Turli zardoblarni yuborish



Download 238,5 Kb.
bet1/4
Sana24.03.2022
Hajmi238,5 Kb.
#507469
  1   2   3   4
Bog'liq
Turli zardoblarni yuborish


Turli zardoblarni yuborish
Tezkor tipdagi (shok) va sekinlashgan tipdagi (zardob kasalligi) allergik reaksiyalarning oldini olish uchun zardob yuborish zarur bo'lgan hamma hollarda Bezredko bo'yicha modifikatsiyalangan metod bilan desensibilizatsiya qilinadi. Shu maqsadda zardobni 3 ga bo'lib yuboriladi: boshlab teri ostiga 0,1 ml zardob yuboriladi, so'ng oradan 30 daqiqa o'tkazib turib muskul orasiga 0,2 ml, 1—1,5 soatdan keyin esa qolgan hamma dozasi yuboriladi. Zardobni 37—40°C gacha isitib, quymich nervi shoxlaridan holi bo'lgan dumbaning yuqori tashqi kvadrantiga, sekin-asta yuboriladi.


O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2007-yil 30-mart 145-sonli buyrug'i asosida SANPIN № 023907 asosida

Yoshi

Emlash turi

1-sutkada

VGB-1

2-5 kun

OPV-0 + BSJ,

2-oylik

OPV1, Rota-1 (rotavirus vaksinasi og'iz orqali), penta-1 (AKDS-1, VGB-2, XIB-1), PNEVMO-1

3-oylik

OPV2, Rota-2 (rotavirus vaksinasi og'iz orqali), penta-2 (AKDS-2, VGB-3, XIB-2), PNEVMO-2

4-oylik

OPV-3, penta-3 (AKDS-3, VGB-4, XIB-3), IPV

12-oylik

QPQ-1, PNEVMO-3

16-oylik

OPV-4, AKDS-4

6 yosh

QPQ-2

1 sinf (7 yosh)

OPV-5, ADS-M-5

12-13 yosh

VPCh

16 yosh

ADS-M-6

Izoh:
Bolalar ko'kyo'tal, bo'g'ma va qoqsholga qarshi susaytirilgan ko'kyo'tal vaksinasini, shuningdek, bo'g'ma va qoqshol anatoksinlarini AKDS vaksinasini tutgan aralash preparat bilan emlanadi. Mushak ichiga 0, 5 ml dozasida yuboriladi. Emlash kursi 2 oylikda yuboriladigan uch marotabada 30 kunlik oraliq bilan 3 emlashdan iborat bo'ladi. Qayta emlash 16 oylikda bir marotaba o'tkaziladi:








Difteriya
Difteriya (bo'g'ma kasalligi) o'tkir yuqumli xastalik bo'lib yuqori nafas yo'llari (burun, halqum, hiqildoq) shilliq parda-larining yalHg'lanishi va organizmning umumiy zaharlanishi bilan kechadi.
Etiologiyasi. Kasallikni paydo qiluvchi sabab bo'g'ma tayoqchasi coryne bacterium diphtheriae bo'lib, u fakultativ anaerob mikroblar guruhiga kiradi uni 1883-1881-yillarda Klebs va Leffler aniqlashgan. Bo'g'ma tayoqchasining asosiy xusu-siyati uning ekzotoksin ishlab chiqarishi bo'lib, bu xususiyatga qarab, ular toksigen va toksigen bo'lmagan guruhlarga bo'linadi.
Difteriya tayoqchasi past haroratlarga ancha chidamli (20°C da 7 kun davomida tirik saqlanadi), ammo yuqori haroratga chidamsizdir 58°C da 30 daqiqa ichida halok bo'ladi.
Bo'g'ma tayoqchasi bemor bola o'ynagan o'yinchoqlarda va u ishlatgan buyumlarda uzoq vaqt saqlanishi mumkin, lekin zararsizlantiruvchi moddalar (lizol, fenol, vodorod peroksidi, xloramin) ta'sirida tezda halok bo'ladi.
Patogenezi. Bo'g'ma tayoqchasi tomoq, burun va hiqildoq shilliq pardasida o'rnashib, ko'payadi va ko'payish jarayonida; zaharli moddalar toksinlarni ishlab chiqaradi. Difteriya tayoqchasining toksini bevosita to'qimalarga va markaziy asab sistemasiga ta'sir etadi. Toksinning mahalliy ta'siri natijasida shilliq pardaning epitelial to'qimasi nobud bo'ladi, qon tomirlari, kengayib, ularning o'tkazuvchanligi oshadi. Buning oqibatida qon zardobi va oqsillari, asosan fibrinogen to'qima­larga o'tadi va qon zardobining ivishi natijasida shilliq parda-larda ajratib olish qiyin bo'lgan o'ziga xos «parda»hosil bo'ladi (tomoqda, hiqildoqda va h.k.). Bundan tashqari, bo'g'ma qanchalik og'ir turda o'tsa, limfa bezlari, teri osti yog' to'qimasining zararlanishi shunchalik kuchli bo'ladi va ularning shishishi kuzatiladi. Mahalliy o'zgarishlardan tashqari, bo'g'mada organizmning umumiy zararlanishi sodir bo'ladi. Bunda asosan yurak-tomir sistemasida, markaziy va periferik sistemalarda hamda boshqa ichki a'zolarda turn o'zgarishlar kuzatiladi.

Download 238,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish