Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻonning taklifiga binoan 2020-yil 19-fevral kuni ushbu mamlakatga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, oʻxshash madaniyat va anʼanalarga asoslangan yaqin doʻstlik va qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Turkiya Oʻzbekiston mustaqilligini birinchi boʻlib tan olgani ham ana shu qardoshlikning yuksak ifodasi boʻlgan edi. 1996-yilda mamlakatlarimiz oʻrtasida Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan. 2017-yil oktyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga ilk davlat tashrifi chogʻida mamlakatlarimiz hamkorligini strategik sheriklik darajasiga koʻtaradigan Qoʻshma bayonot imzolandi.
Turkiya Oʻzbekistonning muhim savdo sheriklaridan biridir. Keyingi yillarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti samarasida turk biznesi vakillari yurtimizdagi faoliyatini kengaytirdi. 2019-yilda oʻzaro savdo hajmi 2,5 milliard AQSH dollaridan oshdi.
Turkiya Oʻzbekistonning muhim savdo sheriklaridan biridir. Keyingi yillarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti samarasida turk biznesi vakillari yurtimizdagi faoliyatini kengaytirdi. 2019-yilda oʻzaro savdo hajmi 2,5 milliard AQSH dollaridan oshdi.
Ayni paytda Turkiya bilan 500 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bundan uch yil oldin 20 million dollar ham boʻlmagan. Oʻtgan yilning oʻzida qoʻshma shirkatlar salkam 500 taga koʻpayib, qariyb 1 ming 300 tani tashkil etmoqda.
Transport sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Jumladan, 2019-yilda avtomobilda yuk tashish 33 foizga, temir yoʻlda 17 foizga, havo qatnovlari orqali 42 foizga oshdi. Bugungi kunda Istanbuldan Toshkent va Samarqandga parvozlar amalga oshirilmoqda. Kelgusida Buxoro shahriga ham parvozlar rejalashtirilgan.
2021-yil 17-mart kuni Shavkat Mirziyoyevning „Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida“gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2020-yil 27-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Turkiya hukumati o‘rtasida harbiy-moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim hamda moliyaviy ko‘makni amalga oshirish to‘g‘risidagi Bayonnoma tasdiqlandi. O‘zbekiston va Tukiya harbiylari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi Termiz dala-o‘quv maydonida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan 22-mart, dushanba kuni maxsus-taktik mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan va 27-martga qadar davom etgan.