Ilk qadam
Bu bedorlar ichida ko‘ngli tilka pora bo‘lgan, ko‘zlari yomg‘ir
yuvgan oynadek yoshli qiz ham bor edi. U xuddi xonada havo
yetishmayotgandek ochiq derazadan boshini chiqarib yomg‘irli,
toza havodan chuqur-chuqur nafas olardi. U buni toza havodan
bahra olish uchun qilyaptimi yo yig‘isini bosish uchun, bilib
bo‘lmasdi. Qizning charchagan, o‘ksik ruhiga taskin bergan-
dek, yomg‘ir yog‘ardi. Har faslda yomg‘ir yog‘adi-yu, lekin yoz
yomg‘irining o‘zgacha fe’li bor. U oilaning kenja farzandi kabi
erka, shoirlar kabi injiq va qisqaligi bilan qadrli. Uning qa-
chon kelishini bilmaysan, kishi. Yoz yomg‘irining iliq tuproqqa
qo‘shilib taratgan ifori uchun ham sevsang arziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |