Turli millat vakillari o’rtasidagi nikoh tuzilishiga ijobiy fikr bildiraman chunki turli XIL qardosh millatlar bilan



Download 33,91 Kb.
bet4/6
Sana01.07.2022
Hajmi33,91 Kb.
#723525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Дин казус 6-16

13-kazus: Bir davrada ikki odam islomda imon va amal masalada tortishib qolishdi. Birinchi odam imon va amal bir biriga bog`liq amal qilmasdan biror kishi musulmon bo`lolmaydi. Shuning uchun namoz o`qimagan va boshqa ibodatlarni bajarmagan odam musulmon emas deb fikr bildirdi. Ikkinchi odam esa amallarni bajarmagan odam ham musulmon bo`lishi haqida o`z dalillarini aytdi. Baxs davom etib taqlidchi odamning imoni haqida so`z bordi. Bu borada ham tomonlar ikkiga bo`linishdi.

  1. Birinchi fikr egasi qaysi aqidaviy yo`nalishga mansub bo`lishi mumkin?

  2. Ikkinchi fikr egasi qaysi aqidaviy yo`nalish vakili? U qanday dalillar keltirgan bo`lishi mumkin?

  3. Taqlidchi odam moturudiya yo`nalishiga ko`ra musulmon hisoblanadimi?

  4. Moturudiylik yo`nalishi bo`yicha sen musulmonmisan degan savolga qanday javob berish zarur? Ashariylik yo`nalishida qanday javob berish to`g`ri hisoblanadi va nima sababdan shunday?

Javob: Imonning shartlari xususidagi qarashlar. “Imon” masalasi kalom ilmining eng nozik va asosiy mavzularidan biri hisoblanadi. Chunki imonga berilgan taarif orqali bandaning hatti harakatlariga hukm chiqarilgan. Shuning uchun ham islom tarixida ulamolar imonga turlicha taarif berganlar. Ularni shartli ravishda uch yirik guruhga bo`lish mumkin.
Birinchi guruh- Imom Shofiiy, Imom Ahmad ibn Xanbal, Imom Molik kabi ulamolar, mutaziliylar va ashariya ulamolari imonga: “ al-Imon – iqror bi-l-lison va tasdiq bi-l-janon va-l-amal bi-l-arkon”, yani “ Imon til bilan iqror, dil bilan tasdiq va arkonlarga amal qilish” deb taarif berganlar. Bu taarifga ko`ra, imonning sharti: til bilan “ La ilaha illalloh Muhammadur rasulullohi” kalimasini aytib, qalban ishonish, tasdiqlash va arkonlarni (namoz, ro`za, zakot, haj) bajarish, bajarish deb hisoblaganlar.
Ikkinchi guruh- Imom Azam, Abu Xanifa va moturudiya ulamolarining taarifiga ko`ra: “al-Imon – al-iqror bil lison vat tasdiq bil qalb bimo joa bixi min indillohi Muhammadur rasulullohi sallallohu alayhi vasallam”, yani “Imon – Muhammad, unga Allohning raxmat va salomlari bo`lsin, Allohning huzuridan keltirilgan narsalarni til bilan iqror qilib, qalban ishonish, tasdiqlashdan iborat. Bu taarifga ko`ra, asosan, qalb bilan tasdiqlash imonning ajralmas qismi hisoblangan.
Uchinchi guruh – jaxmiylar va karromiylar imonning faqatgina yagona so`z ekanligini va uning qalbda bo`lishi shart emasligini ta`kidlaganlar. Karromiylar o`z fikrlariga quyidagi hadisni dalil qilganlar: “ Kimki “ La ilaha illalloh” kalimasini aytsa albatta jannatga kiradi”.
Yuqorida imonga berilgan uch xil taarif orasida xanafiy masxabi ulamolarining qarashlari mo`tadil hisoblangan. Moturudiya ulamolari karromiylarning fikrlarini qoralab bir qator naqliy va mantiqiy dalillarni keltiradilar.
Shuningdek, xanafiya-moturudiya ulamolari Imom Shofiiy, mutaziliylardan farqli ravishda amallarning imondan alohida ekanini e`tirof etganlar. Abul Muin Nasafiyning ta`kidlashicha, Abu Mansur Moturidiy nazdida imon – faqat qalb bilan tasdiqlashdan iborat bo`lgan. Moturidiya ulamolari ushbu fikrlariga Qur`ondan quyidagi oyatlarni dalil keltirganlar: Ma`nosi: Ey imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro`za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo`lsangiz ( “Baqara” surasi, 183-oyat)
Nasafiyning ta`kidlashicha, yuqoridagi oyatlarda Alloh namoz o`qishlaridan va ro`za tutishlaridan avval, yani mazkur amallarni bajarmagan bo`lsalarda, bandalariga “mo`minlar” deb xitob qilmoqda. Mazkur oyatlar ham imon amallardan alohida ekaniga dalil bo`ladi. Shuningdek, Nasafiy asxobi kaxf va firavn sexrgarlari amallarni bajarmagan bo`lsalarda, ularning imonlari Alloh huzurida qabul qilinganini ta`kidlaydi.
Abu Xanifa nazdida, mo`minni amallarni mutlaq inkor etmasdan uni bajarmasligi imondan chiqarmaydi. Balki u osiy, ya`ni gunohkor mo`min bo`ladi. Shuningdek, mo`min garchi katta gunoh sodir qilgan bo`lsa va uni halol hisoblamasa, u ham imondan chiqmaydi, balki fosiq mo`min bo`ladi. Mutaziliylar e`tiqodiga ko`ra, bunday mo`minlar bu dunyoda mo`minlik bilan kufr o`rtasida qoladi (al-manzila baynal manzilatayn) va oxiratda abadiy do`zaxda bo`ladi. Imom Shofiiy va Imom Abu Xanifa nazdlarida mo`minlar tavba orqali o`z gunohlaridan forig` bo`lishlari mumkin, yoki oxiratda shafoat orqali jannatga kirishlari mumkin.
Ushbu masalaning hozirgi kundagi ahamiyati shundaki, ayni vaqtda ayrim xissiyotga berilgan adashgan oqim vakillari yuqorida keltirilgan shariat amallarini (namoz, ro`za, zakot, haj) bajarmayotgan musulmonlarni dindan chiqqanlikda va kufrda ayblamoqdalar. Abu Xanifa va Moturidiyning yuqoridagi aqidaviy qarashlari bunday oqimlarning davolari noto`g`ri ekaniga dalil bo`ladi.
Imonda istisno masalasi ham tarixda katta tortishuvga sabab bo`lgan. Ashariylar va ahli hadis ulamolari imonda istisno bo`lishi, yani kishi mo`minligini til bilan ifodalaganda, “Men Xudo hohlasa mo`minman” (Ana mo`min inshaalloh), deb ta`kidlashi shart. Ularning e`tirof etishicha, banda umrining oxirigacha Mutlaq mo`min holda bo`lishini aniq bilmaydi. Shuning uchun “Agar Alloh hohlasa” (inshaalloh) lafzi ishlatilgan.
Moturidiya ta`limotida esa aksincha, kishi mo`minligini til bilan ifodalaganda, “Men haqiqatdan mo`minman” (ana mo`min bil haq), deb ta`kidlashi lozim bo`lgan. Abu Mansur Maturidiyning fikricha, Alloh onaning qornidagi Bolani qachon tug`ilishini aniq bilsada, u Allohning huzurida tirik deb hukm qilinmaydi. Bandalarning holati voqelik, o`sha zamon holatida hukm qilinadi. Shuning uchun ayni vaqtdagi mo`min mutlaq mo`min hisoblanadi, uning imoniga shubxa qilish, ikkilanish asossiz bo`ladi.2


Download 33,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish