MUNDARIJA:
KIRISh… 3
BOB. TURKISTONDA IJTIMOIY-MADANIY HAYOT. XALQ TA`LIMINING AHVOLI.
1.1. Turkistonda an'anaviy ta'lim tizimi....................................................................6
1.2. Rossiya imperiyasi ta'lim tizimi.........................................................................................................................15
BOB. ROSSIYA IMPERIYASI MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA TURKISTONDA XALQ TA’LIMINING AHVOLI MAVZUSINING TARIX DARSLARIDAGI AHAMIYATI
2.1 Rossıya mustamlakachiligi davrida Turkistonda xalq ta`limining ahvoli mavzusini tarix darslarida o`qitish … ........................................................................................24
XULOSA….............................................................................................................27
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI… .........31
KIRISH
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan boshlab jamiyat hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar ko’zga tashlana boshladi. Milliy tarix masalalarini ilmiy o’rganish sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarildi, shuningdek, uning turli varaqlarini partiyaviy bosim va mafkuraviy qoliplarsiz ob’yektiv o’rganish uchun imkoniyatlar ochildi. Tarix fani oldiga muhim vazifalar – o’zbek xalqining tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo’yildi.
Bu yo’nalishda o’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillardan biri hisoblanadi. Xalqimizning qadim tarixiga xolis va haqqoniy baho berish tarixchilarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Zero, Birinchi Prezidentimizning «Modomiki, o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur»1,– degan fikrlari tarixchilar zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi. Ushbu vazifa davlat boshlig`ining 1998- yil 26- iyunda bir guruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvi va mazkur uchrashuv natijasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998- yil 27- iyulda «O’zR FA Tarix institutining faoliyatini takomillashtirish to’g`risida»gi2 Qaroridan so’ng ancha faollashdi. Shuningdek, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi3.
Yuqorida ta`kidlanganidek, mustaqillik xalqimizga o’zligini qaytarib berdi. Buning natijasi o’laroq, hukumatimiz tomonidan iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda ijtimoiy, xususan, ilm-fan sohalarini rivojlantirishga katta e`tibor berildi. Jumladan, joriy yilning boshida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan «2017–2021- yillarda O’zbekiston
1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т. 7. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 13.
2 ЎзР ФА Тарих институтининг фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида // Халқ сўзи. 1998, 29 июль.
3 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 97.
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi»41ning to’rtinchi yo’nalishida ta`lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish vazifalarining belgilanishi fikrimizning yaqqol misolidir.
Davlatchilik tarixini o’rganish nafaqat ilmiy jihatdan, milliy g`oya tushunchasiga ham bevosita aloqador bo’lib, ming yillar davomida milliy davlatchilikning mustaqil paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishini ifoda etadi.
Tadqiqotchilar tomonidan keng hajmdagi ishlarning amalga oshirilganiga qaramasdan shuni ta'kidlash joizki, o’zbek davlatchiligining evolyutsiyasi tarix sahnasida muayyan davlat tuzilmalarining paydo bo’lib ikkinchisiga almashishi bilan taraqqiyot va tanazzul bosqichlarini o’z ichiga olgan o’nlab asrlarga cho’zilgan ko’p qirrali jarayondir. Aynan shuning uchun bu masalani hal etish u yoki bu tarixiy bosqichda davlatchilik institutlarining har birini holatini kompleks o’rganish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bu masalada davlatchilik tarixining muhim davrlaridan biri bo’lmish milliy- hududiy chegaralanishning o’tkazilishi, ma'muriy-boshqaruv tizimi va uning holatini o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bundan kelib chiqqan holda, O’zbekiston tarixchilari bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. Biroq, uch ming yillik tarixga ega o’zbek davlatchiligi tarixini tiklash, uning turli bosqichlari, yuksalishi va inqirozini o’rganish muammoni yanada chuqurroq tadqiq etish masalasini kun tartibiga qo’yadi.
Turkiston o’lkasini Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi, mustamlaka tizimini shaklantirilishi o’lka xalqlari uchun tamomila yangicha davlatning ichki munosabatlarini belgilovchi omillardan biri bo’ldi. Chunki, uning samaradorligi Rossiya imperiyasining faoliyati hamda uning jamiyat bilan o’zaro munosabatlarining oshishiga bevosita ta'sir ko’rsatar edi. Ma'muriy-boshqaruv tizimning normal faoliyati davlat tomonidan boshqaruv, soliq yig`ish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ommaviy ishlarni tashkillashtirish, harbiy majburiyat va
shunga o’xshash vazifa va burchlarni o’z vaqtida bajarilishi ta'minlagan. Aynan shuning uchun bu aspektni holatini o’rganish biz uchun u yoki bu bosqichda davlatchilik darajasiga umumiy baholash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |