(2 soat)
R e j a :
1. Turkiy tillarning morfologik tuzilishi.
2. Turkiy tillarda so`z tarkibi.
3. Turkiy tillarda kelishik kategoriyasi.
4. Turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi.
5. Turkiy tillarda egalik kategoriyasi.
Turkiy tillarda grammatik shakllar evolyutsion yo`l bilan rivojlanishda davom
etgan. To`rkiy tillarda tarixan grammatik kategoriyalarning rivojlanishi leksik
shakllarga nisbatan juda sekin yuz beradi.
Turkiy tillar ham genetik, ham tipologik jixatdan bir-biriga yaqindir. Turkiy
tillar tillarning morfologik tasnifiga ko`ra, agglyutinativ tillar guruhiga kiradi.
Agglyutinativ tillarda qar bir grammatik ma'no, odatda, aloxida affiks bilan
ifodalanadi. Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, ugor-fin tillari, iberiy-kavkaz tillari,
dravid tillari kiradi. Turkiy agglyutinativ tillarning o`ziga xos morfologik
xususiyatlari mavjud bo`lib, ular kuyidagilardan iboratdir:
1. So`z doimo o`zakdan boshlanib, u o`zgarmasdir. O`zakka qo`shilgan affiks
uni fonetik jihatdan o`zgartirmaydi.
2. So`z shakllarini xosil qilish affikslar vositasida amalga oshiriladi.
3. Bir so`zning turli shakllari fakat bir o`zakdan hosil qilinadi, bunda
suppletiv shakllar mutlaqo ishtirok etmaydi.
4. So`zda o`zak va affiks organik birikib ketmaydi, ular orasidagi chegara
aniq va ravshan bo`ladi: ishladi so`zida ish-o`zak, -la -fe'l yasovchi affiks, -di -
zamon yasovchi affiks.
5. Har bir grammatik ma'noni ifodalash uchun aloxida affiks so`z o`zagiga
ko`shiladi: so`zlashganlar, qishloqdagilar kabi.
Turkiy tillarda so`z tarkibi
Turkiy tillarda so`z tarkibi o`zak va affiksdan iboratdir. Turkiy tillarda fonetik
jixatdan o`zakning quyidagi ko`rinishlari mavjud:
1. Faqat bir unlidan iborat bo`lgan o`zak: u, o kabi.
2. Bir unli va bir undoshdan iborat bo`lgan o`zak: ol, ot, bu shu, na, ma.
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo`lgan o`zak: bosh, qo`l, don, ont, ost,
ust; ona, ota, o`qi.
4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo`lgan o`zak: to`rt, tort
5. Ikki unli va ikki undoshdan iborat bo`lgan o`zak: bola; dala.
6. Ikki unli va uch undoshdan tarkib topgan o`zak: tomon, somon.
O`zak ko`rinishlaridan uchinchisi (SGS) ko`p tarqalgandir. Qolganlari juda
kam darajada uchraydi.
Turkiy tillardagi o`zakning strukturasi va taraqqiyoti haqida turli xil fikrlar
mavjud. V.L.Kotvich yuqorida ko`rsatilgan o`zak tiplari turkiy tillarda azaldan
mavjud desa (34:30). N.A.Baskakov o`zak ko`rinishining uchinchi tipi (SGS)
turkiy tillar uchun xarakterli va qolgan barcha ko`rinishdagi o`zaklar shu tipning
taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan deydi. (8:141). Turkolog A.Zayonchkovskiy
qamma tip o`zaklar
ikkinchi tip (SG) o`zaklarning taraqqiyoti natijasida yuzaga kelganligini
o`kdiradi (25:28-35, 47:39-44).
Demak, turkiy o`zak qaqida uch xil fikr mavjud bo`lib, ulardan uchinchisini
haqiqatga yaqin deb hisoblaymiz. Chunki hozir uch tovushga ega bo`lpsh
anchagina o`zaklar kadimgi turkiy obidalar va "Devonu lug`otit turk"da hamda
o`g`uz gurux, tillarida ikki tovush (SG) xolida uchraydi.
Masalan: sa (sana), ba (bog`la), yu (yuv); ol (bol).
Turkiy tillar taraqqiyotining xamma bosqichlarida yangi so`z o`zakka affiks
ko`shish bilan hosil qilingan.
Turkiy tillarda affikslarning turlaridan biri o`zakdan keyin ko`shiluvchi
postfikslar mavjud. Affiksning prefiks, infiks kabi turlari turkiy tillarda yo`q. Faqat
boshqa tillardan o`zlashgan so`zlardagina prefikslar mavjud.
Turkiy tillarda kelishik kategoriyasi. Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar mikdor
jiqatidan uncha farq qilmaydi. O`zbek, qorakalpoq, turkman, ozarbayjon, tatar,
gagauz tillarida oltita, kozoq tilida yettita, xakas va chuvash tilida sakkizta, yokut
tilida to`qqizta kelishik mavjud.
Bu tillardagi ortiqcha kelishik shakllarining aksariyati mazkur tillar
taraqqiyotining keyingi davrida vujudga kelgandir.
Turkiy tillarda hozir ishlatiladigan va ishlatilmaydpgan kuyidagi kelishiklar
hamda ularning shakllari bordir: Bosh kelidshk, uning ko`rsatkichi yo`q.
Karatkich kelishigi. Turkiy bobo til davrida bu kelishikning funktsiyasi izofa
konstruktsiyasi orqali amalga oshirilgan. Karatqich kelishigi va uning shakli
keyingi davrning maxsulidir. Qaratqich ko`rsatkichi -nii, -in genetik jix,atdan
bog`lik, bo`lgan -ninki, -inki, -ki affikslarining shakllanishiga ta'sir qilgai. Menin
shakln msnink tarzida talaffuz etilishi bir I unlisining orttirilishiga sabab bo`lgan,
natijada meninki shakli yuzaga kelgan, ya'ni butun bir affiks -ki affiksi urchib
chiqkdn. Bu affiksning eski shakli -qaratqichning -npn shaklidan -ninki, -in
shaklida bo`lganki, biz buni hozirgi turkman tilida va o`g`uz lahjasining Hazorasp-
Yangiarik shevasida kuzatamiz: turkman tilida: meninki, seninki, apaminki,
kakaminki; Xazorasp shevasida: apaminki, apamki, kabi.
Bo` shaklning aslida qaratqich affiksiga bevosita aloqasi bo`lganligini tarixiy
yodnomalardan to`plangan faktlar ham taslik^shnli (15:47; 42:50). Masalan,
"Bobirnoma"da ul qal'a bobomnin durur kabi shakllar bobomnikidir shakli bilan
bir xil fukntsiyada kelgan.
Meninki shaklidan ajralib chiqqan (qaratqichdan urchigan) -ki affiksi
analogiya qonuniga muvofiq o`z ma'nosini asosan saqlagann holda, ot
kategoriyasidagi boshkd so`zlarga qam ko`shilib, biror predmetga qarashlilik,
munosabat ma'nolarini x,am ifoda zta boshlagan. Bu affiks til taraqqiyotining
so`nggi davrlarida, o`rin kelishigi affiksi
li shakli bilan ifodalangan. Bu kelishik shakllari turkiy tillar tarakqiyotining
keyingi davrida ko`makchilardan va boshqa til elementlaridan vujudga kelgan
(5:48).
Masalan, qozoq tilidagi nominativ kelishik shakli -men, -pen bilan
ko`makchisining tarak,k,iyotidan kelib chpk.qai: bnlan > menei meI kabi.
Turkiy tillarda chiqish-o`rin kelishigi -gaG`-g), -daG`-de shakllarigl ega
bo`lR1b, u qadimgi turkiy tilda ham x,ozirgi ma'nosila ko`llanilgan: tabg`ach
qag`anta (xitoy qoqonidan), kozda yash (ko`zda yosh). Bu shakllar qozirgi yokut,
tofalar tilida partitiv ma'noni ifodalash uchun xizmat qiladi: yokutcha u:ta bas
(suvdan ol), malta yurt (o`tindan kes); tofalarcha sug`da val (suv keltir), neshta van
(o`tin ber).
Xulosa qilib aytganda, turkiy tillar taraqqiyoti natijasida, asosan olti kelishik
shakllari tobora stabillashib bormokda.
Turkiy tillarda grammatj son kategoriyasi. Grammatik son kategoriyasi
odatda birlik va ko`nlik shakllarining oppozitsiyasidan tashkil topadi. Turkiy
tillarda ko`plik -lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi. Lekin bu shakl
chuvash tilida yo`q. Turkiy tillarda -lar affiksi olmagan otlar umumlashgan
predmet nomini bildiradi. Masalan, kitob, daraxt so`zlari yakka kitob, daraxtni
qam, kitob, daraxtlar yig`indisini ham ifoda eta oladi. Shunga asoslanib ba'zi
tadqiqotchilar -lar affiksi ko`shilmagan shaklni noaniqson shakln deb
xdsoblaydilar (36:80). Ko`plik shakli -lar faqat ot turkumidagi so`zlarga emas,
balki barcha mustaqil so`z turkumlariga ham ko`shilib keladi. Ko`plikning takror
vositasida ifoda etilishi ham turkiy tillarda keng tarqalg`an: o`zbskcha: dasta-dasta
gul, no`g`oycha shay-pay (choy-poy).
Shuni aytish kerakki, qadimgi turkiy yodnomalar tilida -lar affiksi nihryatda
kam ishlatilgan. Jamlik ko`plikni nfodalovchi -z, -kG`, -kG`, -l, -m, -n, -r, -s, -ch, -
sh ko`rsatkichlari ko`llanilgan.
-z ko`rsatkichi kishilik olmoshlari tarkibida ko`plikni ifodalayln, chunki
qadimgi turkiy biG`G`mi, si o`zagiga qo`shilgaidir: biz, siz. Bu olmoshlar
ksyinchalik hurmat ma'nosini ifodalab, ikkimchi shaxs birlikda ko`llanila
boshlagach, ko`plik uchun -lar shaklini ko`shganlar. • Ba'zi tilshunoslar -G`iG`z
ko`rsatkichiii ikkilik son shakli leb hisoblaydilar. Masalan, turk tilida ikiz (egiz),
gez (ko`z), geguz (ko`kraq), tiz (tizza), omuz (elka), tatar tilida myogez (shox)
kabi.
-kG`-k ko`rsatkichi qadimgi turkiy bobotil davrida ko`plik ma'nosida
maqsuldor ko`llanilgan. Hozirgi turkiy tillarda -kG`-kG` ko`rsagkichlp ba'zi
so`zlargina saqpanib qolgan: yokut tilida talax, kumax, ko`miqtilida talak, ko`mak,
shor tilida kumaq, boshqa turkiy tillarda tok, kum. Dastlab talak so`zi tollar, kumak
so`zi kumlar ma'nosida ishlatilgan.
-L ko`rsatkichi jamlov ko`plik ma'nosini ifodalovchi jamlovchi affiks -la, -len
tarkibida saqpangan. K^iyoslang: o`zbek tilida ikevle. ikevlen; oltoy tilida yekile,
uchule, uyg`ur tilida ikkilen, hakas tilida altalan (oltovlon).
-M ko`rsatkichi jamlov, jamlov-ayiruv ma'nosini ifodalashga xizmat qilgan va
xozirgi turkiy tillarda bu shakl tartib sonlarni ifodalovchi -shchi, -imchi, -lamchi, -
lemchi affikslari tarkibida sakG`tngan. Masalan, ozarbajon tilida birimji, ikimji,
uchumji, beshlemchi kabi. Bu so`zlar dastlab ikkilik va jamlik ma'nosini
ifodalagandir (35:50).
-N ko`rsatkichi jamlik ma'nosini ifodalovchi olmoshlar tarkibida keladi:
kadimgi turkiy tilda barsh (qamma), ko`miq tilida barsh (qamma). Kddimgi turkiy
tillarda ko`plik formasi -aG`n ko`llanilgan: oglan (o`g`illar), yeren (erlar), kfqsh
(qizlar) kabi.
Bundan tashqari, jamlik ko`plikni ifodalovchi -len, -gun affikslari tarkibida
kelgan. O`zbek tilida ikegun, uchegun kabi (64:153).
-R ko`rsatkichi jamlov ko`plikni ifodalab, turkiy tillarning barchasida
ishlatiluvchi -lar va chuvash tilidagi ko`plik shakli -sar tarkibida keladi. Masalan,
tuva tilida adshar - otlaring, hakas tilida kimener - kelmanglar, oltoy tilida adagar -
otanglar, dolngar -yo`linglar, qirg`iz tilida alasshar - olinglar, chuvash tilida
xar'nzar -xur'nsar - qayinlar.
-S ko`rsatkichi turkiy tillarda juda kam ko`llaniladi, uni chuvash tilida
ko`plikni ifodalovchi -serG` -zarG` -sem tarkibida ko`ramiz: yo`ldashsem -
o`rtoqdar, purz'm'r - hammamiz.
-Ch ko`rsatkichi va -Sh ko`rsatkichi ham jamlov ko`plikni ifoda etadi. Xullas,
turkiy tillarda ko`plikni ifodalovchi -lar, -ler, -sar, -sem affikslarining xarakteri
x,aqida fikr bildirilgan bo`lsa ;am, jamlov-ko`plikni ifodalovchi ko`rsatkichlar
haqida starli daraj; da mulohaza yuritilmagan.
Turkiy tillarda egalik kategoriyasi. Egalik kategoriyasi qdrashlilik ma'nosini
ifoda egadi. Egalik kategoriyasining shakllari uch shaxsga va birlik hamda o`plik
songa tegishlidir.
Birlik sonda
1-shaxs: -m, -mm, -im
2-shaxs: -n, -sh, -in, -g`, -gg`, -ig
3-shaxs: -g, -i, -sm, -si
Ko`plik sonda
1-shaxs: -bp, -biz, -gbp, -mbiz
2-shaxs: -np, -niz, -shiz, -iniz, -g`gz, -ig`iz
3-shaxs: -m, -i, -sm, -si
Egalik kategoriyasinikg shakllari qaratqich kelishigi shakli bilan chambarchas
bog`liq, Egalik shakli bilan ko`llangan so`z old! da juda ko`p xrllarda qaratqdch
kelishigidagi so`z keladi. Ular belgili yeki belgisiz xolatda bo`lishi mumkin.
Masalan: (mening) uyim, (sening) uying, (uning) uyi; kitobxonlar uyi. Shuning
uchun ba'zi tadqiqotchilar chgalik kategoriyasini qaratqich kelishigi bilan bog`liq
xrlda o`rganadilar. Ularning fikricha, dastlab turkiy tillarda prefiks va karatqich
kelishigining yo`qligi egalik shakllarini keltirib chiqargan (55:277).
Egalik shakllari kishilik olmoshlari asosida shakllangan. Masalan: men-m,
sen-ng, biz-miz, siz-ngiz kabi. Shuning uchun ham egalik affikslari bir vaqtning
o`zida shaxs va son ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, uyim so`zidagi -im birinchi
shaxs birlik sonni ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |