8
O`z navbatida O`rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan o`zaro
munosabatlarni
rivojlantirishdan
qanday
maqsadlar
bor
edi?
Birinchidan,
O`rta Osiyo xonliklari o`z hunarmandchilik mahsulotlarini
Rossiyaga sotishdan manfaatdor edi.
Ikkinchidan,
O`rta Osiyo
xonliklari o`z hududida kamyob bo`lgan Sibir mo`ynasi, baliq tishi,
yog’ochdan yasalgan idishlarini xarid qilishdan manfaatdor bo`lgan.
Uchinchidan,
Rossiyadagi metall va metall buyumlarini O`rta
Osiyoga
keltirish, qurol-yaroq olishdan manfaatdor edilar.
Shunday qilib aytish mumkinki, O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi
munosabatlar shakllanishi bir tomonlama bo`lmay, bil`aks o`zaro
munosabatlarni yo`lga qo`yishdan har ikki tomon ham manfaatdor
bo`lgan.
2. O`rta Osiyo xonliklari va Rossiyadagi umumsiyosiy,
ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar
. Tarixiy jarayonlar tahlili shuni
ko`rsatadiki, O`rta Osiyo va Rossiya munosabatlari o`zaro umumiy
manfaatlarga asoslangan edi. O`zaro munosabatlarda rus podsholari
dastlabki
paytlarda, O`rta Osiyo xonliklariga nisbatan tajovvuzkorlik
niyatidan yiroq, ya`ni tinch-totuv, savdo, iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirishga qaratilgan siyosatni olib bordilar.
O`rta Osiyo va Rossiya munosabatlarida Sibir bilan aloqalar
muhim ahamiyat kasb etgan. Chunki, O`rta Osiyo qadim zamonlardan
Sibir bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar o`rnatgan,
barqaror savdo yo`llari muntazam xususiyatga ega bo`lib kelgan. O`rta
Osiyo xonliklari va Rossiya o`rtasidagi
munosabatlar har ikki tomon
uchun ham, xususan savdogarlar uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan.
Masalan, o`z davrida mashhur bo`lgan “Stroganovlar savdogarlar va
sanoatchilar uyi” Sibir xonliklari ustiga yurish qilishi uchun o`zining
qurolli otryadlarini tuzgan. Bundan maqsad nafaqat mo`yna olish, balki
u yerda o`rta osiyolik savdogarlar bilan savdo qilish uchun yangi
imkoniyatlarni ham nazarda tutgan. Stroganovlarga berilgan yorliqda
(1574) buxoroliklar bilan erkin va o`lponsiz savdo qilish huquqi taqdim
etilgandi. Sibir uchun O`rta Osiyo bilan savdo qilish naqadar ahamiyatli
ekanligi haqida quyidagi dalil asos bo`la oladi: Masalan, 1596- yili
shohga Sibirdan arznoma yuboriladi, unda savdoni izga solish uchun
Buxoroga elchilarni yuborish so`ralgan,
chunki keyingi paytlardagi
bosqinchiliklar oqibatida O`rta Osiyo bilan savdo aloqalariga putur
yetkazilgan edi. Oxir-oqibatda bunday arznomalar o`rganib chiqilib,
barcha Sibir shaharlarida o`rta osiyolik savdogarlar o`lponsiz savdo
qilish imtiyozlariga va huquqlariga ega bo`lganlar. Hattoki, podsho
9
hukumati O`rta Osiyodan kelganlarni G’arbiy Sibir hududlariga ko`chib
o`tishlarini va o`zbek xonliklari bilan qayta o`zlashtirilgan yerlarda
savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashni ma`qullab chiqqan edi.
O`rta Osiyo savdogarlari nafaqat mahalliy,
balki Eron, Hindiston va
boshqa mamlakatlarning mollari bilan ham savdo qilar edilar. Natijada,
bularning barchasi O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasida anchagina faol
diplomatik munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi.
Yuqorida qayd etilganidek, Moskva davlati tomonidan Qozon
xonligi (1552) va Astraxan xonligini (1556) bosib olinishi muhim
strategik ahamiyat kasb etdi. Sharqiy slavyan pravoslav aholisi ustunlik
qiluvchi Sharqiy Yevropada Moskva davlati endi uzil-kesil yirik va ko`p
elatli imperiyaga aylanib bo`lgandi. Volga yo`li ustidan nazorat
o`rnatilishi va shu bilan bog’liq ravishda Dashti qipchoqning o`zaro
urushlar natijasida parokandalikka yuz tutishi
Moskva hukmdorlarini
Oltin O`rda xonlarining merosxo`rlariga aylantirdi va keyingi bir necha
o`n yilliklardagi rus sharq siyosatini “Oltin O`rda yerlarini to`plash” deb
tavsiflasa bo`ladi.
Sharqiy bozor Rossiya uchun foydali edi, uning iqtisodini rag’bat-
lantirib turardi. Savdo munosabatlarining rivojlanishi, diplomatik aloqa-
larning mustahkamlanishi uchun ham asos bo`lib xizmat qilardi.
Mavjud manbalarning shohidlik berishicha, 1583- yildan 1600- yilga
qadar Moskva davlati O`rta Osiyodan kamida 17 elchilikni: Buxorodan
8, Xivadan 3, Qozoq o`rdalaridan 2 elchilikni qabul qilgan. Ular har
galgidek, Sharq savdogarlari karvonlari hamrohligida kelar va o`zlari
bilan xonning “sovg’a-salomlari”ni olib kelar edilar. Agar G’arbdan
Rossiyaga xom-ashyo olib kelinib, hasham buyumlari va zarb qilingan
tangalar olib ketilgan bo`lsa, Sharq mamlakatlariga esa tayyor buyumlar
chiqarilib, qimmatbaho buyumlar bilan bir qatorda arzon narxdagi
matolar, xalq iste`moli uchun ipak va paxta olib kelinardi. O`zaro
munosabatlarning
umumsiyosiy
shart-sharoitlari
shakllanishida,
xususan, Rossiya tashqi siyosatida Sharq va G’arb
masalalari nisbatiga
kelsak, bu vaqtda A.A. Ordin-Nashchokin asosiy shaxs bo`lgan. U
elchilik buyrug’ining boshqaruvchisi hisoblanar va “shohning bosh
muhrdori va elchilikning buyuk davlat ishlari muhofizi” degan dabdabali
unvonga ega bo`lish bilan birga davlat kansleri ham edi. A.A. Ordin-
Nashchokin Rossiyaning taqdiri ham Yevropa, ham Sharq davlatlari
bilan o`zaro munosabatlarni rivojlantirishga bog’liq ekanini tushunardi.
A.A. Ordin-Nashchokin Rossiyaning Sharq mamlakatlari bilan
o`zaro munosabatlari nechog’li ulkan ahamiyat kasb etishini anglar edi.
10
V.O. Klyuchevskiy yozadi: “Uning siyosiy nigohi xazina va xalq uchun
yangi foydalarni diqqat bilan kuzatgan va hamma tomonga baravar
qarab turardi. U Fors va O`rta Osiyo, Xiva va Buxoro bilan savdo
aloqlari o`rnatishga harakat qilardi...”
O`zaro munosabatlar rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy
shart sharo-
itlar diplomatik aloqalarni har tomonlama olib borishni, bu masala
yechimida savdo munosabatlarini tuzish hamda savdo karvonlari
o`tadigan yo`llarni ma`lum darajada nazorat ostiga olish, xususan bu
yo`llardagi
sun`iy
to`siq,
taqiqlarga
barham
berib,
yo`llarni
qaroqchilarsiz bo`lishiga erishish zarur edi.
O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi umumsiyosiy aloqalar, xususan
diplomatik munosabatlar doimiylik xususiyatidan yiroq bo`lib, amalda
imzo-muhrlar qo`yilgandan
keyin ham, bu shartnoma u yoki bu tomon
nuqtai nazaridan qachongacha foyda keltirsa, o`sha paytgachagina
kuchda bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: