Shakl: amaliy-yozma, og’zaki, jamoaviy va yakka tartibda ishlash;
Nazorat: O’z-o’zini nazorat qila olish, kuzatish va tekshirish;
Baholash : Uyga vazifani bajarilishi, savollarga javoblar va amaliy ish yakuni bo’yicha o’quvchilar baholanadi.
Kutiladigan natijalar O’qituvchi : - o’quvchilarni dars davomida mavzu yuzasidan bilimga ega qilish . Guruhda va yakka tartibda ishlash orqali o’quvchilar faolligini oshirish, o’quvchilarning amaliy ishni bajarishga erishish.
Darsning blok sxemasi:
T|r
|
Darsning tarkibiy qismlari
|
Belgilanganvaqt
|
1
|
Takompyuteriliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
10 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Takompyuteriliyqism
a) Salomlashish
b) Navbatchining axborotini tinglash
d) O’quvchilarning darsga hozirligi va uyga vazifani tekshirish, uyga vazifani bajarganlarga rag’bat kartoshkalari tarqatish.
e) O’quvchilarni guruhlarga bo’lish va sardorlarni tayinlash.
h) Guruhda ishlash va baholash mezonlari bilan tanishish.
Sinf ikki guruhlarga bo’linadi.
I guruhga Al-Xorazmiy jamoasi nomi beriladi.
I I guruhga Vosil Qobulov jamoasi nomi beriladi.
Har bir savolni jamoa o’rganib unga bittadan o’quvchi javob berishini sardor tayinlaydi.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
O’qituvchi o’tilgan mavzular yuzasidan test savollar tuzib kelib o’quvchilar bilan “aqliy hujum” texnologiyasini amalga oshiradi. Bunda har bir guruhdan bir o’quvchini guruh sardori chiqaradi.
Dastlab guruh sardorlari o’z jamoasi nomidagi olimga izoh beradi.
So’ngra savollaga javob beriladi.
Savollar:
1) 16 lik sanoq sistemasida nechta raqam mavjud?
a) 10ta b) 15 ta c) 16 ta
d) to’g’ri javob yo’q
2) Informatika uchun asosiy ashyo nima xisoblanadi?
a) axbarot b) ko’rish c) texhika d) eshitish e) to’g’ri javob yo’q
3) Informatsiya so’zi qanday ma’noni bildiradi?
a) o’xshatish b) tekshirish c) tushuntirish d) uzluksiz
4) Sonlar alif bosiga kiritilgan belgilar….. va ular yordamida hosil qilingan boshqa belgilar……….
a) birlik , o’nlik b) raqamlar, sonlar c) raqamlar, o’nlik d) yuzlik, sonlar
5) 86 soni rim raqami yordamida qanday ko’rinishda bo’ladi?
a) LXXVII b) L XXXVI c) YXXVLL d) UIIXXL e) a-b to’gri javob
6) Kodlangan axbarot deb nimaga aytiladi?
a) sonlar yordamida yozilgan axbarot b) belgilar yordamida yozilgan axbarot
c) raqamlar yordamida yozilgan axbarot d) harflar yordamida
e) to’g’ri javob yo’q
7) Kodlashning nechta usullari bor?
a) 2 ta b) 4 ta c) 1 ta d) 6 ta e) 5 ta
8) "Informatika" fanining o‘tmishdoshi (avvalgi nomi )
A) Informatsiyani avtomatlashtirish B) Dokumentalistika
C) Bunday fan bo‘lmagan D) Kibernetika
9) Qaysi qatorda uzluksiz axborot ifodalangan?
A) O‘quvchining informatikadan kundalik baholari haqida axborot;
B) Kun yoki tun haqida ahborot;
C) 1/X funksiya grafigi;
D) Dars jadvalidagi ximiya fanidan mashg‘ulotlar xaqidagi axborot.
10) Diskret axborotga qaysilar misol bo‘ladi
A) Xafta,raqam,tovush B) belgilar, xarflar, vaqt
C) raqam, xarflar, fazo D) vaqt, fazo, belgi
11) ifodani qiymatini ikkilik sanoq sistemasida hisoblang.
12) fodani qiymatini ikkilik sanoq sistemasida hisoblang.
13) A3D16+468+324+10012 ifodaning qiymatini o’n oltilik sanoq sistemasida hisoblang.
14) 4579-768 ifodaning qiymatini o’n ikkilik sanoq sistemasida hisoblang.
15) C815+D916 ifodaning qiymatini o’n birlik sanoq sistemasida hisoblang.
Savollarga javob berganlarga rag’bat kartoshkalari tarqatiladi.
III.Yangi mavzu bayoni
Bir sanoq sistemasidagi butun sonni o‘nlik sanoq sistemasida tasvirlash
Asosi o‘n bo‘lmagan pozitsiyali sanoq sistemasidagi manfiymas butun sonni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun uni ixcham ko‘rinishidan yoyiq ko‘rinishga o‘tkazish va yig‘indi natijasini hisoblash kifoya. Masalan:
1010112 = 1*25 + 1*24 + 0*23 + 1*22 + 0*21 + 1*10 = 32 + 16 + 0 + 4 + 0 + 1 = 32 + 16 + 4 + 1 = 5310.
O‘nlik sanoq sistemasidagi butun sonni boshqa
sanoq sistemasida tasvirlash
O‘nlik sanoq sistemasidagi manfiymas butun sonni p asosli sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun berilgan sonning p ga qoldiqli bo‘linmalaridan biri p dan kichik bo‘lguncha p ga ketmaket qoldiqli bo‘linadi va qoldiqlar o‘ngdan chapga qarab yozib olinadi. Masalan:
Sonlarni ixtiyoriy p asosli sanoq sistemasidan q asosli sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun, son avval p asosli sanoq sistemasidan o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkaziladi, so‘ng o‘nlik sanoq sistemasidan q asosli sanoq sistemasiga yuqoridagi usullarda o‘tkaziladi. Demak, o‘nlik sanoq sistemasi ixtiyoriy pozitsiyali sanoq sistemalari orasida «ko‘prik» vazifasini o‘taydi. Masalan:
Sonlarni o‘tkazishda 2, 4, 8, 16 lik sanoq sistemalarida yuqoridagi usullardan farqli kodlashni diada, triada va tetrada usullaridan foydalanish qulay. Sonlarni bunday o‘tkazish (kodlash)da butun son oldiga yozilgan 0 raqamlari son qiymatiga ta’sir etmasligi hisobga olinadi. Diada, triada va tetrada usullarida «ko‘prik» vazifasini ikkilik sanoq sistemasi o‘taydi. Quyidagi misollar orqali o‘tkazish mohiyatini tushunish mumkin:
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
O’quvchilar “Baliq skeleti” sxemasi asosida sanoq sistemalariga izoh beradilar
“Baliq skeleti” sxemasini to’ldirganlarga rag’bat kartoshkalari tarqatiladi.
O’quvchilar darslikning 35- betidagi savollarga javob beradilar.
Savollarga javob berganlarga rag’bat kartoshkalari tarqatiladi.
3.O’quvchilar ushbu topshiriqni bajaradilar
Amaliy ishni bajarganlarga rag’bat kartoshkalari tarqatiladi.
V.O’quvchilarni baholashda uyga vazifa natijalari, test va savollarga javoblar, “Baliq skeleti” sxemasi va amaliy ish natijalari inobatga olinadi.Dars davomida o`quvchilarning olgan rag`bat kartochkalari jamlanadi.
“Ofarin” kartochkalari ko’p olgan o’quvchilar – 5 baho
“Barokallo” kartochkalari ko’p olgan o’quvchilar – 4 baho
“Harakat qil” kartochkalari ko’p olgan o’quvchilar – 3 baho
“O’rgan” kartochkalari ko’p olgan o’quvchilar – 2 baho
Guruh rag`batlari eng ko`p bo`lgan guruhning har bir a`zosiga yana bir baho qo`shiladi. O`quvchilar baholanadilar.
VI. Uyga vazifa. Darslikning 35- betidagi 2-3-mashqlar
O’IBDO’: ____________ ________________________
(imzo) (F.I.SH.)
Do'stlaringiz bilan baham: |