Otlar asl va ko'chma ma'nolaridan tashqari munosabat va o'xshashlik yo'li bilan bir tushunchani anglatgan holda, majoziy ma'no tashishi mumkin. Masalan, turkcha yuva so'zi "uya"(qush uyasi) va "uy"(insonlar yashaydigan joy) ma'nosida, ekmek so'zi "non" (inson ozig'i) va "kun kechirish uchun ishlab topiladigan mab-lag"\ yoki koltuk "o'tiradigan uy jihozi" (mebel turi) va "lavozim" ma'nosida qo'llanadi. Bu misollardagi majoziy ma'no to'g'ridanto'g'ri predmetning nomini bildirmaydi, nutqda ilodaviylikni oshirish, ma'noni kuchaytirish, rangbaranglashtirish maqsadida qo'llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |