Jahon bo’lgay jahim havlnoking.
Hayoting ranjish-u kulfatda barbod,
Tuzalmas to qiyomat bag’ri choking.
Kezarsan darbadar g’urbat chekib zor,
Belingga yetmagay aslo etoking.
TAMA
Tama deb birovdan bir narsa umidvor bo’lmakni aytilur. A’zo va
javorihlari salomat, kuch va quvvatli
kishilarga tama qilmak harom, ojiz va
notavon, kuchsiz kishilarga mubohdur. Tama balosiga giriftor bo’lgan
kishilarda nomus va hayo degan yaxshi sifatlar bo’lmaydur. Hozirgi zamonda
oramizda tama noni bilan qorin to’yg’uzadurgan kishilarning hisobi yo’qdur.
Agar bularning biridan: «Birodar, saning oyoq-qo’ling butun, taning sog’,
tama qilmak sanga harom emasmi?», – deb savol qilinsa, «Qanday qilay, ota-
bobomning kasbi tilanchilik edi, man ham tama orqasidan ovqat qilurman», –
deb
tamani kasbga isnod berub, turluk-turluk bahonalar bayon qilur.
Shariatda munday kishilarga tama orqasidan kasb qilmaklari mamnu’dur.
Alhosil, tama noni ila suyagi qotgan, ish va kasbga bo’yin qo’ymay, dangasa
va yalqovlikka o’rgangan va odat qilgan kishilarning o’zlaridan yaxshilik
umidi o’lmadig’i kabi bolalaridan ham yaxshilik kutub bo’lmaydur.
Rasuli
akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Kishi
qo’linda bo’lgan narsaga qiziqma! Tamadan saqlan! Zeroki, tama o’zi hozir
bir faqrdur. Namozingni ado qil! So’ngindan uzr istarga to’g’ri keladurgan
ishlardan saqlan», – demishlar.
BAYT
Bo’lmagil mubtalo duchor tama,
Aylar insonni xor-u zor tama.
Yo’q qilub himmat-u qanoatni,
Oladur oldan ixtiyor tama.
Noni minnat uchun egur bo’yning,
Qiladur ko’zni intizor tama.
Yuzdan otkay hayo-u sharmingni,
G’ayrating kuydurar nori tama
Hirsi dunyo qiladi Qorundek,
Hotam isming yutar mori tama.
ZULM
Zulm deb birovning joniga yoki moliga zarar yetkurmakni aytilur. Janobi
Haq butun yer yuzidagi insonlarni huquqda musoviy –barobar qilub
yaratmishdur.
Mansab va davlatga, kuch va quvvatga mag’rur bo’lub,
birovning haqig’a taarruz va tajovuz qilmak zulmdur. Kattalikning izzati
zulm
va taaddida emas, shafqat va marhamatdadur. Kichiklikning lazzati
nafrat
va qarshulikda emas, sadoqat va hurmatdadur. Shul xususda Shayx
Sa’diy:
G’ami zeri doston bexo’r, zinhor,
Betars az zabardastiye ruzgor.
Tarjimasi:
Quvvatsizlar g’amin yeb yur hamisha,
Quvvatlilardan etgil xavf pesha.
deb
kichiklarni izzat qil, kattalarni hurmat qil,
maolindagi hikmat va
ibratlik she’ri balig’asini so’ylamishlar.
Dunyoda mazlumning ohidan o’tkur narsa yo’qdur. Mazlumning duosi
ijobatga yaqindur. Qo’rqmak va hazar qilmak lozimdur. Bobolarimiz:
«Pichoqni o’zingga, og’rimasa, boshqaga ur», – demishlar.
Bir kishi
zulmning yomonlig’ini bilmak uchun boshqa bir odam tarafidan o’z nafsiga
qilinsa, chekadurgan azobini o’ylasa, yomon fanoligi ochiq ma’lum bo’ladur.
O’tkan zamonlardagi hukumatlar-ning barposi adolat ila poydor o’ldig’i kabi,
inqiroz va barbodi ham zulm ila poytaxtga yetub va ul zolim hukumatlarning
tarix sahifalarida faqat ismlari qolganligi hammaning ma’lumidur. Rasuli
akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Ey bandalar!
Allohdan qo’rqingiz, Allohning
ismi ila ont ichamanki, bir mo’min bir
mo’minga zulm qilsa, Alloh taolo qiyomat kunida ul odamdan o’ch olur», –
demishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: