Istanbulda joylashgan “Global manba hamkorlari” siyosiy tadqiqotlar markazi tahlilchisi Attila Yesiladaning aytishicha, hukumatning islomiy moliya biznesiga kirishi aqlli qaror. “Foiz olishni istamagan odamlar va tashkilotlar bor. Ular pullarini foizsiz hisob raqamlarida saqlashadi. Sudxo’rlikni Qur’onga ko’ra harom deb bilganlari uchun ular ko’p pul yo’qotgan. Shuning uchun Turkiyada oddiy dindor aholi orasida ham, Fors ko’rfazi qirolliklaridan keluvchi mijozlar orasida ham islomiy moliya xizmatlariga talab katta”, - deydi tahlilchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |