Turli XIL organizmlardagi Genlar tuzilishi, Uzoq va uzliksiz kodlanadigan ketma-ketliklar. Regulyator elementlarni joylanishi va o’lchamlari Mundarija: Kirish


I.Bob. Gen va Genom haqida tushuncha



Download 95,92 Kb.
bet2/10
Sana11.07.2022
Hajmi95,92 Kb.
#778075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turli xil organizmlardagi tuzilishi, Uzoq va uzliksiz kodlanadigan

I.Bob. Gen va Genom haqida tushuncha.
1.1. ”Gen” tushunchasi. U haqida g’oyalarning rivojlanishi.
Gen (yun. Genos — urugʻ, kelib chiqish) — irsiyatning elementar birligi va moddiy asosi. Gen organizm belgi va xususiyatlarini nasldan naslga oʻtkazish funksiyasini bajaradi. Gen tushunchasini Genetikaga daniyalik olim V. Iogansen (1909) kiritgan. Gen DNK (baʼzi viruslarda RNK) molekulasining bir qismi boʻlib, tirik hujayra oqsillaridan birining tuzilishini belgilab beradi va shu oqsillar orqali ayrim belgi yoki xossalarning rivojlanishini taʼminlaydi. Organizmning turga xos va individual xususiyatlari toʻgʻrisidagi jami Genetik axborot, yaʼni Gen ar yigindisi — Genotipa" boʻladi. Barcha organizmlar, jumladan bakteriya va viruslarning irsiyati Gendagi nukleotidlarning DNKda joylashishi tartibiga va ularning soniga bogʻliq. Yuksak rivojlangan organizmlarda Gen maxsus nukleoproteid tuzilmalar — xromosomalar tarkibiga kiradi. Gen ning asosiy funksiyasi ferment va b. oqsillar sintezini hujayra RNKsi ishtirokida belgilab berishdir. Uning bu funksiyasi kimyoviy tuzilishiga boglik. Genning tuzilishi oʻzgarganda hujayralardagi muayyan biokimyoviy jarayonlar buziladi, natijada mavjud jarayonlar yoki belgilar kuchayadi, susayadi yoki yoʻqolib ketadi. Mazkur, inson koʻzining qora yoki moviy, atirgulning qizil yoki oq rangi, paxta tolasining uzun yoki qisqa bulishi, q.x. hayvonlarining mahsuldorligi va ekinlarning hosildorligi, shuningdek tirik mavjudotlarda boshqa turli morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgi va alomatlarning yuzaga kelishi hamda tegishli xususiyatlarga ega boʻlishi maxsus Genlarning taʼsiriga bogʻliq. Organizmda belgilar koʻp, ularning rivojlanishini taʼmin etuvchi Genlar soni yanada koʻp, chunki aksariyat belgilarning rivojlanishini koʻp Genlar taʼmin etadi. Mas, insonda 10000 ga yaqin Gen mavjud. Gen mutatsiyalar natijasida oʻzgarishi mumkin. Bir juft nukleotidning boshqa bir juft nukleotid bilan almashinishi, nukleotidlarning kamayishi, ikki baravar ortishi yoki oʻrin almashinishi ana shunday uzgarishga sabab boʻladi. Mutatsiya tufayli organizmlarda fenotipik tafovutlarni keltirib chiqaradigan Gen, yaʼni allellar paydo buladi, ular oʻzining biror taʼsiri jihatidan boshqasiga qaraganda ustun turishi (dominant allel), biror taʼsirotni yuzaga chiqarmaydigan boʻlishi (resessiv allel) mumkin. Tabiiy sharoitda, inson ishtirokisiz, atrof muhit omillari taʼsirida organizmlarda irsiy oʻzgaruvchanlik, yaʼni spontan mutatsiya kelib chiqadi. Bunday irsiy oʻzgaruvchanlik organizmlar evolyutsiyasi jarayoni uchun manba boʻladi. Sunʼiy sharoitda radiatsiya nurlari va kimyoviy moddalar taʼsir ettirish usuli bilan irsiy oʻzgaruvchanlikni tezroq va koʻplab olish mumkin. MutaGenezning bu xilini eksperimental yoki induksion mutaGenez deb ataladi. Uning kashf etilishi Genetikaning muhim yutugʻi boʻlib, seleksiyada katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Organizm va hujayraning irsiy xossalari tegishli Genlarga bogʻliq. Ular orasidagi munosabatlar juda murakkab boʻlib, bir belgining paydo bulishiga bir necha Gen taʼsir koʻrsatishi (polimeriya) yoki koʻpgina belgilarning paydo boʻlishi bitta Genga bogʻliq boʻlishi ham mumkin (yana q. Genetik kod, Irsiyatning xromosoma nazariyasi). Gen kasalliklari molekulyar darajadagi mutatsiyalar natijasida kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda ikki mingdan ortiq Gen kasalliklari aniqlangan bo‘lib, ularning soni tobora ortib bormoqda. Bunday kasalliklar molekulyar kasalliklar deb ham ataladi. Gen mutatsiyalari ko‘pincha fermentlar faolligiga ta’sir qilganligi tufayli fer- mentopatiyalar deb ataladi.Gen kasalliklarini tasniflashda ularning fenotipik namoyon bo‘lishi asos qilib olinadi. Masalan: aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalari, minerallar almashinishi buzilishi nati- jasida kelib chiqadigan Gen kasalliklari tafovut qilinadi.Jumladan aminokislotalar almashinuvi buzilishiga fenilke- tonuriyani misol qilib keltirish mumkin. U autosomali resessiv tipda nasldan naslga o‘tadi. Fenilalanin aminokislotasini parchalovchi fermentning yetishmasligiga olib keluvchi Gen muta- tsiyasi natijasida kelib chiqadi. Fenilalanin parchalanmasdan fenilpirouzum kislotasiga aylanadi, qonda to‘planadi va siydik bilan ajratiladi. Miyaning nerv hujayralariga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Bu kasallikni aniqlashning ekspress usuli yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu kasallik aniqlangandan keyin, bolaga 4—5 yoshgacha tarkibida fenilalanin juda kam bo‘lgan ovqat beriladi. Emofiliya, daltonizm, o‘roqsimon hujayrali kamqonlik, sindaktiliya, polidaktiliya, anoftalmiya, galaktozemiya, mukopolisazaridoz fruktozuriya kasalliklari Gen mutatsiyalari natijasida kelib chiqishi aniqlangan. Ba’zi kasalliklar bir emas, balki bir nechta Genlar ta’sirida yuzaga chiqadi. Bu holat polimeriya deyiladi.Bunday kasalliklarning yuzaga chiqishida tashqi muhit ta’siri katta ahamiyatga ega. Ularga gipertoniya kasalligi, podagra, ateroskleroz, qandli diabet kasalliklari misol bo‘ladi. Bu xildagi kasalliklar, agar qulay muhit sharoitlari yaratilsa, yuzaga chiqmasligi mumkin. Shuning uchun bunday kasalliklar irsiy moyilligi bo‘lgan kasalliklar deyiladi.Gen kasalliklarini aniqlashda biokimyoviy, immunoGenetika molekulyar Genetika usullardan keng foydalaniladi. Genom kasalliklari ikki xil bo‘ladi: a) Genomning to‘liq o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar; b) ayrim xromosomalar sonining o‘zgarishi (aneuploidiya) natijasida kelib chiqadigan kasalliklar.Genom mutatsiyalari embrional taraqqiyotda juda katta anomaliyalarga sabab bo‘ladi va odamlarda birmuncha kam uchraydi. Odamda poliploidiya holati chala tug‘ilgan bolalarda va bola tushganda aniqlangan.Genomning to‘liq o‘zgarishiga sabab — meyoz jarayonining buzilishidir. Bunday kasalliklarda umumiy chala rivojlanish belgilari, yurak qorinchalari, yurak bo‘lmachalari o‘rtasidagi to‘siqning bitmay qolishi, siydik-tanosil va nerv tizimida anomaliyalar kuzatiladi. Ba’zan odamda mozaika holatidagi diploidiya —triploidiya ham kuzatiladi (somatik hujayralarda mitozning buzilishi natijasida).Xromosomalar sonining o ‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan kasalliklar ikki guruhga bo‘linadi: 1) autosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan kasalliklar (autosoma aneuploidiyalari); 2) jinsiy xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan kasalliklar (geterosoma aneuploidiyalari).Avval autosomalar sonining o‘zgarishini Daun sindromi miso- lida ko‘rib chiqamiz. Bu kasallikning yuzaga kelishiga gameto- Genezning buzilishi natijasida 21 —autosomaning trisomiya holati sabab bo‘ladi. Buning natijasida kariotipda 47 xromosoma mavjud bo‘ladi:
P: 44a XY X 44a + XX
Gametalar: 22a + X 22a+ Y (1 —20) + 21x2 + 22 + X (1 —20) + 0 + 22 + X
F: (1 - 20)x2 + 21x3 + 22x2 + XX (1 - 20)x2 + 21x3 + 22x2 + XY
21—autosomasi yo‘q tuxum hujayra otalanganda yashash qobiliyatiga ega bo‘lmagan zigota hosil bo‘ladi.Daun sindromini aniqlash juda oson. Bunday kasallarning qo‘l-oyoqlari kalta, yuzi yassi, ko‘z teshiklari siqilgan (epikantus), burni yassilangan, quloq supralari deformatsiyalangan bo‘lib, ruhiy zaiflik alomatlari kuzatiladi. (30-rasm). Kasallikni aniqlashda dermatoglifika va sitoGenetika usullaridan foydalanish mumkin. Dermatoglifikani tekshirganda atd burchagining 800 va undan ortiq bo‘lishi kuzatiladi (sog‘lom odamda bu burchak 57°—60° dan atrofida). Daun sindromi kariotipi —47, XX + 21, 47, XY + 21.
Autosoma sindromlardan 13 — autosoma trisomiyasi (Patau sindromi), 18 —autosoma trisomiyasi (Edvards sindromi) uchraydi. Bu kasalliklarni aniqlashda ham dermatoglifika va kariotip tekshiriladi. (Patau sindromi kariotipi —47, XX + 13, 47, XY + 13;
Edvards sindromi kariotipi —47, XX + 18, 47, XY + 18).Autosomalar monosomiyasi juda katta anomaliyalarga sabab bo‘lgani uchun bunday organizmlar yashash qobiliyatiga ega bo‘lmaydi.Jinsiy xromosomalar sonining o ‘zgarishi ham meyoz jarayonining buzilishi natijasi sifatida kuzatiladi (gametoGenezda xromosomalar bir-biridan ajralmay qoladi). Tuxum hujayralaridan ba’zilarida ikkita X xromosoma bo‘ladi, boshqalarida esa bitta ham X xromosoma bo‘lmaydi. Agar shunday tuxum hujayralar otalansa, jinsiy xromosomalari soni o‘zgargan zigotalar rivojlanadi:
P: 44a + XX x 44a+ XY
Gametalar: 22a+ XX 22a+ O 22a+ X 22a+ Y
F: 44a + XXX 44a+X X Y 44a + XO 44a + YO
44a + XXX —X —trisomiyasi sindromi
44a + XXY —Klaynfelter sindromi
44a + XO — Shereshevskiy-Terner sindromi
44a + YO —hali aniq o‘rganilmagan.
Bunday kasalliklarga diagnoz qo‘yishda jinsiy xromatinni aniqlash usulidan keng foydalaniladi. Klaynfelter sindromini aniqlashda jinsiy xromatindan tashqari Y xromatinini lyuminessent mikroskopda tekshirish usulidan ham foydalanish mumkin. Kariotipni aniqlash usuli kasallikka aniq diagnoz qo‘yishda katta ahamiyatga ega. Molekulyar biologiya va molekulyar Genetika fanlarining rivojlanishi yangi usullar ishlab chiqilishi natijasida Gen injeneriyasi vujudga keldi. Gen injeneriyasining paydo bo‘lishi. An’anaviy seleksiya fanida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon yaratdi. Gen injeneriyasi oldindan belgilangan dastur asosida yangi Genetik konstruksiyalarni yaratishga asoslangan yo‘nalishdir. Bu usul yordamida organizmlardan kerakli Genlar ajratib olinadi va bu Genlar maxsus murakkab usullar yordamida Mikroorganizmlarning tabiiy shtammi Hosildor shtammni ajratib olish.Shtammga mutaGen ta’sir ettirish Istiqbolli mutantlarni tanlab olish Ko‘p marta qayta ekib kerakli mahsulot olish Hosildor shtammni olish.Hosildor shtammni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga topshirish mikroorganizmlar seleksiyasining soddalashtirilgan sxemasini organizmlarga kiritiladi va bu Genlarning shu mikroorganizmlarda funksiyalarni amalga oshirilishiga erishiladi. Gen injeneriyasi usuli juda murakkab va ko‘p xarajat talab qiladi. Hozirning o‘zidayoq Gen injeneriyasi tadqiqotlari tobora keng qo‘llanilmoqda va ayrim muvaffaqiyatli natijalarga erishilmoqda. Uning yordamida tibbiyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan preparatlar, insulin, o‘sish gormoni, interferon ishlab chiqarilmoqda.Shunday qilib hozirgi davrda sun’iy kiritilgan Genlar faoliyat ko‘rsatayotgan transGen organizmlar yaratilmoqda. Gen injeneriyasining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Kerakli Genni olish.
2. Olingan Genni vektor molekula bilan bog‘lash.
3. Genni vektor yordamida xojayin hujayraga kiritish.
4. Gen kiritilgan hujayralarni tanlash va ulardan amaliyotda foydalanish.
Genni asosan uch xil usulda olish mumkin.
1. Genni tabiiy manbalardan ajratib olish.
2. Genni kimyoviy sintez yordamida olish
3. Genni fermentativ sintez orqali olish.
Gen olishning birinchi bosqichi Gen injeneriyasi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida qo‘llaniladi.Buning uchun har xil to‘qima hujayralaridan DNK ajratib olinadi va restriktaza fermentlari yordamida ayrim qismlarga ajratiladi. Restriktazalar DNK molekulasini ma’lum joylaridan kesuvchi fermentlardir. Keyin bu ajratilgan qismlarni vektor molekulalariga qo‘shib, retsipiyent hujayralarga kiritiladi va ular orasidan kerakli Gen bo‘lganlarni tanlab olib klonlashtiriladi.Genni sun’iy sintezlash uchun uning strukturasi o‘rganilgan (sekvenirlangan) bo‘lishi kerak. Birinchi marta sun’iy Gen 1969-yilda GEN Korana tomonidan olindi. 1976-yilda GEN Korana o‘z shogirdlari bilan ichak bakteriyasining Genini sintezladi va bu Genni retsipiyent bakteriyaga kiritib funksiya bajarishini ta’minladiSobiq Ittifoqning har xil institutlari laboratoriyalarida somatotropin, bradikinin, angiotenzin va neyropeptidlar sintezlay oladigan ichak bakteriyasi shtammlari olindi.Kimyoviy sintez yo‘li bilan kichik molekulali Genlarni sintezlash mumkin.Murakkab Genlarni fermentativ sintez yo‘li bilan olish mumkin.

Download 95,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish