Turk xoqonligi davrida madaniyat va sa’nat



Download 20,65 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi20,65 Kb.
#614564
Bog'liq
Sonsu

TURK XOQONLIGI DAVRIDA MADANIYAT VA SA’NAT


REJA :

  1. TURK XOQONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT



  1. TURK XOQONLIGI DAVRIDA YOZUV



  1. TURK XOQONLIGI DAVRIDA DIN E’TIQODLARNING SHAKLLANISHI VA ULARNING SA’NATGA TASIRI

1.TURK XOQONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT



Turk xoqonligi qanchalik katta bo‘lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosiy qismi turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Hukm dorning hokimiyati urug‘-aymoq udum lariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko‘chmanchi chorvador va o‘troq dehqon aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchi chorvador aholi “budun” yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilgan. Budun o‘z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. O‘n o‘q budun yoki elning hokimi “yabg‘u” yoki “jabg‘u” nomi bilan atalardi. Yabg‘u darajasiga faqat xoqon urug‘iga qon-qarindosh bo‘lganlargina ko‘tarilardi. O‘n o‘q el sardori bir tuman (ya’ni o‘n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo‘linmaning tumanboshisi “shod” deb yuritilgan. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o‘ndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar.
* Budun – chorvador aholi
* Xoqon – buyuk hukmdor, podshoh, imperator
* Yabg‘u xoqon – xoqon urug‘idan bo‘lgan yurt hokimi
* Shod – o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni
* Yasoq dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliqXoqonlikning bo‘linishi. Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilganlar. Turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo‘lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan. Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog‘lari sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan hudud, ya’ni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo‘g‘uliston), Shimoliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasarrufida bo‘lgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti O‘tukan vodiysi (Mo‘g‘uliston)da qaror topgan. Oloy tog‘larining g‘arbida joylashgan o‘lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hudud G‘arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgohi Yettisuvda joy lashgan. G‘arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholining hayoti va xo‘jaligi turlicha bo‘lgan. Xoqonlik o‘troq va ko‘chmanchi aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchilarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. Aholining o‘troq qismi madaniy jihatdan ilg‘or bo‘lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtisodiy turmushida yetakchi ahamiyat kasb etgan. Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko‘p bo‘lgan. Aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shu g‘ullanardi. Hunarmandlar yasagan zeb-ziynatlar va qurol -yarog‘lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turardi. Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari shahar aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Bu sohada ayniqsa Sug‘d savdogarlarining mavqeyi baland edi. G‘arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida VII asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi. Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. O‘z yer mulkidan ajralgan kashovarzlar mulk dor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga ayla nadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va deh qonlar asoratiga qarshi aholi bosh ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Shunday xalq qo‘z g‘olonlaridan biri 585–586-yillarda Buxoroda yuz beradi. Qo‘zg‘olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olondan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o‘rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘raganlar. Turk xoqoni Qoracho‘rin o‘g‘li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo‘shin yuboradi. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlari – dehqonlarga qaytariladi.
V–VII asrlarda mamlakat 15 dan ortiq hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Bu viloyat hokimliklari avval eftallar, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsada, ammo eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga deyarli aralashmaganlar. Markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqlab qoladilar.Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi Sug‘d ixshidlari – voha hukmdorlari edi. O‘rta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida Sug‘d ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega edi. Mazkur ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining o‘n bitta yirik mulklari birlashgan edi. Ularning har biri o‘z hokimi, harbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi. Sug‘dda aholi gavjum yashardi. Sug‘diylar dehqonchilik va bog‘dorchilik, ayniqsa, uzumchilikda nihoyatda sohibkor bo‘lgan. Chorvachilikda Sug‘dning hisori qo‘ylari va otlari juda mashhur edi.Sug‘d shaharlari bu davrda hunarmandchilik markaziga aylanadi. 718-yilda hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temir qalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston va Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hin dikush, g‘arbda 20 Murg‘ob va Xerirud vodiysi, sharqda Po mir bilan chegaralangan. Toxariston Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon, Xuttal va boshqa 27 ta tog‘ va tog‘oldi vilo yatlaridan iborat bo‘lgan. Toxariston poytaxti Balx shahri bo‘lgan. Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan. Toxariston hukmdorlari dastlab “malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u” nomi bilan atalgan. Toxariston aholisining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Hunarmandchilikda qurolsozlik, shishasozlik, to‘qimachilik yuksalgan. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan, o‘z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan. Farg‘ona hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. Farg‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda chorvadorlar ham yashaganlar. Qurama va Qoramozor tog‘lari yon -bag‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu vodiyda ko‘paytirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga taralgan. Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo‘lgan. Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Eloq nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri bo‘lib, hukmdori “tudun” deb yuri tilardi. eloqning markazi Tunkat, hokimlari esa “dehqon” deb atalardi. VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi. Hukmdor va malika uchun bu yerda o‘ziga xos qarorgohlar bino qilingan. Choch o‘lkasi o‘z tanga pullari tizimiga ega bo‘lgan. Tangalarning old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan. Ayrim tangalarda esa, hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday tasvir hukmdorning malikasi – xvatun (xotun) vazirlik darajasiga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o‘rinni egallagan. Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega bo‘lib, sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik va savdo yuksak darajada bo‘lgan. Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko‘payishiga imkon bergan. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hokimliklarida ma’lum tartibdagi boshqaruv ma’muriyati tashkil topgan edi. Boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi fuqaro lardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo‘lgan. Kirim-chiqimlar aniq va ravshan qayd etilib, hujjatlashtirilgan. Ularga barmoq bosilib, muhr bilan tasdiqlab qo‘yilgan.V–VII asrlarda O‘rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o‘rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan, ko‘chmanchi chorvadorlarning kirib kelishi va o‘troqlashuvi shahar va qishloqlarning qiyofasi hamda aholisining turmush tarzi va ijtimoiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘r satadi. Ziroatkor yerlar kengayib, dehqon chilik vohalarining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi. Tog‘oldi maydonlariga suvchiqarilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. Shaharlar aholisi ko‘paydi.
Qishloqlarda “ko‘shk”, “qasr”, “qo‘r g‘on” va “qo‘rg‘oncha” kabi istehkomli turarjoylar qad ko‘ tardi. O‘rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bo‘lgan. Ular “ko‘handiz”, “shahriston”, “rabot” deb yuritilgan. Shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‘rab olingan. Ularning bir nechta darvozalari bo‘lgan. Shahar devorlari bo‘ylab oqib o‘tgan anhor xandaq vazifasini bajargan. O‘rta asrlarda yashagan arab mualliflari (Ibn Xavqal va Ishtaxriy) qayd etishicha, bir gina Binkat (Toshkent)ning yigirma ikkita darvozasi bo‘lgan.

2. TURK XOQONLIGI DAVRIDA YOZUV



Turk hukmronligi ostidagi sug'd yozuvi, oromiy yozuvi, xorazm yozuvi bilan bir qatorda qadimiy turkiy xalqlarning yozuvi «Turk-Run yozuvi», «Oʻrxun-Enasoy yozuvi», «Koʻk turk yozuvi» nomalarda keng belgilari. Yaqinlargacha (ya'ni 1970-yillargacha) turkiy yozuv milodimizning VI-VII asrlarida shakllangan degan fikr boʻlgan. Lekin 1970-yilda Almati yaqinidagi Issiq nomli zamonaviy qoʻrgʻon-qabrda arxeologiyaga oid tadqiqot ishlari oʻ jihatdan miloddan oldingi birinchi mingyillikning oʻrtalariga oid koʻplab buyumlar qatori kumush kosacha ham topildi. uning sirtida chizma shaklida avval turkiy yozuvga oʻxshash bitik boʻlib, u fanda «Issiq» yozuvi nomini oldi. Bu turkiy yozuvni taniqli olim A.S.Omonjoʻlov oʻqib talqin qildi. Demak, ancha turkiy yozuvning ildizlarini uzoq oʻtmishdan izlamoq kerak. Bu fikrni Afgʻonistonning Dashti Navur, Surxondaryoning Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa kabi yodgorliklaridan topilgan miloddan avvalgi II-I, milodimizning I-II hamda V-VII asrlariga oid yodgorliklaridagi «Issiq» yozuviga oʻxshash bitiklar ham tasdiqlamoqda. Bitik yozuvlar avvalo turkiylar tarixi uchun manba boʻlsa, undan keyin yozma adabiyotning birinchi namunasi hamdir. Yosh va iqtidorli olim Nasimxon Rahmonning fikricha turkiylar tashish katta hududni egallagan boʻlsalar, ular yaratgan yodnoma bitiklar ham shunchalik katta hududga yoyilgan. Ular quyidagilardan iborat.
1. Shimoliy Moʻgʻuliston yodnomalari.
2. Lena-Boykoʻlboʻyi yodnomalari.
3. Oltoy yodnomalari.
4. “Sharqiy Turkiston yodnomalari”.
5. Oʻrta Osiyo guruhi yodnomalari.
6. Sharqiy Yevropa yodnomalaridir.
Har bir bitiktosh Vatan va xalq taqdiridan ogoh etib turadi. buning uchun, Turk xoqonlari: Kultigin, Bilga xoqon, Tunyuquq shara- figa oʻtish bitiktoshlarda el va budun (xalq) taqdiridan bosh masala qilib koʻtarilgan. Vatan mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chiqish, mustaqil mamlakatda qonun- qoida joriy qilish, Bumin, Istami va Eltarish xoqonlar, Eltarishning oʻgʻillari Bilga xoqon va lashkarboshi Kultigin, dono maslahatchi Tunyuquq zimmasiga tushdi. Bitiktoshlarda ana shu shaxslarning qahramonliklari, fidoyiliklari haqida hikoya. Bilga xoqonga koʻproq eʼtibor berilgan. Bu bejiz emas, albatta. Bitiktoshlarning tarixiy tarkibi ana shu Bilga xoqon sharoitda, Bilga xoqon turkiylarda adolatparvar, elparvar xoqon sifatida nom mumkin. Bilga – dono degan ma'noni anglatadi. Bilga xoqon turk xalqining Vatani abadiy boʻlishi uchun kurashgan. U xalqqa qarata shunday nasihat qiladi: «Falakday xudodan boʻlgan turk dono xoqoni bu dunyoga keldim. Soʻzimni tugal eshitgin, keyinimdagi ini, jiyanim, oʻgʻillarim, ittifoq urugʻim, xalqim, oʻngdagi shadapit beklar, chapdagi tarxonlar, buyrugʻ beklar, oʻttiz toʻqqiz oʻguz beklari, xalqi bu soʻzlarimni yaxshilab eshit, diqqat qilib tingla! Oldinga- kunchiqarga, oʻngga – janubga, orqaga – kunbotarga, chapga- shimolgacha boʻlgan yer ichida xalq menga qaraydi. Shuncha xalqni mamnun qildim. U endi yovuz emas». Xalqni birlashtirish, Vatan mustaqilligini ta’minlash, Bilga xoqonning ezgu niyati bo‘lgan. U oʻz soʻzini davom ettirib, oʻgit qiladi: «Vatanni saqlab qolish faqat xoqonning oʻziga emas, xalqqa ham bogʻliq. Ajdodlarning yutuqlari- yu xatosi buni tasdiqlaydi. Xalq oʻz xoqonining yoʻl-yoʻriqlarini amalga oshirishi kerak, aks holda uning boshiga koʻp kulfatlar keladi. Oʻta ishonuvchan boʻlmas, boshqalarning gapini mulohaza qilgandan keyin ish yuritish kerak. Samimiylik bilan yolg'onni farqlay bilish kerak. Samimiylikning ortidan koʻpincha yolgʻon boʻladi. Qattiq gapirgan, qattiqoʻl xoqon oʻz xalqiga yomonlikni ravo koʻrmaydi. Odamni ajrata bilmay, toʻkis ishonuvchan boʻlsa, fojiaga koʻra yoʻl ochiladi, darbadarlik boshlanadi: «Ey turk xalqi, toʻkis ishonuvchan samimiy, nosamimiylikni ajratmaysan, kim qattiq gapirsa, samimiylikni ham tanimaysan. Oʻshandayliging uchun tarbivat ailøan xoaoningni soʻzini olmavin har gaverga ketding tarbiyat qilgan xoqoningni soʻzini olmayin, har qayerga ketding u yerlarda butunlay gʻoyib boʻlib, nom-nishonsiz ketding. O'sha yerda qolganing har joyda zoʻrgʻa oʻlib-tirilib yurganing». Iste'dodli Bilga xoqon tarqoq, darbadar xalqni bir yerga toʻpladi. U xoqon boʻlib oʻtirgach: «Yoʻq qashshoq xalqni yaxshilab oʻylab turgʻazdi. Qashshoq xalqni boy qildi, oz xalqini koʻpaytirdi». Bilga xoqon bek va xoqonlarga xato va xatolarini roʻyirost aytib nasihat: «Turk beklari, xalqi, buni eshiting! Turk xalqini toʻplab davlat tutishingizni bu yerda toshga oʻyib yozdim. Adashib ayrilganingizni ham bu yerda yozdim».Turk xoqonligidagi xalqlarning bir qismi eftaliylar kabi «J» lovchi shevalarda soʻzlashganlar. VI asrga kelganda u «Y» lovchi lahjaga aylanib, davlat tili boʻlib qolgan. Turk yozuvi bilan bir qatorda sug'd va xorazm yozuvi ham keng qo'llanilganligini yuqorida ta'kidlagan edik. Sug'd yozuvi 25 ta belgidan iborat boʻlib, chapdan oʻngga qarab yozilgan. Ularning taqvimi boʻlgan. Bunday taqvimlar Tojikiston togʻlaridan topilgan. Mirsodiq Is’hoqovning fikriga ko‘ra sug‘d tilining amaliy ko‘lami shu darajada keng bo‘lganki, O‘rta Osiyo va Yettisuv viloyati hamda Sharqiy Turkistonning ko‘p joylarida aholi sug‘d va turkiy tillarda bemalol so‘zla shavergan. Shaharlarda sug'd-turk ikki tilliligi rasmiy holat boʻlganligi Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida ham tartibga solingan. Xullas, oʻtmish avlodlarimiz yuksak darajada qadimiy yozma madaniyatga ega boʻlgan deb qatʼiy fikr uchun hamma asoslarga egamiz. Bu yozuv madaniyat durdonalari xarid qilish arablar va moʻgʻullar bosqini oʻyinga yoʻq qilib yuborilganBu davrda Sug‘d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo‘lgan. Sug‘d va xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan edi. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan bo‘lib, 25 harfli yozuviga ega bo‘lgan. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan 23 charm, yog‘och, sopolga va kamdan kam hollarda qog‘ozga bitilardi. Chunki qog‘ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo‘jalik kirim va chiqimlari, huquqiy shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yod nomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo‘lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan sug‘d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug‘ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o‘rganilgan. Ularda Sug‘dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Sug‘dda o‘g‘il bolalar besh yoshga to‘l gach, yozuv va hisobga o‘rgatilar, so‘ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. Shuningdek, bu davrda turkiy run (ko‘k turk) xati ham keng qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflarda iborat U tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘kturk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bi tik lari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tash qari, Yettisuv, Farg‘ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o‘rganilgan. Ular qabrtoshlar, sopol va metall buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan.

3. TURK XOQONLIGI DAVRIDA DIN E’TIQODLARNING SHAKLLANISHI VA ULARNING SA’NATGA TASIRI



VI–VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi bir nechta mahalliy va boshqa o‘lkalardan kirib kelgan dinlar mavjud bo‘lgan. Aholining ko‘p chiligi zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan. Ilk o‘rta asrlarda yurtimizda sug‘d, xorazm, toxar va turkiy run (ko‘kturk) yozuvlari mavjud bo‘lgan. Manbalarda ta’rif etilishicha, Toxariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan. Toxa riston Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarini tarqalishi va rivojida muhim ahamiyat kasb etgan. O‘rta Osiyo xalqlarining mafkuraviy hayotida moniy dini ham keng yoyilgan edi. Moniy dini ta’limoti bo‘yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi – yorug‘lik va ezgulik ham da zulmat va yovuzlikdan ibo ratdir. Ibodat, ro‘za, sadaqa moniy dini ning arkoni hisoblangan. Samarqand viloyatining Urgut tumani Sug‘ddagina emas, balki butun O‘rta Osiyoda nasroniylik markazlaridan bo‘lgan. Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan shomoniylik diniga sig‘inib kelgan. Bu din jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga sig‘inish e’tiqodini tarbiyalagan. Qadimgi turklar o‘z dinini “qam” deb yuritganlar. Chunki ularda “shomon” degan so‘z bo‘l magan. Bu din koinotni yo‘qlikdan bor qilgan Ko‘k Tangriga e’tiqod qiluvchi yakkaxudolik dini hisoblanadi. Chorvador ko‘chmanchi aholi Ko‘k Tangri ga bag‘ishlangan. Arkon — dindagi eng muhim vazifa, suyanchiq, ma’muriyat.Qam-shomon — Ko‘k Tangriga sig‘inuvchi yakka- xudolik dini marosimlar o‘tkazib, qur bonliklar qilishgan. Masalan, Ko‘k Tangri sharafiga qurbonlik uchun qora qashqa ot so‘yilgan.
V–VII asrlarda dehqonchilk maydonlari kengayib, mahsulotlarning ortib borishi, hunarmandchilik buyum va jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj, savdo-sotiqning avj olishi shaharlarning ravnaqiga ta’sir etdi. Shaharsozlikning o‘zagi bo‘lgan shahristonlar, ular atrofida rabotlar, bog‘-u rog‘lar, asosan, sersuv manzillarda bunyod etilgan. Shahriston maydoni dastlab 15 gektardan oshmagan. Unda, asosan, boy tabaqa istiqomat qilgan. Shahar atrofidagi rabotda, dehqonlar yashagan. Buxoro va Poykand shaharlarining maydoni 20 gektardan oshmagan. Bu davrda O‘rta Osiyoda eng katta shaharlardan biri Samarqand edi. Uning umumiy maydoni qariyb 200 gektardan bo‘lgan. Shahriston qurilishi Afrosiyob, Varaxsha, Panjikent shaharlaridagi arxeologik tadqiqotlar orqali o‘rganilgan. Ko‘cha tarmoqlari qatoriga oddiy uy-joy binolari, hunarmand ustaxonalari, do‘konlar, ibodatxonalar, saroylar qurilgan. Devorlar, xususan, mudofaa devorlari paxsa va xom g‘ishtdan qurilib, burchaklariga baland qilib burjlar ishlangan. Tasviriy san’atning rassomlik va haykaltaroshlik kabi tarmoqlari ravnaq topadi. Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob, Farg‘ona vodiysida Quva xarobalarida topib o‘rganilgan yodgorliklardan – devoriy suratlar, haykallar va ganchkori naqshlar o‘sha davrning yuksak san’at asarlaridan hisoblanadi. Devoriy tas-virlar zamonasining o‘ta murakkab ha yoti, din-u e’tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan olib borilgan aloqalardan hikoya qiluvchi manbadir. Haykaltaroshlik rivojiga ayniqsa buddaviylik dini kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Farg‘ona vodiysida Quvadan hamda Qo‘rg‘on tepa yaqinidagi Ajinatepadan buddaning bahaybat haykal lari topilib, o‘rganildi. Ajinatepa buddasi haykalining bo‘yi 12 metrga boradi. Bu davrda badiiy yog‘och o‘ymakorligi san’ati ham yuqori darajada rivojlangan. Ilk o‘rta asr ganchkorligi san’atining nodir yodgorligi namunalari Varaxsha topilmalari orqali tadqiq etildi. O‘rta Osiyoda musiqa, raqs, qo‘shiqchilik, qiziqchilik va dorbozlik kabi san’atning turli sohalari ham rivojlan gan edi. Bu davrda san’at sohasida Buxoro qiziq chilari, Samarqand naychilari, Toshkent raqqos yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi.Choch raqqoslari ijro etgan mashhur “Choch raqsi” yoki doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan o‘ynoqi “Doira raqsi” Xitoy a’yon larini maftun etib, ularni hayratga solgan edi. Birgina Buxoro shahrida usta hunarmandlar tomonidan o‘n turdagi cholg‘u asboblari yasalgan.
Download 20,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish