Туркистонда ижтимоий-маданий ва ҳарбий-сиёсий аҳвол



Download 65,9 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2022
Hajmi65,9 Kb.
#673333
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maftuna Shaxs va jamiyat





















XULOSA


Mustabid sovet tuzumi davrida Vatanimiz tarixining ko‘p davrlari jumladan, Turkiston o‘lkasining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, keyinchalik bu hududda sho‘rolar hokimiyatining o‘rnatilishi, Turkiston Muxtoriyati bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar soxtalashtirilib, turli hil bo‘yoqlar bilan xalqimiz e'tiboriga havola etildi. Mustaqillik yillarida ana shu noholislik bartaraf etilib, haqqoniy tarixni xalqimizga yetkazib berishdek, savobli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1998- yil 26- iyunda bir guruh tarixchi olimlar, jurnalistlar va ijodiy xodimlar bilan bo‘lgan uchrashuvida tarix fanini yaratish bo‘yicha tarixchi olimlar oldiga qo‘ygan vazifalari asosiy omil bo‘lib xizmat qilayotgani hech kimga sir emas.
Shu o‘rinda yurtboshimizning «Tarix xotirasi xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining holis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o‘zlikni anglashni, ta'bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Ahloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda»121,– degan fikrlari o‘zining naqadar to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda.
Shu paytga qadar xolisona o‘rganilmagan o‘ziga xos murakkab, munozaralarga asos bo‘la oladigan davrlarni qamrab olgan mavzular mavjud. Bu davrlar O‘zbekiston tarixida o‘ziga hos iz qoldirgan bo‘lsa-da, ammo sotsializm qurish yillaridagi mafkuraviy ta'qiblar, tarix va tarixiy jarayonlarga noxolisona yondoshishlar tufayli bu muammolarni sovet hokimiyati hukmronligi davrida chuqur ilmiy asoslangan xolatda o‘rganishni kun tartibiga qo‘yilmadi. Chunki sovet hokimiyati yillaridagi mavjud tizim hamma yo‘nalishlarda, ayniqsa, mafkura hamda ma'naviyatning ildizi bo‘lgan tarixiy merosni o‘rganishda sotsializm manfaatlaridan kelib chiqib va Markaz manfaatlarini hisobga olib o‘rganishni talab qilardi. Ko‘p millatli, ammo ihtiyoriy-majburiy tarzda «bir oilaga» birlashtirilgan


121 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 140.
xalqlar ustidan hukmronlik qilishning yo‘llaridan biri Markaz manfaatlarini himoya qilish bo‘lgan. Bunday siyosat bolsheviklar uchun sovet hokimiyatining dastlabki yillariga ham xos edi.
Turkiston ziyolilari keng xalq ommasini mamlakatni boshqarishga jalb qilishga, o’z xalqining manfaatlarini himoya qilish va bu xuquqni qo’ldan bermaslikka kuch-g`ayrat sarfladilar. Biroq, Rossiyada hukmron bo’lgan bolsheviklar rejimini va uning imperiyacha manfaatlarini himoya qilgan Turkkomissiya butun kuch va vositalar bilan milliy vatanparvarlar Turkiston Avtonom Respublikasi raxbarligida o’tgan milliy vatanparvarlar muddaolarining to’la-to’kis ro’yobga chiqishiga to’sqinlik qildi. Respublikani boshqarishga milliy kadrlar keng jalb qilinsada, Turkiston amalda avvalgidek Markazga mustamlaka qaramligida qolaverdi, uning bu sohadagi ahvoli chorizm hukmron bo’lgan zamonlarga nisbatan kam o’zgardi. RKP(b) milliy respublikalar va viloyatlarning mas'ul xodimlari bilan o’tkazgan 4- kengashida Turkistonning taniqli jamoat va siyosiy arboblari Akmal Ikromov, Sultonbek Xo’janov so’zlagan nutqlarida buni oshkora va dadillik bilan aytdilar. Ularning fikricha, «Hozirgi Turkiston bilan podsho Turkistoni o’rtasida hech qanday farq yo’q, faqat lavha o’zgardi, Turkiston, avvalgidek chorizm davrida qanday bo’lgan bo’lsa, shundayligicha qolaverdi».
Turkistonni Rossiya Federatsiyasining avtonom sovet respublikasi deb e'lon qilinganligi va Turkiston Avtonom Respublikasining dastlabki yillardagi faoliyati taxliliga yakun yasab, shunday xulosa chiqarish mumkinki, oktabr to’ntarishidan keyingi barcha o’zgarishlar Turkiston xalqlarining xoxish-irodasi bilan amalga oshirilmadi, balki Moskvaning bevosita ko’rsatmasi bilan, sovetlar V s'ezdida ko’pchilikni tashkil etgan bir necha shovinist bolsheviklar va so’l eserlar tomonidan amalga oshirildi. O’lka halqlari esa Turkiston sovet avtonomiyasini tu’zishda mutlaqo ishtirok qilmadilar, ularning xoxish-istaklari so’ralmadi. Binobarin, TASSR tashkil etilishidek «muhim tarixiy» tadbirning amalga oshirilishidan faqat «proletariat» orasidan chiqqan, «hukmron partiyalar»ga mansub maxalliy bulmagan aholi vakillari manfaat ko’rdilar. Ular respublikani boshqarishga kelar ekanlar, Markaz siyosatini qattiq turib amalga oshirdilar,
Turkiston halqlariga emas, balki Markazga astoydil xizmat qildilar. Bularning xammasi tabiiy ravishda mahalliy aholini, ayniqsa, milliy vatanparvarlar noroziligining kuchayishiga olib keldi.
Bolsheviklar chekka o‘lkalarda, hususan Turkistonda Rossiya imperiyasi olib borgan siyosatni qoralagan holda amalda o‘zlari ham o‘lkada «sovetlarcha o‘marish» va asrlar davomida shakllangan diniy hamda milliy qadriyatlarni oyoq osti qilishga tushdilar. To‘g‘ri, ular podsho ma'murlaridan farqli o‘laroq, bu
«tadbir»larni amalga oshirishda qizil so‘zlarni ishlatishdan, har bir harakatlariga mazlum xalqlar manfaati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotganliklarini ta'kidlashdan charchamagan holda hayotga tadbiq etdilar. Oxir-oqibatda «qoloq» va har tomonlama ezilgan Turkiston xalqlari uchun ro‘shnolikni Markaz bergan yordam tufayligina amalga oshirilganini ko‘plab ilmiy tadqiqotlardan o‘rgana boshlandi.
Albatta, hukmron mafkura manfaatlariga bo‘ysundirilgan siyosiy jarayonda olib borilgan tarixiy tadqiqotlarda bir tomonlama va noxolis talqinlar mavjud edi. Boshqacharoq aytganda tarixiy tadqiqotlar ham Markaz manfaatlariga mos ravishda talqin qilingan.
Prezidentimiz imzosi bilan 1996–1998- yillarda uchta Farmon va qaror (1996- yil 18- sentabr «O‘zbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish to‘g‘risida», 1996- yil 16- dekabrdagi «O‘zbekistonning yangi tarixini tayyorlash va nashr qilish to‘g‘risida» va 1998- yil 24- iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida») qabul qilindi. Bu esa tarixchilarimiz oldiga jiddiy vazifalarni qo‘ydi.
Biz tadqiq etgan mavzu nafaqat millatimizni, balki ming yillardan beri baqamti yashab kelayotgan tojik, turkman, qirg‘iz, qoraqalpoq va qozoq xalqlarining ham tarixidagi kemtiklarni yoritishga ko‘maklashadi. Xalqimizga yetkazilayotgan haqqoiy tarix ma'aviy ozuqa, kuch-qudrat va millatimizning g‘ururini uyg‘otishiga xizmat qiladi.
Haqiqiy va xolis yoritilgan tarixni xalqimizning ongi va qalbiga joylashtirmog‘imiz lozim. Chunki hali ham eski davrni qo‘msaydigan va undan manfaatdor bo‘lgan kuchlar yo‘q emasligii unutmasligimiz kerak. Ana shundagina
millatning ruhi, tafakkuri, g‘ururi uyg‘onadi va mustaqillikning naqadar buyuk ne'mat ekanligini uni asrab avaylash va mustahkamlash yanada rivojlantirish har bir O‘zbekistonlikning e'tiqodiga aylanadi.
Bu bilan kichik ilmiy tadqiqot ishimiz oxiriga yetgan, tugallangan deb bo‘lmaydi. Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkin-ki, ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab yangidan-yangi ilmiy-tadqiqot ishlari o‘z tadqiqotchilarini kutib qoladi.

Download 65,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish