Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

LOLA DAVRI 
XVIII asrning birinchi yarmidagi 13 yil, ya’ni 1718–1730 yillar 
turk  adabiyotida  “Lola  davri”  deb  yuritiladi.  Bu  atamani  birinchi 
Yahyo Kamol qo‘llagan. 1913 yil Ahmad Rafiq Oltinoy e’lon qilgan 
“Lola  davri”  nomli  kitob  bu  davrning  o‘ziga  xos  o‘rni  borligini, 
adabiyotda,  san’atda  rivojlanish  davri  bo‘lganligini  ko‘rsatadi. 
Sultonning  kuyovi  Ibrohim  Posho  bosh  vazir  bo‘lgan  bu  davrda 
Istambulda obodonchilik ishlari olib borildi. Davlat odamlari yashash 
tarzida  yevropaliklarga  taqlid  qila  boshladilar.  Yevropacha  bog‘lar 
barpo qilish, G‘arbdan me’morlar chaqirib kelib imoratlar qurish urf 
bo‘ldi.  Parij  bog‘larida  bo‘lganidek  hovuzlar,  favvoralar  qurildi. 
Bog‘larda  lolazorlar  bunyod  etildi.  Masjidlar,  kutubxonalar,  ko‘rkli 
saroylarning qurilishi ma’lum ma’noda adabiyot, madaniyat rivojiga 
turtki bo‘ldi.  
Sulton  saroyida  ham  tez-tez  mushoiralar,  musiqa  kechalari 
o‘tkazilib  turilardi.  O‘sha  davrda  “holva  kechalari”  deb  nomlanib, 
tonggacha  davom  etadigan  kechalarda,  asosan  shoirlar  va 
mashshoqlar  ishtirok  etadilar,  yangi-yangi  qasidalar,  g‘azallar 
o‘qilardi. 
Lola, bu davrning eng sevimli va qimmatli guliga aylandi. Sulton 
Mehmed  IV  davridayoq  Misr  va  Avstriyadan  keltirilgan  lolalar 
Istambulda  nihoyatda  ko‘paytirilgan  edi.  Gollandiyadan,  Sherozdan 
va dunyoning boshqa davlatlaridan lolalarning turli navlari keltirilar, 
yangi  navlari  kashf  qilinardi.  Istambulliklar  lolaning  639  turini 
ekardilar.  Lola  haqida  risolalar  yozilib,  lolazorlar  yaratish  bo‘yicha 


 
108
musobaqalar  o‘tkazilardi.  Juda  kam  uchraydigan  lola  urug‘ining 
(piyozi)  1000  oltinga  sotilgani  ma’lum.  Hatto  lolalarni  baholash 
haqida “xatti humoyun” e’lon qilinadi. 
Turk  adabiyoti  tarixida  “Lola  davri”  deb  atalgan  bu  davrning 
muhim voqealaridan biri Istambulda bosmaxonaning ochilishidir. 
Parijga  elchi  sifatida  jo‘natilgan  Mehmed  Chalabiyning  o‘g‘li 
Mehmed  Said  Afandi,  asli  mojar  bo‘lib,  islom  dinini  qabul  qilgan 
Ibrohim 
Mutafarrika 
bilan 
hamkorlikda 
sultonning 
va 
shayxulislomning  roziligini  olib,  1724  yili  Istambulda  birinchi  turk 
nashriyoti  quradilar.  Ayrim  qarshiliklarga  qaramasdan  nashriyot 
1729  yili  ishga  tushadi.  1729–1742  yillarda  tarix,  geografiya, 
grammatika, lug‘at, sayohatnomalar kabi 17 nomda kitoblar bosiladi. 
Bu madaniy hayotdagi katta voqea edi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish