Soda
Soda — turli natriy karbonatlarning umumiy texnik nomi. Kalsinatsiyalangan S.— Na2CO, (natriy
karbonat); kristallangan S. — Na2CO310H2O (natron), ichimlik yoki oziq-ovqat S.si — NaHCO,
(natriy gidrokarbonat) bor. Bulardan tashkari, kaustik S. — NaOH (oʻyuvchi natriyning texnik
nomi) ham mavjud. S. tabiatda Na2CO310H2O hrlida, koʻl va mineral suv havzalarida erigan
holda uchraydi. S. suvdagi eritmalaridan 32° gacha Na2CO3 10N2O, 3235°da Na2CO36H2O, 35°
dan yuqorida Na,CO3H2O, 112,5° da suvsiz tuz — Na2CO3 kristallanadi. NaO10H2O — rangsiz
kristall modda, havoda nurab turadi. Zichligi 1450 kg/m³, 100 g suvda 0° da 20,9 g , 104° da esa
42,1 g eriydi. Kalsinatsiyalangan S. — rangsiz kristall modda, zichligi 2530 kg/m³, suyuqlanish
temperaturasi 858°; gigroskopik, suvda eruvchanligi massasiga nisbatan 6,54%(0° da) va
17,69%(20°da). Ichimlik S. ham oq kristall kukun, zichligi 2200 kg/m³, 100—150°da parchalanadi;
suvda eruvchanligi 6,54% (0° da), 9,4% (25°da), 14,1% (60°da). S.ning suvdagi eritmalari
gidrolizga uchrab, kuchli ishqoriy reaksiya namoyon qiladi, kislota taʼsir ettirilsa, karbonat
angidrid ajralib chiqadi. S.ni sanoatda olish usulini ilk bor 1787—89 ylarda fransuz kimyogari N.
Leblan ishlab chiqqan. Bu usulga muvofiq, osh tuzi NaCl ga konsentrlangan H2SO4 taʼsir ettirib,
natriy sulfatga (Na2SO4) aylantiriladi, keyin Na2SO4 ni ohaktosh va kumir bilan birgalikda
pechda 1000° da qizdirish yoʻli bilan S. olinadi. Hozirgi S.ning asosiy qismi ammiakxlorid usulida
(Solve usuli) olinadi: tabiiy yoki sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan namakob (NaCl) natriy karbonat
Na2CO3 va kalsiy gidroksid Sa(ON)2 taʼsirida Sa va Mg qoʻshimchalardan tozalanadi, ammiak
NH3 bilan toʻyintiriladi, soʻngra barbotaj kolonnalarida karbonizatsiyalanadi; asosiy reaksiya: N
aCl + N N3+SO3+N 2O >NaHCO,+NH4Cl. Natriy gidrokarbonatni qizdirish yoʻli bilan Na2CO3
olinadi.
S. kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan; shisha, sovun va boshqa yuvuvchi vositalar,
natriy gidroksid va natriyning boshqa birikmalarini i.ch. da, sellyuloza pishirishda, neft
mahsulotlarini tozalashda, pigmentlar olishda, "qattiq" suvni yumshatishda, tibbiyotda
ishlatiladi. Ichimlik S. non va qandolatchilik mahsulotlari pishirishda SO2 manbai sifatida,
alkogolsiz ichimliklar, sunʼiy mineral suvlar, yongʻinni oʻchiruvchi tarkiblar tayyorlashda,
tibbiyotda, ogʻiz va tomoqni chayishda ishlatiladi.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Soda&
action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Soda&oldid=2121510
"
dan olindi
Soʻnggi tahrir 1 yil avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |