Ilk qadam
“Biz uchun faqat bugun bor, ertalar yo‘qdir. Kelajak ertalarda
Sen borsan Men borman also Biz yo‘qmiz” deb yozilgan qat-
raning ostiga Oymomo deb imzo chekilgandi. Bu Oymomo ikki
yil avval internetda tanishgan, hozirgi kunda eng yaqin do‘stiga
aylangan, o‘zi asl ismini ham bilmaydigan o‘sha Oymomosimi-
kin! Yoki boshqami? Yo‘q bu aniq o‘zining Oymomosi. Chunki
undan boshqa hech kim bunday taxallus qo‘ymagan. Boz ustiga
uning o‘zi ham ijodkor. Telegrammdan do‘stiga qisqagina qilib,
“Sabo va Samandar”ni o‘qiganmisiz? deb yozdi. Va uning
internetga kirib xabarini o‘qishini intiqlik bilan kuta boshladi.
Oradan ancha vaqt o‘tib savoldan ham qisqa javob keldi, “Ha”.
Nizomiddin yuragi tez-tez urib yana so‘radi
– Qachon?
Do'stlaringiz bilan baham: |