“Ulug‘ Turkiston” gazetasi chuqur qayg‘u bilan xabar berganidek, “20- fev ral Xo‘qand (Qo‘qon) tarixining eng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko‘rsatganlar...” Gazetadagi ushbu maqola “Xo‘qand hozir o‘liklar shahri” degan dahshatli ibora bilan tugaydi. Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da’vat etdi.
Vatan tuyg‘usidek muqaddas tuyg‘u qalbining to‘ridan joy olgan Turkiston ziyolilarining muxtoriyat uchun olib borgan kurashlari izsiz ketmadi. 1918-yilning erta bahorida avval Farg‘ona vodiysida, so‘ngra butun Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli istiqlolchilik harakati boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |