangan:
San bir yillik,
Man ming yillik.
Kiya-kiya to‘zdiraylik,
Dugonalarimdan o‘zdiraylik.
Bu xildagi aytim-olqishlarning ijrosidagi o‘ziga xoslik shundaki, ularni avval bolaga kiyim kiydiruvchining o‘zi aytadi, so‘ngra kiyim kiyayotgan boladan uni takrorlash talab qilinadi. Bola shu talabni ado etadi, xolos.
Aytim-olqishlar xalqimizda bolaparvarlik tuyg‘usining e’tiqod darajasiga ko‘tarilganli gini ko‘rsatuvchi marosimiy qo‘shiqlardir.
ERKALAMA VA OVUTMACHOQlar ham suyish qo‘shiqlarining bir-biridan farq qiluvchi mustaqil janrlari sanaladi. Ovutmachoqlar kichkintoylar g‘ashlanganda, chinqirib yig‘laganda, ehtiyojga aylanish oqibatida yuzaga kelsa, erkalamalar uchun esa, kayfiyatning ko‘tarinkiligi muhimdir. Erkalamalar mehr xuruji jarayonida yuzaga keluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylansa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli yuzaga chiqadi.
ERKALAMALAR xalqning o‘z farzandlariga beqiyos mehr tovlani shlarini aks ettiradi:
O, shugina, shuginagina,
Munchagina tunchagina.
Shunchagina-kunchagina.
Yashnab turgan g‘unchagina.
Mehr xuruji ona qalbini tug‘yonga keltirganidan u shu so‘zlar tizimi ritmida arzandasini ardoqlash, erkalash ohangini chuqur tuygan. Erkalamalarda “-gina”, “- ginagina” qo‘shimchalari faol, ularda kichraytirishdan ko‘ra erkalash ma’nosi bo‘rtibroq tovlanadi.
Erkalamalarning “Ha, lo‘tti-lo‘tti”, “Ha, do‘rsa-do‘rsa”, “Ha, kishta-kishta- kishta”, “Kishtala-kishtal” singari taqlidiy va so‘qma so‘zlar tizimidan iborat an’anaviy qolipga aylangan satrlar bilan boshlanuvchi qator turkumlari borki, faqat 2-3 yashar bolalarga mo‘ljallangan. Buning sababi - shu yoshdagi bolalar vaznining yengilligi, ularni havolata-havolata ko‘tarib tushirish o‘ngg‘ayligidir. Erkalama ham xuddi shu harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solingan holda aytiladi:
Ha, do‘rsa-do‘rsa-do‘rsa.
Bozorga otasi borsa,
Go‘shtu birinch ketirsa,
Onasi pazanda bo‘lsa.
Bolasi xo‘randa bo‘lsa.
Erkalamalarda kichkintoylar kelajagiga daxldor orzularni kuylash-yetakchi motivdir. Ular, asosan, yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga aytilsa-da, aslida bolalarni faol erkalash jarayoni 11-13-yoshga to‘lganlaridagina va hatto undan keyin ham davom etishi mumkin. Biroq bu davrda erkalash poetik shaklda kechmay, maqtash, xatti-harakatni ma’qullash va minnatdorchilik izhoridan iborat obrazli iboralar (“Yasha!”, “Balli!”, “Ofarin!”, “Rahmat”, “Barakalla!”, “Baraka top!” va hokazo) va olqishlar vositasida amalga oshadi. Erkalamalar bolalarda samimiylik tuyg‘usini tarbiyalaydi.
OVUTMACHOQLAR esa bolani tinchlantirish ehtiyojini qondiruvchi badihalardir:
Vo‘y-vo‘y, shuginani kim urdi?
Vo‘y-vo‘y, shuginaga kim lab burdi?
Yig‘lama, oppoqqinam,
Boshimdagi qalpoqqinam!
Ko‘rinayotirki, chaqaloqning yig‘isi onada uni tinchlantirish assotsiatsiyasini uyg‘otgan. Ona shu zaruriyatga ko‘ra so‘zga murojaat qilayotir. U so‘zbozlik qilayotgani yo‘q, balki so‘zni tashkil etgan tovushlar garmoniyasida tinchlantiruvchi ohangga urg‘u berib, orom beruvchi, ovutuvchi ma’noni anglatishga, his etishga va tuydirishga erishayotir. Bunda bolani bag‘riga bosib, beshik yo belanchakda tebrata turib, unga termulgan holda lablarni cho‘chchaytirib yoxud bolaning yupqagina lablarini qitiqlab, ovutuvchi ma’noning omuxtalashtirilishiga alohida ahamiyat berilishini ham unutmaslik darkor. Shundagina so‘zlarda ham, tovushlarda ham ohang, ma’no va harakatning o‘zaro muvofiqligi ovutmachoqning ritmik mehvariga aylana oladi. Buni his-hayajonni ifodalovchi so‘zlarning juftlashgan takrori bo‘rttirib ifodalagan:
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega yig‘laysan?
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega big‘laysan?
Ho‘-ba, ho‘-ba, big‘-big‘lama Ho‘-ba, ho‘-ba, san yig‘lama.
Ho‘-ba, ho‘-ba .. jo..o..on, jo..o..on,
Sadqa senga shirin jo..o..on.
“Ho‘-ba, ho‘-ba” taqlidiy so‘zidan tarkib topgan anafora mayin va cho‘zinchoq ohangda aytiladi. Tovushlar alliteratsiyasi asosida ohangdoshlik kasb etgan qofiyalar anaforadagi mayin va cho‘zinchoq ohangni to‘ldirib, izchil tarovatlanishini ta’minlagan. Natijada boladagi injiqlikni elita oladigan jozibali ovituvchi ohang yuzaga kelgan.
QAYTARMACHOQLAR. Bolalar uchun, asosan, beshik davri tugagandan keyingi ma’naviy ehtiyoj taqozosiga ko‘ra yuzaga kelgan badihalar bo‘lib, she’riy namunasi ko‘pincha monolog, nasriy shakli dialog (savol-javob) negizida quriladi.
Uning poetik nutqida bir voqeadan ikkinchisi o‘sib chiqadi, shu zaylda har ikkala tipdagi qaytarmachoqlarda ham bu xususiyat mushtarak fazilatga aylangan. Har ikkala holda ham qaytarmachoq sujetini tashkil etgan har bir voqea alohida epizod tusini oladi, biroq bu epizodlar umumiy bir motiv (g‘oya) atrofida izchil mantiqiylik asosida birlashgan bo‘ladi. Bunda har bir epizod bir savol shaklida, izohi ham o‘zida birin-ketin qaytarilaveriladi. Hodisaning qaytarmachoq deyilishi va alohida janr sifatida e’tirof etilishiga ham xuddi shu xususiyatlari asos bo‘lgan. Masalan, “Yumalandim yumoq topdim” satri bilan bo shlanuvchi qaytarmachoqda lirik qahramon yumalab yumoq topadi (1), yumaloq ichidan taroq topadi (2), taroqni momoga beradi (3), momo unga churak (non) beradi (4), churakni cho‘ponga beradi (5), cho‘pon unga tayoq beradi (6), tayoqni daryoga tashlaydi (7), daryo unga ko‘pik beradi (8), ko‘pikni tutga surtadi (9), tut unga yaproq beradi (10), yaproqni molga beradi (11), mol unga sut beradi (12), sutni pishirib turganida qaydagi quyon uni to‘kib ketadi (13). Shuncha mehnati zoye ketadi. Ko‘rinayotirki, o‘n uchta epizod bir-biridan o‘sib chiqqan, o‘zaro uzviy mantiqiy ketma-ketlik hosil qilgan. Alohida-alohida voqealar qaytarilib, bir ipga marjondek tizilgan holda yaxlitlik kasb etgan. Shu tariqa, xususiylik o‘zaro uyusha turib umumiylikka aylana borgan. Bola uchun saboqlik xususiyati ham shunda: har bir voqea, yo hodisa o‘zicha mustaqil, biroq bir-biri bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Bolaga ana shu haqiqat uqtirilmoqda.
“Kun, san nimadan kuchlisan?” qaytarmachog‘i dialog negizida qurilgan. Unda bolalarni qiziqtirgan “Dunyoda kim kuchli?” savoliga javob narsa va hodisalar bahsi asosida voqeadan voqeaning o‘sib chiqishi shaklida bola qiziqishi va idrokiga mos holda bayon qilingan:

  • Kun, san nimadan kuchlisan?

  • Man kuchli bo‘lsam, bulut bosarmidi?

  • Bulut, san nimadan kuchlisan?

  • Man kuchli bo‘lsam, yomg‘ir yog‘armidi?

Ko‘rinayotirki, har bir savol o‘zidan keyingi voqeaga mantiqiy maydon hosil qilgan, shu maydonaro voqealar tizila boradi: yomg‘ir ^ yerni, yer ^ o‘tni, o‘t ^ qo‘zini, qo‘zi ^ bo‘rini, bo‘ri ^ echkini, echki ^ sichqonni, sichqon ^ qumursqa (chumoli)ni o‘zidan kuchli deb biladi va eng e’tiborlisi shundaki, ularning har biri o‘zlaridagi ojizlikni ham oshkora tan ola borishadi. Voqealar shu xilda mantiqiy zanjirsimon tizim tusini ola boradi. Antropomorfizm usuli kun, bulut, yomg‘ir, sichqon va qumursqa singari nabotot hamda hayvonot olamiga mansub jonzotlarni odamlar singari so‘zlash xususiyatiga ega bo‘lishlarini ta’minlagan, natijada qaytarmachoqdagi sujet dinamikasi ta’minlangan.
MASXARALAMAlar esa satirik ruhdagi, aniqrog‘i, bolalarning voqelikka sinfiy-ijtimoiy nuqtayi nazardan tanqidiy munosabatlarini ifodalashi va ijro etilishi jihatidan tegishmachoqlardan farq qiluvchi badihalardir. Tegishmachoqlar ham, masxaralamalar ham shovqin solib aytilishlariga ko‘ra o‘zaro o‘xshasalar-da, birinchisi - bevosita obyektga qaratilgan bo‘lib, ko‘pchilik tomonidan ijro etilsa, ikkinchisi - ayni ijro jarayonida obyektga qaratilgan bo‘ladi. Masxaralamalar yakka holda - soloda aytilaveradi, goho deklomatsiya qilinishi ham mumkin.
Masxaralamalarda bolalar sinfiy mavqelarini ayonroq ko‘ra bo shlashlari tufayli sinfiy dunyoqarashlarining kurtak ota borishidan tug‘ilgan tanqidiy munosabatlarini ifodalash yetakchi tamoyildir. Dastlabki bosqich bo‘lganidan bu jarayon birmuncha jo‘n va soddaroq kechadi. Bolaning ijtimoiy hodisaga tanqidiy munosabatini ifodalaovchi sinfiy nazari oddiy tashqi belgilarni ajratib ta’kidlash shaklida zuhur topadi:
Yomg‘ir yog‘aloq,
Echki sog‘aloq.
Boylar bolasi - Qomi dumaloq.
Yomg‘ir yog‘ishi”- tabiatga xos hodisa, jamiyatga esa suv tekin sanaladi. “Boylar bolasi’'’ mehnatkashlarni “echkiday sog‘ayotganotalari hisobidan “qorinlarini dumalatib” yashayotgani sarkastik parallelizmda fosh qilingan.
Masxaralamalar hamma zamonlarda - o‘tmishda ham, bugun ham yaratilmoqda. Qaysi zamonda yaratilganidan qat’iy nazar, davrning tarixiy ruhiga muvofiq yovuzlar qiyofasini konkret an’anaviy ifodalarda fo sh etadi. Bunda bolalar tasavvurining konkretliligi, yovuzlik yoki yovuzlarni badbashara qiyofada aniq ko‘rishni taqozo etishi obrazlar tasviridagi an’anaviylikka mone’lik qilmagan. Shu sababli bunday masxaralamalar poetik tavsifnomaga o‘xshaydi:
Otam ketgan urushga,
Dushmanni ko‘p qirishga.
Boshi uzun, ko‘zi ko‘r Gitlerni o‘ldirishga.

Download 100,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish