LABORATORIYA ISHINI BAJARISH JARAYONI
O’rta maxsus ta’limi o’quv yurtlari o’quvchilaridan tuzilgan guruhlar avvalo, Q.Usmonovning Akademik-litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o`quvchilari uchun mo`ljallangan O`zbekiston tarixi darsligidan “Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakatlar” mavzusini o’qib chiqib, tarix o’qituvchisi tomonidan tavsiya etgan adabiyotlarni ARMlar bazasidan, internet saytlaridan ma’lumot yig’ib chiqadilar. O’rta maxsus ta’limi o’quv yurtlari o’quvchilari bu davr nazariy materiallarini o’rganish asnosida kartografik tasavvurlarini rivojlantirishi katta yutuqlardan biri hisoblanadi. Chunki istiqlolchilik kurashi hozirgi O’zbekiston,Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston hududlarida olib borilgan. Turli qo’rboshilar davrida harakat maydoni o’zgarib turgan. Agar mana shu nazariy bilimlar kartografik tasavvurlar bilan boyitilsa, mavzuning mazmun mohiyati yanada yaqqol namoyon bo’lib boradi. Kartografik tasavvurlarni shakillantirish tarixiy bilimlarni o’zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Kartografik tasavvurlar quyidagi usullar yordamida shakllantiriladi: tarixiy borliq, voqea va hodisalarni kartada ko’rsatish; tarixiy voqea va hodisalarni nomlarini yozish; tarixiy borliq, voqea va hodisalar haqida ma’lumot berish; didaktik materiallardan foydalinish; turli xil karta chizmalarini chizish; chiziqli kartalar bilan ishlash. Tarixiy-geografik tasavvurlarni shakillantirshdan maqsad o’quvchilar tomonidan geografik obektlar va ularni nomlarini hamda joylarini mustahkam o’zlashtirishdir. Shu o’rinda o’quvchilar kartalarning shartli belgilari haqida tushunchaga ega bo’lib, shartli belgilar asosida kartalarda tog’lar, daryolar, shaharlarni, Istiqlolchilar bilan sovet hokimiyati o’rtasida bo’lib o’tgan asosiy jang maydonlari, ikki tarafning harakatlanish yo’nalishlari strelka bilan ko’rsatilib borishi kerak. Natijada o’quvchilarda mantiqiy o’ylash , so’zlash, eshitish, ko’rish, kabi xususiyatlari har tomonlama rivojlanib, dunyoqarashi o’sib boradi. Shuningdek, O’quvchilar to’plagan ma’lumotlari asosida sahna ko’rinishi tayyorlashlari bu rivojlanishning mantiqiy davomi bo’ladi. Sahna ko’rinishi orqali o’quvchilar davr muhitiga moslashadilar va mavzu haqida kengroq tushunchaga ega bo’lishadilar.O’quvchilar sahna ko’rinishini tayyorlash uchun quyidagi ko’rsatmalarga amal qilishi lozim: sahna ko`rinishi aynan sahnada ijro etilishi uchun mo`ljallangan jarayon bo`lib, tomashabinlar kuzatishi uchun qulay joyda namoyish etiladi. Sahna ko`rinishi tanlangan mavzu yuzasidan tomashabinlarda tassavvur uyg`otish uchun qo`llaniladigan, hajmi unchalik katta bo`lmagan kichik bir lavhadir. Bunda o`quvchilar o`zlari namoyish etmoqchi bo`lgan davr ruhiga mos ravishda liboslarni tanlaydilar. Sahna dekoratsiyasida tanlangan davrga xos predmet va obyektlarning qo`llanilishi, kartinalarning namoyishi (masalan sahnaning fon qismida o`sha davr uylarining, ko`chalarining, bozorlarining tasviridan foydalanish ) ijro jarayonining yanada jonlanishiga xizmat qiladi. Sahna ko`rinishini tayyorlash jarayonida o`quvchilar mavzuga doir turli asarlar, tarixiy romanlar va aniq faktlarga asoslanib ssenariy tuzishi lozim. Sahnada ijro etish jarayonida o`quvchilar qo`llaydigan diolog va monologlar tili ham o`sha o`rganilayotgan davrga moslashtiriladi. O`quvchi sahna ko`rinishi ijrosi paytida so`zlayotgan nutqi jonli, samimiy, his-hayajon bilan rolga kirishishi va tomoshabinni o`sha davr muhitiga olib kira olishi kerak. So`zlashish jarayonida tilimizda uchraydigan har xil jargonlarni va ayniqsa vulgarizmlarni qo`llmaslik qat`iy talab etiladi. Namoyish etilayotgan voqealar haqqoniylikka, xolisiylikka va ma`lum dalil va adabiyotlarga asoslangan holda ijro etilishi maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilar mavzuni to`la yoritish uchun xronologik jadvallarni tuzishi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda o`quvchilar mavzuning eng asosiy sanalarini ajratib ko`rsatadilar. Xronologiyada yillar ketma-ket tartib bilan joylashtiriladi. Har bir yildan so`ng uning izohi keltiriladi. Xronologiya yunoncha “xronos”-vaqt so`zidan kelib chiqqan bo`lib, voqealarning sanalar asosida tartibli ifodalanishi bilan shug`ullanuvchi fan sohasidir. Xronologiya asosida, ya`ni voqealarni ma`lum bir davriy ketma-ketlik asosida o`rganish, ayniqsa, tarix fani tadqiqotlarida umumlashtiruvchi xulosalarni chiqarishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
O’quvchilar mavzuga doir keng ma’lumotlar bazasini tayyorlab bo’lganidan so’ng ma’lumotlarni saralab ilmiy maqola tuzishi ularning dunyoqarashi va tafakkurini mustahkamlaydi.O’quvchi ilmiy maqola yozishi uchun Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakatlar mavzusidagi manbalarni sinchkovlik bilan o’rganadi.Milliy ozodlik kurashi davriga oid materiallarni saralaydi .Tanlangan mavzu yuzasidan to`plangan ma`lumotlarni ma`lum tartibda joylashtirib chiqiladi. Maqolaning oxirida foydalanilgan adabiyolar birma-bir aytib o`tiladi. Maqolada muallif ma`lumotlarni xillashtiradi va ularni tahlil qilib chiqadi. Maqolada to`plangan qo`shimcha ma`lumotlardan tashqari muallifning mavzuga tegishli o`z xulosasi ham bo`lishi talab etiladi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |