«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana05.03.2023
Hajmi1,18 Mb.
#916770
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati

Toshboyev Chakan 
- 1902 yili 
tug’ilgan. Pastdarg’om rayoni Beshbarmoq qishlog’idan. 1924 yildan 1928 
yilgacha Islom qo’rboshi bosqinchilar to’dasida faol ishtirok etgan. 1935 yilgacha 
bosmachilar to’dasida bo’lgan. Hibsga olingan vaqtda Ittifoq kolxozi raisi 
o’rinbosari bo’lib ishlagan. 10 yil mehnat-tuzatuv koloniyasiga hukm etilgan. 
Jazoni o’tash muddati 27 noyabr 1937 yildan belgilangan…”.
97
Samarqand shahridan shu kishilarga o’xshab vatan ozodligi uchun harakat 
qilganlar bir qanchadir. Jumladan, Hamidboyev Qori Zikr, Q.H.Abduhayumov, 
M.Karimov, A.Hotamov, I.Rahmatullayev, Rahmatullin(asl ismi Mulla Lutfi 
Rahmatboyev), Mulla Elchi O’rozov, Mirza Puli N izomiddinov va hokazo. 
Mustabid tuzum boshqacha fikrlashga mutlaqo toqat qilolmasdi va unga 
qarshi qat’iy kurash olib bordi. 20-yillarning ikkinchi yarmi — 30-yillar mavjud 
tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi keng qatag‘onlar o‘tkazish davri bo‘ldi. 
Respublikaning vatanparvarlik kayfiyatidagi rahbar xodimlarni birlashtirgan 
«g‘ayripartiyaviy» 
guruhlar 
(«18 
lar 
guruhi», 
«Inog‘omovchilik», 
«Qosimovchilik») birin-ketin «fosh etildi» va badnom qilindi.
20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida mustabid tuzumning jazolovchi qilichi 
mustabid tuzum kirdikorlariga qarshi fikr bildirgan milliy ijodkor ziyolilarning 
ko‘pgina vakillariga zarba berdi. Munavvar Qori Abdurashidxonov, Saidnosir 
Mirjalilov, Mahmud Hodiev (Botu), Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Ashurali Zohiriy, 
Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshimov, Usmon Nosir va 
boshqalar qatag‘onga uchradi.
98
Faqat 1929 yil yanvardan 1933 yilgacha mustabid 
tuzum respublika milliy ziyolilarning 217 vakilini — yozuvchilar, jurnalistlar, 
o‘qituvchilar va hokazolarni qatag‘on qildi, ulardan ko‘plari otildi.
99
97
O’sha joyda. 
98
Турсунов И.Й. Узбекистан маорифчиларининг истиқлол йулидаги кураши тарихидан (1917—1930 йиллар): 
Тарих фанлари доктори... автореферата. Т-1995, 27-bet. 
99
Узоқов Ҳ. Узбекистонда мустақиллик учун кураш тарихи (1900—1940 йиллар): Тарих фанлари доктори... 


76 
Qatag‘on balosi faqat ziyolilarnigina o‘z komiga tortmadi, istibdodning 
olovida barcha baravar yondi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida dehqonlarga 
nisbatan ham misli ko‘rilmagan qatag‘onlar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligini 
jamoalashtirish davrida O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi «quloq» 
qilinib, ulardan 31,7 mingi qatag‘on qilingan edi
100

Bolsheviklar tuzumining 30-yillar oxirida o‘z xalqiga nisbatan qilgan 
qatag‘onlari ayniqsa keng ko‘lamda avj oldi. Bir tuman yoki qishloq miqyosida 
birorta rahbar «xalq dushmani» ga aylantirilgan bo‘lsa, uning «dumi» sifatida yana 
50—60 kishi o‘z yurtidan badarg‘a qilingan yoki qamalgan edi. Shuning uchun 
ham qatag‘onlar respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotini larzaga keltirdi, 
kishilarda doimiy qo‘rquv, ertangi kunga ishonchsizlik uyg‘otdi. 1936 yilning 
oxirida o‘z konstitutsiyasida keng huquqlar va erkinliklarni e’lon qilgan mustabid 
tuzum oradan bir necha oy o‘tgach ommaviy terrorni avj oldirdiki, u o‘zining qonli 
panjalari bilan O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Ittifoqning jazo organlari va uning 
respublikadagi tuzilmalari hech bir aybsiz kishilar ustidan soxta «ishlar»ni to‘qib 
chiqdilar, ommaviy hibsga olishlar uyushtirildi, minglab jamoat arboblari, yirik 
olimlar, adabiyot va san’at arboblari, xo‘jalik kadrlari, ishchilar, dehqonlar, din 
vakillari va boshqalar sudsiz-so‘roqsiz qamoqqa tashlandilar. Kommunistik rejim 
shu yo‘l bilan mamlakatdagi har bir millatning eng ilg‘or ziyoli qismini, mustabid 
tuzum mohiyatini tushunib etadigan qismini yo‘qotishga harakat qildi. Bu 
qabihlikni amalga oshirar ekanlar, ular avval o‘z kabinetlarida o‘tirib o‘nlab soxta 
«aksilinqilobiy tashkilotlar»ni o‘ylab topdilar va ularni «fosh etish»ga kirishdilar, 
go‘yo ular imperialistik davlatlarning agentlari bo‘lgan emish. Jumladan, 1937—
1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va uning respublikadagi 
“nazoratchilari” O‘zbekistondagi yirik aksilinqilobiy tuzilmalarni “fosh etdilar” va 
“tugatdilar”, bular: respublika rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xo‘jaev 
boshchiligidagi “Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi”; Abdurauf 
Qoriev rahbarligidagi “Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti”; 
“Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi”; S.Xo‘janov 
автореферата. Т-1996. 39—40-betlar. 
100
История коллективизации в союзных республиках. М-1969. С-25. 


77 
boshchiligidagi “Aksilinqilobiy millatchi qozoqlar tashkiloti”; “Buxoro va 
Turkiston baxt-saodati” nomli sovetlarga qarshi
 
aksilinqilobiy tashkilot; 
respublika komsomoli 
MQ kotibi I.Ortiqov rahbarligida 
“Yoshlarning 
aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”; “Uyg‘urlarning aksilinqilobiy 
josuslik-isyonchilik tashkiloti”; Mirzoyan, Amelyan va boshqalar rahbarligidagi 
“Aksilinqilobiy eserlar josuslik-qo‘poruvchilik tashkiloti”; “Ingliz josuslik 
rezidenturasi”; «Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi” edi. Endilikda 
ma’lum bo‘lishicha, bularning hammasi tuzumning jazo organlari kabinetlarida 
ataylab to‘qib chiqarilgan bo‘lib, haqiqatda bunday “aksilinqilobiy tashkilotlar” 
respublikada mutlaqo bo‘lmagan ekan. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish