Turkiston o’lkasi jadid harakati namoyondalari va ularning milliy uyg’onishda tutgan o’rni munavvar qori abdurashidxonov reja



Download 99 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi99 Kb.
#561031
  1   2
Bog'liq
TURKISTON O’LKASI JADID HARAKATI NAMOYONDALARI VA ULARNING MILLIY UYG’ONISHDA TUTGAN O’RNI MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOV


TURKISTON O’LKASI JADID HARAKATI NAMOYONDALARI VA ULARNING MILLIY UYG’ONISHDA TUTGAN O’RNI MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOV


REJA:



  1. Jadidchilik harakatining ilk vakillari, ularning ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatlarida Munavvar Qori Abdurashidxonovning yetakchilik o’rni

  2. Munavvar Qorining yangi usul maktablari tizimi, mazmuni va pedagogik faoliyati

  3. Munavvar Qori yaratgan darsliklarda barkamol inson ma’naviy tarbiyasi muammosining pedagogik yechimi

2. Jadidchilik harakatining ilk vakillari, ularning ijodiy - ma’rifiy faoliyatlarida Munavvar Qori Abdurashidxonovning yetakchilik o’rni.
Ma’naviyatimiz tarxida shunday insonlar borki, ular uz faoliyatlarini xalq manfaatlari yo’liga baxshida etgan. Ular vatan,
ozodlik, millat yo’lida xatto uz jonlarini ham ayamaydilar. Bunday insonlar bir umr kelajak uchun, xalq farovonligi uchun kurashdi. Ushbu zotlarning xizmatlari xalq dilida asrlar osha saklanib koladi. Mana shunday insonlardan biri, ma’rifatparvar. axlokshunos, jug’rofshunos, pedagog, shoir, siyosatchi Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’lidir.
Munavvar Qori tavallud topgan davr mustamlakachilik siyosati avjiga chiqqan bir payt edi. Abdurashidxon Sotiboldixon o’g’li Munavvar Qori 1878 yilda Toshkent shahrining SHayxontoxur daxa Darxon maxallasida dunyoga keldi. Uning otasi Abdurashidxon Mudarris, onasi Xosiyat otin bo’lgan. Munavvar Xosiyat otinning uchinchi farzandi edi. Akalari A’zamxon va Muslimxonlar ham uz davrining ziyoli kishlaridan bo’lgan. Ularning birlari maktabdor domla, ikkinchilari ruxoniy kishi edi.
Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ta’kidlashicha, ba’zi manbalarda «Munavvar Qori Abdulmajidxon o’g’li» deyilgan, yozilmada uning bobolari bilan boglik ekanligi ayti- ladi. Munavvar Qori otasida 7 yoshligida yetim qolgan. Unga dastlab tarbiya va ta’limni onasi Xosiyat otin bergan. U xat savodni ham avvalo onasidan o’rgangan. Ayni paytda yirik maktabdorlardan xisoblangan Usmon
domla ismli kishi kulida o’qidi. Yana bilimlarini oshira borib, Toshkentda joylashgan Yunusxon madrasasida taxsil oladi,
O’rta Osiyoda ayni paytda ilmning markazi Buxoro xisoblanar edi. Buxoro madrasalarida diniy va ba’zi dunyoviy ilmlar
ham urgatilgan. Munavvar Qori ham yuqori ilmlardan baxramand bo’lish maqsadida Buxoroga boradi. Bu 1898 yilda edi. SHu yildan boshlab Buxoro madrasalarining birida taxsil kura boshlaydi. Ammo tez utmay Munavvar Qori Toshkentga qaytadi. Sirojiddin Axmedovning ma’lumotiga kura, Munavvar Qori moddiy qiyinchilik tufayli Toshkentga qaytib kelgan.
Munavvar Qori yeshligidan diniy ilmlarni puxta o’rgangan Buxoro sabori uning bilimlarini yanada mustaxkamladi. Buxorodan tezda qaytgach, Toshkent Darxon masjidida imomlik bilan shugullana boshladi. Imomlik qilayotgan paytda ham u
Turkiston xalqini savodsiz holda yashayotganligini chuxur anglar edi. Yuqorida aytilganidek Ismoil Gaspralining g’oyalari Toshkentda ham tarqalgan edi. Munavvar Qori, birinchidan, Turkiston xalqining mustamlakachilikdagi hayotidan ta’sirlangan bo’lsa, ikkinchidan «Tarjumon» gazetasi hamda musurmon mamlakatlaridan kirib kelayotgan matbuotlardan o’ziga kuvvat oldi. «Toshkent ziyolilari» orasida jadidchilik ishiga alohida xissa kushib, uning yo’lboshchilaridan biriga aylandi. Amerikalik olim, O’zbek ma’rifat va madaniyatining targ’ibotchilaridan biri Edvard Ollvort o’zining «Zamonaviy o’zbeklar « kitobida Munavvar Qorining Turkiyada ta’lim olganligini ma’lum qiladi.
Ayni paytda Bogchasaroyda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasini Munavvar Qori ixlos bilan o’qir edi, Bundan tashhari,
“Vaqt” va «Yulduz», «Siroti Mustakim» kabi matbuotlari bilan ham tanish edi, Munavvar Qori bu matbuot saxifalaridan ulkadagi ahvolni qanday qilib yaxshilash kerak degan savolga javob axtara boshlaydi, SHu bilan birga, kunglida isloxotparvarlik fikrlari turila boshlagan edi. CHunki eski uslubdagi o’quv ishlari tamomila eskirgan bir xolatda turardi. Bu paytda Munavvar Qori kabi taradayparvarlarning zimmasida xalq pedagogikasini yaratish masalasi turar edi. Turkistonning markaziy joylarida bu masalani xal etish Munavvar Qori kabi taraqqiyparvar kishilar tomonidan boshlab yuborildi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ma’lumotiga kura, Munavvar Qori 1901-1904 yillarda Krimlik do’sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «Usuli savtiya» maktabini ochadi». Munavvar Qorining» usuli jadid» maktabini ochilgan yili to’g’risida yana bir misolni keltirishni lozim to- pamiz.E.Fyodorov «O’rta
Osiyoda milliy inkilobiy harakat tarixi «nomli kitobida ma’lumot berishicha, jadid Bexbudiy Samarkandda birinchi marta yangi usul maktabini ochgan. Munavvar Qori Abdurashidxonov ham 1904 yilda Toshkentning Zeki shaharida shunday maktab ochgan.
Munavvar Qori yangi usuldagi maktabini dastlab o’z xovlisida ochgan, keyinchalik boshqa joylarda ochish uchun keng hara- katni boshlab yuborgan, Bu yillarda uning yaqin tsarindoshlari kumakdosh bo’ldilar. Bu turrida M, Muhammadjonov o’zining «Turmush o’rinishlari» kitobida keng ma’lumotlar beradi:»SHayx Xona- vand Taxur daxalik Mirza Dadaxujaboyning mexmonxonasida maktab ochib, bir-ikki yildan beri Abdusami Qori degan bir kishi bilan bola o’qitib turmokda bulgonini aytdilar. Borib kurdim. Bolalarning uxishlarini sinf- sinflarida yurib kurib chikdim. Xozirda 4 sinf boshlang’ich ibtidoyi maktab bo’lib, yaxshigina tartiblik: parta, qora taxtalar, yer yuzi bulaklarining qisqacha ham butun haritalari bor ekan. Bu yangi tartiblik maktablarning Toshkent shahrida bo’lib ketishiga birinchi sabab Munavvar Qori bo’lib, barchasining progromini shul tuzub bergan».
Ushbu keltirilgan fikrdan kup narsalarni anglab olish mumkin. Lemak, Munavvar Qorining dastlab ochgan maktabi 4
sinfdan iborat bo’lib, turli zamonaviy fanlar ham uxitilgan. U yangi usuldagi maktabda utsitishdan maqsadi, birinchidan, xalqni savodli xilish bo’lsa, ikkinchidan, xalqni mustaqqillik uchun kurashga xozirlaydigan ma’rifat xona ochish edi.
Munavvar Qori «usuli jadid» maktabini tashkil qilish bilan birga, xalqni tarribot xilishga ham undadi. Jaxolatda xolgan
xalqni yangi usuldagi maktablar orkali kutkarish yo’llarini uyladi. SHu jixatdan olib haraydigan bo’lsak, Munavvar Qorining matbuotda dastlabki chixishlari ham e’tiborga molik.
U 1906 yildan chщa boshlagan « Taraqqiy « gazetasini faol tashkilotchilaridan biri edi. Munavvar Qori ushbu gazetani bi-
rinchi sonida Munavvar Qori Ibn Abdurashidxon ismi bilan « Bizning jaxolat jaxli murakkab» nomli ma’rifatparvarlik ruxdagi makolasini e’lon qildi. Bu makola Munavvar Qorining ma’rifatparvarlik qarashlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Muallif bu makolani jadidlarning tungich gazetasi Taraqqiy « ning birinchi sonida e’lon qilishi bejiz emas. Taraqqiypar- varning «Bizning jaxolat» makolasi «Taraqqiy» gazetasining birinchi sonida bosilib, uning dasto’rini belgilaydi. Makola quyidagi tarzda boshlanadi: «Har millatning maktab va madrasasi uldugi kabi bizning ham maktab va madrasalarimiz garchi benizom va beusul ulsa ham yo’q demak darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiya va ta’lim ilmida ko’rsatgan gayrat va ximmati kabi bizlarda ham uz mas’um avlodlarni jaxolat va gaflat zulmatida kolmogiga hech bir rizolari ulmay qo’llaridan kelgancha ta’lim va tarbiya avlodda kusurlik ko’rsatguvchi zotlar mavjuddurlar».
Muallif makolada ikki davrni davriy solishtirish orkali ayni paytdagi axvolni ko’rsatib beradi. Birinchidan «Darsga nima
uchun kelganini bilmay, ilm va maorifga aslo ragbat kil- may, jonidan shirin bolalarini kuchaba - kucha kezdirub, bechora mas’umni aziz umrini jaxolat otashini bndiruvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur» deb ilmga ragbat qilmayotgan insonlarning kiefasini ko’rsatsa, ikkinchidan ilm va ma’rifatni to’g’ri anglaydigan qanday bulmasin farzandlarni kelajak taraqqiyoti uchun ilmli qilish kerak degan insonlarning kiefasini tasvirlaydi. Munavvar Qori xalqni ma’rifatga chaqirishga murojaat usulidan foydalanadi.Uning so’zlaridan vatanga, xalqiga va millatiga bo’lgan tuygusi jush urib turadi. u Xoy vatandoshlar! Diqqat, nazar ila boqing»-deb muallif fikrni berishdan avval o’quv chini maqsadiga dikkat bilan e’tibor berishga chaqiradi. ushbu makolada ilm va uning foydasi hamda amaliy kimmati to’g’risida fikrlar birdiriladi. Muallif makolada xalq iboralaridan keng foydalanadi. Masalan, eski davrdagi ta’lim va tarbiya to’g’risida gapirib «Eshakiga yarashur tushovi « degan makolani ishlatadi, Bunda Munavvar Qori birinchidan savodsizlikni nazarda tutsa, ikkinchidan taraqqiysizlikni ham nazarda to’tgan.
Munavvar Qori bu makolada yaktablardagi fanlarni o’qitishga alohida e’tibor beradi. U maktablarda faqat Fuzuliy , Navoyi,
Xuja Xofiz, Bedillar kabi buyuk ijodkorlarni o’qitish bilan birga ayni paytda ilm qiroat, masoili e’tikodiga, masoili ilmiyat, ilmli xisob kabi fanlarni o’qitilishini alohida ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, ustoz shoirlarning ijodini o’qitish bilan birga , kщoridagi aytgan fanlar ham qo’shib o’rgatilsa, foydadan xoli bo’lmaydi. Munavvar Qori maktablardagi o’qituvchilarning ham savodli kishilar bo’lishini istaydi. Ayni davrda ayrim uxituvchilarning uzlari ham hech narsa bilmasliklarini Munavvar Qori jaxolat deb tasvirlaydi. Munavvar Qori Fuzuliy, Navoiy, Xuja Xofiz, Bedillarning kitoblarini dastlabki savod urgatuvchi darslik sifatida qo’llab bulmasligini aytadi: «Vaxolanki boshqa viloyatlarda xat bilmaydurgon kishi yuzdan un ulsa, Turkiston viloyatida 100 dan 90 dir. Mundan ham ma’lum buladurki, savodi chikmox bu kitoblarni Uximokga muvofik emas. Balki bu kitoblar g’oyat kiyinligidan bolalarni besavod qolmogiga ham sabab ulur».
Munavvar Qori bu bilan Fuzuliy, Navoiy, Bedil, Xofizlarning ijodini inkor kilmayapti, u avvaliga bolalarga savod chikarish
uchun yengil daroliklardan foydalanishni tavsiya qiladi.
Munavvar Qori eski o’qitish uslubini keng ravishda tankid qiladi.U yerda «Fasad axlokdin boshqa ish o’rganmas» deydi.
Eski usul nixoyat joxil bir tartibda olib borilishini quyidagicha tasvirlaydi, Muallim afandi ko’lida zur bir taek» qaysi bola- ni boshi harakatdan kolsa, ushbu tayok shu bolani boshida ulur. Ammo o’qigon, o’qimagon ila hech kimning ishi yo’q. Boshini qimirlatib ultursa kifoya kilur. Xattoki o’tgan yillarda bu tarifa zulm muallimlarni tayorini ostida vafot qilok ham vakif o’ldi. Bu tarika zolim, badxulk joxil muallimlarning tarbiyasida o’lgan bolalardan nima umid kilmok kerak».
Munavvar Qori, yuqorida ta’kidlaganimizdek,eski jaxolatni tasvirlash bilan birga yoshlarimizni maorif saodatiga chaqiradi,
ularni raflat uykusidan uyronib, kuzlarini ochishlarini kay- ta-qayta ta’kidlaydi. U «Jaxolat zulmatida» qolishni, saodatdan maxrum bo’lishni xavfli deb xisoblaydi.Xullas, muallifning- bu makolasi jadidlarning oldiga kuygan maqsadlarini ham ifoda etar edi.
Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovaning ma’lumotiga kura, Munavvar Qorining «Namuna»maktabida bir necha yuz bola
o’qigan. Bu maktabda tayyorgarligi anchagina jiddiy bo’lgan iste’dodli yoshlar muallimlik qilishgan, tadqiqotchining ma’lumoticha, Munavvar Qorining qo’lida ta’lim olgan yoshlar orasidan Hamza, Kayum Ramazon, Musa Toshmuhammad urli Oybek, Mannon Uyg’ur kabi iste’dodli ijodkorlar yetishib chiqishgan.
Ayni paytda jadid taraqqiyparvarlari uzlarining imkoniyatlaridan kelib chikib o’qitish buyicha metodik dastur tavsiya
qilishgan, Munavvar Qori ham ayni paytda xaftada o’zining 25soatlik programmasini tavsiya qilgan. SHu soatlar asosida o’zi ham maktabda darslar o’tgan. Munavvar Qorining maktab uchun va musulmonlar uchun qilgan yana katta bir xizmati shundan iborat- ki, u shariatga doyr manbalar bilan o’quvchilarni uz tilida o’qishini ta’minladi.
Amerikalik olim Edvard Ollvortning ma’lumotiga kura, Munavvar Qori maktabidagi o’quvchilar o’qish va axloq asoslari
darslarini yozib olish uchun xaftada kushimcha 9 soat shug’ullangan. SHu 9 dan 4 soat Munavvar Qorining «Ikkinchi o’qituvchi» kitobiga bagishlangan. 1 soati Sufi Olloyor sheriyatiga ajra- tilgan. Darslar turk va fors tillarida olib borilgan. O’quv chilar 2 soat arifmetika, 2 soat geografiya, 1 soat tarix, jami 25 soat xaftalik o’qigan. Yuqorida kayd etilgan Munavvar Qorining namuna maktabida Oybekning taxsil olganini Edvard Ollvort ham yozib o’tadi..
Tadqiqotchi Munavvar Qorining Oybek taxsil olgan kursi kuydagicha bo’lganini ko’rsatadi:

  1. Dinning muqaddasligi

  2. Muqaddas an’ana

  3. Naslning qonuniy XUKO’QI

  4. Arab grammatikasi

  5. Arifmetika

  6. Jaxon geografiyasi

  7. Islom tarixi

  8. Arab va Turk yozuvining orfografiyasi.

Munavvar Qorining maktab o’quv dasturi 6 yilga muljallangan bo’lib, bu dastur Toshkentda 19» yilda taklif kilingan va amalga oshirilgan.
Bu usul boshlang’ich maktab sinflari uchun amalda qo’llanilgan. Munavvar Qori ba’zi bir kishilarning rus ta’limidan andoza kuchirilgan bilim tavsiya qilayotganliklarini kabul kila olmas edi. Toshkendagi va ko’pgina jadid o’qituvchilarining dasturi Munavvar Qori maslagida amalga oshirildi. CHunki Munavvar Qorining maqsadi Turkiston xalqi savodsizligini barham toptirib, ularni yetuk inson bo’lib yetishishlari uchun kurashishdan iborat edi.
Turkistonda boshqa jadidlar kabi Munavvar Qori olib borayotgan pedagogik faoliyat chor xukumatini ancha bezovta qilib quyadi.
Munavvar Qori «Turon» jamiyati a’zolari va Toshkentdagi maxalliy boylar e’tiborini maorif ishiga jalb xila olgan kishi edi. U birinchilardan bo’lib bu jamiyatning yigilishlarida chet ellarga ta’lim olish uchun talabalar yuborish kerak degan masalani kutarib chiqqan edi. Maqsad maxalliy yoshlarni chet ellarga, asosan. Germaniyaga yuborib, millatning kelajaki uchun kadr tayyorlash bo’lgan. Munavvar Qorining tashabbuskorligida bu masala buyicha Toshkentning mashxur boy, oqsoqollarini yigib majlislar o’tkazilgan.
Quyida Munavvar Qorining shu yigilishlaridan birida so’zlagan nutqidan ayrim fikrlarni keltiramiz: «O’zbek ziyoliy bolalarining
Germaniyaga yuborib o’qitishga juda muxtojmiz, bolalar o’qib, ilm-taxsil olib kelsalar, millatiga katta xizmat kila oladilar, degan bo’lsa, yana u boylarga va oksokkollarga karata «jamoat, mana bu yosh, usmir bolalarimizning Germaniyaga borib o’qib kelishlari faqat siz bayonlarimizning yordami ostida vujudga chikadi» deganidan sung utirganlar talabalar uchun yerdam pullari berishadi.
Bundan tashkari, Munavvar Qori yordamida Turkiyada 1905 yilda 15 nafar, 1912 yilda 30 nafar yoshlar o’qigan. 1922 yilda Turkiston va Buxorodan 70 ga yaqin usmirlar Germaniyaga o’qishga yuborilgan. Yana Frantsiya va Yaponiyada ham yurtdoshlarimiz o’qigani ma’lum».
Munavvar Qori faqat pedagoggina bo’lib kolmasdan izlanuvchan, yangi uslubiy tavsiyalarni ishlab chikishga katta xissa kushgan va shu bilan bir qatorda ilmiy-pedagogik asarlar hamda darsliklar yaratgan ijodkor edi, U birinchilardan bo’lib, jadid maktablari uchun darsliklar yaratish lozim ekanligini anglab yetdi. SHuning uchun ham asrimiz boshlarida « Adibi avval» , “Adibi soniy” « Yer yuzi» «Xavoyiji diniya» kitoblarini nashr ettirgan. 1914 yilda Salim Ismoilning « Kurьon qiroati» buyicha sabok beruvchi « Tajvid» ni o’zbekchaga tarjima qilib, Orenburgda nashr ettirgan. U badiiy ijod bilan ham shugullangan. Ayni davrda matbuotlarda e’lon kilingan Kamiy, Xislat, Sufizoda, Hamza kabi shoirlarning she’rlarini tuplab « Sabzavor» nomi bilan chop ettirgan». Edvard Ollvortning « Zamonaviy o’zbeklar» kitobidagi ma’lumotlariga kura. Munavvar Qorining 1915 yilda yozilgan 120 varaqdan iborat «Xisob» nomli kitobi, yana “Arifmetika” darsligi ham bo’lgan.
Munavvar Qorining Xisob Arifmetika” darsliklari to’g’risida ma’lumot deyarli boshqa joyda uchramaydi. Taraqqiyparvar bu inson uz atrofiga Toshkentlik firkrli yoshlarni tuplaydi. Toshkentlik bir boy raisligida « Jamiyati xayriya» nomli jamiyatni 1909 yilda tashkil etishga muyassar buladi, Bu jamiyatda Munavvar Qori rais o’rinbosari vazifasini olib borgan. Uning tashabbuskorligi, uz atrofidagi yoshlarni yiga olganligi jamiyatni rivojlanishiga olib keldi. Birinchidan, jamiyat ma’rifat yunalishida ish olib borsa, ikkinchidan, mustaqqillik tomon borishga karatilgan edi. Bu jamiyat yangi usuldagi maktab va madrasalar uchun yerdam berib turdi. Umuman, kambag’al va bechoraxol kishilarga moddiy tomondan yordam berib, ularning tarbiyasi va o’qishi uchun kumaklashdi. Munavvar Qori bu jamiyat orkali turli toifadagi kashshox fukaro va o’quvchilarga yordam ko’rsatish bilan cheklanib kolmagan.
Doimiy ravishda chekka ulkalarga oliy ta’lim olish uchun talabalarni yuborish bilan ham shugullangan. Bu olib borilayotgan ishlar millat, vatan takdirini uylovchi buyuk shaxsga xos fazilatlardandir. Sirojiddin Axmedovning ma’lumotlariga kura, «Jamiyati xayriya» tashkiloti yordamida Mirmuxsin SHermuhammedov Ufadagi «Oliya» madrasasida o’qigan.Tadqiqotchining izlanishlaridan yana shu narsalar kuzga tashlanadiki, Munavvar Qori Oktyabr tunta- rishlaridan keyin ham xalq ma’rifati uchun xizmatini ayamaydi. U 1921 yilda Turkiston xalq maorifi komissari lavozimida ish- lab to’rgan paytida Toshkentda «Kumak» uyushmasini tuzib. Germaniyada taxsil olayotgan o’quvchilarga hamda Moskvada ta’lim olayotgan Mannon Uygurga moddiy yerdam ko’rsatadi.
Munavvar Qori Abdurashidxonovning milliy matbuot paydo bo’lishi va shakllanishida xizmatlari juda katta. Yuqorida ta’kidlanganidek, u 1906 yil iyun oyida chika boshlagan «Taraqqiy «gazetasining tashkilotchilaridan xisoblanadi. SHu yilning sentyabrida «Xurshid» gazetasini chikarib, o’zi muharrirlik qildi. U «Taraqqiy» gazetasi kabi xalq fikrlarini uygotishga xizmat qildi. Keyinrok U «Najot», «Kengash» da muharrir va ma’sul lavozimlarda ishladi. Munavvar Qorining matbuotga alohida e’tibor berishiga bosh sabab, u matbuotni xalqni ma’rifatli qilishdagi asosiy vosita deb bilgani edi. U o’zining ma’rifiy qarashlarini ham mana shu matbuot orkali targ’ib etdi. Milliy matbuot tarixida «Sadoi Turkiston» gazitasining xizmatlari juda katta bo’lganki, 1914-1915 yillarda Munavvar Qori o’z safdoshlari Ubaydulla Xujaev, Abdulla Avloniy, Tavallo, Abdulhamid CHulpon, Abdurauf Fitrat, Abdurauf
Muzaffarzoda, Mirmuxsin SHermuhammedov, SHokirjon Raximiy, Nu- shiravon Yovushevlar bilan birgalikda ushbu jaridani nashr etish- di. Bu jaridada jadidlarning kuzga ko’ringan ijodkorlari dastlabki faoliyatlari bilan elga tanilib, voyaga yetganlar. Bunda Munavvar Qorining xizmatlari alohidadir.
Munavvar Qori, bugungi kunda ham Markaziy Osiyoning kuzgusi bo’lgan O’rta Osiyo Davlat universiteti tashkilotchilaridan edi.
Inqilobdan sung Munavvar Qori o’rta maxsus va oliy ta’lim asoschisi sifatida Turkiston Xalq dorilfununing musulmon bo’limini tashkil etish yuzasidan komissiya tuzdi. Unga Munavvar Qori rais, Burxon Xabib, Iso Tuxtaboev, Sodiq Abdusattorov. Muxtor Bakir, Abdusami Qori Ziyaboevlar a’zo qilib saylandilar, 22 kun ichida Xalq dorilfununining Musulmon bo’limi dasto’rini tuzdilar. U uch boskichdan iborat edi.
1918 yili 3 mayda dorilfununda Munavvar Qori rais (rektor), Iso Tuxtaboev birinchi, Burxon Xabib ikkinchi muovini qilib
tayinlanadi. Dorilfunun 13 may 1918 yil yakshanba kuni (xozirgi O’zbek yosh tomoshabinlar teatri binosida) tantanali ravishda ochildi. Dorilfununni boshqarishda 15 ta demokratik tashkilotdan 45 ta vakil saylandi. O’qituvchilar soni 190 ga yetdi. Ular orasida Fitrat, Kamol SHams va boshqa kuzga ko’ringan mutaxassislar bor edi.
Munavvar Qori ovrupacha usuldagi dorilfunun tashkil etish bilan birga qator madrasalarni islox xilishni va ularda asosan
dunyoviy bilimlarni o’qitib, milliy ziyolilar yetkazishni taklif etdi. SHunga kura, 1923 yildan yangi usul buyicha anik fanlar 30 ta madrasada o’qitiladi. Munavvar Qori jamiyatning har bir jabxasida faol edi.
1923 yil 28 avgustda bo’lib o’tgan Xalq Maorif Komissarligi yigilishning 20-sonli bayonnomasida ko’rsatilishicha, u
shikoyat byurosida faoliyat ko’rsatadi.
SHu bilan bir qatorda 1923 yilning 29 aprelida bo’lib o’tgan Turkiston Xalq Komissarlari Kengashining qo’shma
yig’ilishida Munavvar Qori faol katnashib, yeshlarning jismoniy tarbiyasi va kamoloti turrisida ma’ruza qiladi.
1923 yil 14 yanvarda Xalq komissarlari Kengashining T. Risqulov raisligida bo’lib o’tgan yigilishida Vakf bosh
boshqarmasini tasdiqlash masalasi kurilgan. Munavvar Qori ushbu xay’atining a’zosi qilib saylangan.
1920 yil Turkiston Markaziy ijroiya qumitasining VII sessiyasi bo’lib o’tgan. Bu sessiyada Munavvar Qori Sirdaryo viloyati
kurilish ishlari buyicha boshqa ruvchi etib tayinlangan.
Yana shuni alohida aytish kerakki, Munavvar Qori o’z ma’rifiy qarashlarini teatr truppasi orqali ham ilgari surdi. U 1913
yilda ish boshlagan Turon truppasini tashkilotchilaridan biri bo’lgan. U truppaning tashkiliy va tadbiriy ishlarida doi miy ravishda katnashib kelgan.
Munavvar Qori teatrning xalqni ma’rifat uchun tarbiyalashdagi rolini alohida ko’rsatib bergani dixxatga sazovordir.U
xalqqa fikrlarini yetkazib berish uchun har-xil uxshatishlardan foydalandi. Teatr taraxkiy etgan mamlakatning ishlarini misollar orxali tushuntirish eng muximi, millatning obrusi va nomusi teatr bilan boglixligini alohida uqdirdi. Munavvar Qori teatrni « Ulug’lar maktabi» deb tasvirladi.U fikrini quyidagi so’zlar bilan yakunlaydi; «Bas, bizga bu bildiruvchi va o’rganuvchi yolgiz teatr saxnasidir. Sa’niy nafisini tark xilmok kerakdurki, oni tark xildiruvchi yana jamiyat va teatr vositasida ochilgan milliy maktab va madrasalarimizdur. SHu sababli hamiyatli yoshlarimizdan bu teatrlarga faqat uyin masharabozlik kuz ila boqmasin. Millat va axloqjixatdan eng ibratlar bir munozara va uluglar uchun ochilgan foydali bir maktab nazari ila boxmoxlarini ojizona arz istiroxat kilur- miz». Munavvar Qorining teatrga bunday katta baxo berishi uchun bilimlari, dunyoharashi nixoyada keng ekanligini ko’rsatadi. CHunki u yoshligidan diniy axidalarni puxta egallay bilish bilan bir qatorda, taraxxiyot yo’llarining barcha xirralarini Ham o’ziga xos ravishda o’rgangan edi,
Bu taraxxiyparvar inson o’zi ma’rifat tarkatish bilan bir qatorda, ma’rifat uchun jon kuydiradigan ijodkorlarga keng ravishda
yordam berdi. U ijodkorlarning kitob nashr etishiga ma’naviy tomondan juda katta yerdam ko’rsatdi. Jumladan Hamza Xakimzodaga bunday bekiyos yordam ko’rsatganligi ma’lum.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish