Ilk qadam
«Onamga so‘zim»
Mayli uyimizni qoplasin tutin,
Qalbimda qolmasin armonli tugun.
Onajon tandirni qiziting bugun,
Siz yopgan shirmoyni yegim keldi-da!
Aslida, so‘zingiz shirmoydan shirin,
Ayting o‘rganaylik bu xislat sirin.
Bilaman, dunyoda sizga ham qiyin,
Sizga baxtli umrim bergim keldida!
Dunyoda otasiz onasiz qancha.
Ularning qadriga yetmaslar ancha,
Ko‘rsinlar, eshitsinlar, bilsinlar barcha,
“Onam bor!!!” – deb ko‘ksim kergim keldida!
“Uch qizga”
Yonimda, boshimda parvona har kun,
Dard cheksam, qiynalsam hayrona har kun.
“Otam” deb so‘raydi, kelmasam bir kun,
Quyoshdek charaqlang oy, yulduzlarim,
Baxtimga sog‘ bo‘ling uchta qizlarim.
Siz borsiz qaddimni egolmas g‘anim,
Siz borsiz ustimdan kulmas dushmanim.
Sizlarsiz jahonim, hayotim, manim.
Hech qachon qoraymang qosh-u ko‘zlarim,
Baxtimga sog‘ bo‘ling uchta qizlarim.
Ba’zilar “o‘g‘il!!!” deb o‘g‘ildan kuydi,
Bundaylar otaning boshini yeydi.
Uch qizni asragan
“Jannat” deydi,
Jannatdek ochiling yorug‘ yuzlarim,
Baxtimga sog‘ bo‘ling uchta qizlarim.
Allohga shukurkim farzandlarim bor,
Ular bor ko‘ksimda ochilar bahor.
152
Ilk qadam
Hayotda birovlar tirnoqqa ham zor,
Tirnoqqa zor bo‘lmang, shirin so‘zlarim,
Baxtimga bor bo‘ling uchta qizlarim.
Bir kuni chiqarsiz olis bir yo‘lga,
Baxtingiz o‘xshasin bahorga, gulga.
Sizlarni alishmam mingta o‘g‘ilga,
O‘g‘ildan kami yo‘q yorug‘ izlarim,
Ilohim, bor bo‘ling Uchta qizlarim.
Armonli so‘zlar
Salom ota, bag‘rimdagi quyoshim,
Bilmayman-u sizni ko‘rgim kelyapti.
Tunlar aslo ko‘zlarimda uyqu yo‘q,
Yoningizga chopib borgim kelyapti.
Onam aytar sen otangga o‘xshagan,
Sarguzashtla dunyolarni kezasan.
Men ko‘rmagan makonlarni sayr etib,
Otang kabi sayohatchi bo‘lasan.
Tushlarimda go‘yo sizni ko‘raman,
Bag‘ringizga bir otilgim keladi.
Onam aytgan o‘shal mo‘jaz dunyoni,
Ko‘rmagansiz buni hamma biladi.
Suratingiz hali hamon qo‘limda,
Libosingiz o‘zingizga yarashgan.
Aldashsa ham hammasini bilaman,
Ko‘ksingizga askar deya yozishgan.
Men angladim sizdagi shijoatni,
Sizdek ota bu dunyoda aslo yo‘q.
Yurtimdagi shu tinchlikka sababchi,
Ko‘ksingizni teshib o‘tgan o‘sha o‘q!
153
Ilk qadam
Allayarova Zebo A’zam qizi 2008-yil
25-dekabrda Samarqand viloyati Pastdarg‘om
tumani “Istiqbol” mahallasida tavallud topgan.
Hozirda tumandagi 15-umumta’lim maktabining
5-sinfida tahsil olmoqda.
BESH TASHABBUS
Besh tashabbus – besh omad,
Kelajakka marhamat.
Ey, yosh avlod intilsang,
Yulduz bo‘lasan albat.
Ma’naviyat quyoshi,
Bo‘ling uning yo‘ldoshi.
Intiling do‘st-u tengdosh,
U hayotning qo‘ldoshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |