Turli yosh davrining ta'rifi


Quyidagi turlari farqlanadi



Download 79,15 Kb.
bet17/18
Sana06.08.2021
Hajmi79,15 Kb.
#139712
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
IRSIY KASALLIKLAR(CHALA)

Quyidagi turlari farqlanadi:

1. Yaqtincha (transport) immobilizatsiyasi.

2. Doimiy (davolash) immobilizatsiyasi

Doimiy immobilizatsiyasini vrach yoki feldsher bajaradi, asosan shina gipsli bog'lamlar bilan immobilizatsiya qilinadi. Transport vaqtinchalik immobilizatsiya suyak singanda va boshqa og’ir shikasttlanishlarda birinchi yordam ko'rsatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.



Vaqtincha (transport) immobilizatsiyasi o'z navbatida bo'linadi:

1. lmprovizion shinalarga bularga qo'l ostidagi materiallar (yogoch, reykalar, karton, tayoqchalar va daraxt shoxlari) dan tayyorlanadi.

2Tabel shinalari medisina sanoati tomonidan ishlab chiqariladi va ular medisina muassasalariga tarqatiladi. Keyingi paytlarda immobilizatsiya uchun pnevmatik meditsina shinalari ham ishlatilmoqda (rezina, plastmasa).

Transport immobilizasiyasi suyak singanda shikasttlanish sodir bo'lgan joyning o’zida bajariladi, singan suyakni maxsus shina yoki taxtacha bilan mahkam bog'lanadi,shunda bemor transportda ro'molcha yoki paypoqdan foydalanish mumkin.

Transport immobilizitsiyasida quyidagilarga e'tibor berish lozim.

1. Shikasttlangan organni zudlik bilan shinalash zarur.

2. Shina kiyim ustida qo’yiladi, chunki kiyimni yechish qo'shimcha shikasttlanishga olib kelishi mumkin.

3. Shinalanganda suyak turtib chiqib turgan joylarga (tupiq) oldin раxtа qo’yib, so’ngra shinani doka yoki gips bilan bog’lanadi.

4. Shinalanadigan joyda jarohat qon oqayotgan bo'lsa aseptik bog’lam qo'yiladi.

5. Shikasttlangan joydan qon oqayotgan bo'lsa, oldin qon to'xtatuvchi jgut qo'yib, keyin shinalanadi. lekin bint bilan o'ralmaydi hamda jgut qo’yilgan vaqt belgilanadi.

6. Shina qo’yganda bint bilan juda siqib bog'lamaslik kerak, aks holda qon aylanishi buziladi.

7. Kun sovuq bo'lsa, shina ustidan issiqroq narsa bilan o'rab-chirmalanadi. Shinalanganda shinalar juda katta bo’lmasligi kerak chunki immobilazatsiya foyda bermay, shikasttlangan a'zo qimirlab ketadi.

Tez yordam mashinalari standart shinalar bilan jihozlangan. Son suyagi singanda Diterixs shinasi yaxshi transport shinasi hisoblanadi, bu boldir-panja, tizza va chanoq, son bo’g'inlarini yaxhi immobilazatsiyasi qilish imkonini beradi. Shina uzunligi oson o'zgartirsa bo'ladigan ikkita yog'och taxtakachdan va burmali taxfa asosdan iborat. Bu shinani kiyim ustidan qo'yib, shina qo’yish taxta asosni kasal oyoq tovonni bintlashdan bosh (poyabzal yechilmaydi) lanadi. Shina uzunligi (uzun) qismi uchi qo'ltiqqa taqalib turishi, qarama-qarshi tomondagi uchi esa oyoq kaftidan 12-15 sm ga chiqib turishi kerak, shinaning ichki qismi uchi chotga taqalib turishi va bu ham oyoq kaftidan 12-15 smga chiqib turishi kerak. Yon tomondagi shinalarni avvalgiga taxta asos ilgagidan o'tkaziladi.Asos tagida shina qismlari ko'ndalang taxtacha bilan biriktiriladi. Shina qismlari ko'ndalang taxtacha bilan biriktirladi. Shina ko'krakka, qoringa, songa va boldirga tasma, ichak bint o'ramlari bilan mahkamlanadi. Taxta asosdan biriktiruvchi plankaga ikki qavat qilib pishiq chizimcha o'tkazib, uni burash yo'li bilan oyoq biroz chiziladi.

Boshqa tayyor taransport shinalaridan simdan yasalgan norvonsimon Kramer shinasi eng keng tarqalgan. Shinaning uzinligi 1m, eni 10-15 sm. Shinaga istalgan shaklni berish mumkin uzunroq shina tayyorlash zarur bo'lib qolganda 2-3 shinani birlashtirish mumkin. Bilak, panja, oyoq panjasini immobilizatsiya qilish uchun ingichka yumshoq simdan yasalgan to'rsimon shina qo’llaniladi. Sim unga har qanday shakl berish imkonini beradi. Kramer shinasi 90 C ga bukilib, yelka bilan qo’shib bog'lanadi, bilak va qo'l panja bo’gimlari shu tariqa harakatsizlantiradi. Yelkada shina qo'lining uchigacha yetkazilib, ro’molchaga osib qo'yiladi.

Yelka suyagi singanda Kramer " zinapoyasimon shina" metal simdan yasalgani uchun ham oson egiladi, zanglamaydi,uch bo'g'imda yelka,bilak qo'l panjalarida harakatsizlikni ta'minlash uchun qo’llaniladi. Buning uchun shina yaxshilab tekislanadi, egiladi va bemor panjasiga mahkamlanadi. Shinaning yuqori qismi sog' yelkada bo’lishi kerak. Fiksasiya bintlash yo'li bilan bajariladi. Qo'l ro'molcha vositasida osib qo’yiladi. Boldir suyaklari yoki pnevmatik shina (afzalligi yengil, kichik hajmli, rentgen nurini o'tkazuvchi, singan joyini yaxshi ko'rsa bo'ladi, manfiy tomoni esa son va yelka suyagi singanida ishlatib bo'lmaslik, qattiq emasligidandir) yordamida qilinadi. Qo'yishdan oldin u oyoq shakliga keltiriladi va oyoq panjalarida sonning o'rta yoki yuqori qismiga qo’yiladi. Fiksasiya mustahkam bo'lishi uchun singan oyoqning ichki va tashqi tomonidan yoki Kramer shinasining kichikroq o'lcham agilaridan bittadan katta shinani V -simon qilib bukib qo'yiladi va ustidan bint bilan o'raladi.


Download 79,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish