Ilk qadam
TUNGI MANZARA
Samolarni kezib tunlari,
Yulduz shoshar Oyning yoniga.
Tinchin buzib ko‘kda osmonning,
Gap otadi suxandoniga.
Oy ham xuddi uyg‘ongandek jim,
Yog‘du bilan ochar ko‘zini.
So‘ng yulduzni qilmoqchidek lol,
Zamin tomon burar yuzini.
Hikoyachi singari yog‘du,
So‘zlab borar Yerning holidan.
Yerda esa minglab oshiqlar,
Sarxush yurar baxt-iqbolidan.
Har tarafda juftliklar bisyor,
Bir-biriga tutash bilaklar.
Shirin-shirin xayollar surib,
Baxtga maftun bo‘lar yuraklar.
Lek ba’zida iymanib yog‘du,
Gunohkordek egar boshini.
Bu holatga javoban yulduz,
Chimiradi, ikki qoshini.
Ha, shundayin ajibdir sevgi,
Balki unda bor alam, g‘ussa.
Balki uning davosi deya,
Oy oldida olinar bo‘sa...
159
Do'stlaringiz bilan baham: |