Ilk qadam
ACHCHIQ QISMAT
Yarimtun mung‘ayib siniq oynaga,
Kunu tun termulib o‘tirar ayol.
Bardosh bera olmay achchiq qismatga,
Alamli o‘ksinib suradi hayol.
Badbaxt o‘g‘linideb ezilar ko‘ngil,
O‘nbir oy bo‘libdi qamalganiga.
Umri yetarmikin o‘ylarmi o‘g‘il,
Olti yil berilgan qilmishlariga.
Qars etib yopilar xona eshigi,
Ko‘zlari zorlanib termular ona.
Dod solib ingraydi yotgan beshigi,
Tinmayin tebrangan,bo‘lib ovvora.
O‘ylarmikin o‘gil onani birzum,
Hech bo‘lmasa nazar tashlab o‘mishga.
Onaning oqargan sochlari uzun,
Kuyib o‘tgan umr yoz ila qishda.
Yo‘q bu adolatmas, sig‘mas aqlga,
Bedor kechalarning mevasi shumi?
Ey Allox sabr ber yolg‘iz onaga,
Yashashga o‘rgatgin sen endi uni.
Yarim tun mung‘ayib siniq oynaga,
Qon yig‘lab termulib o‘tirar ayol.
Yolgiz shu chidaydi xasratlariga,
Do'stlaringiz bilan baham: |