Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

Ikkinchisi,  shoirning  forscha  “Devoni”dir.  Devonda  8  na’t,  8 
qasida,  1  soqiynoma,  1  faxriya,  21  g‘azal,  171  ruboiy  bor. 
“Devon”ning  bir  nechta  nusxalari  Turkiya  va  Yevropadagi 
kutubxonalardan topilgan. Adabiyotshunos olim Ali Nihod Tarlan bu 
nusxalarni  qiyosiy  o‘rganib,  hamda  turkchaga  tarjima  qilib,  1944 
yilda Istambulda nashr ettirgan. 
Uchinchisi, Nafiyning hajviy asarlarini to‘plagan “Sihomi qazo” 
majmuasidir.  Bundagi  asarlar  saviya  jihatidan  bir  xil  emas.  Ayrim 
nusxalari  bir-biridan  farq  qiladi.  Hajviy  asarlarda  asosan  Nafiyga 
zamondosh amaldorlar ob’ekt qilib olingan. O‘sha davrda yashagan 
shoirlardan ayrimlari haqida ham Nafiyning salbiy fikrlari aks etgan. 
Shuningdek,  Nafiyning  “Tuhfatul-ushshoq”  nomli  97  baytdan 
iborat  qasidasi  ham  bor.  Bu  asar  Fuzuliyning  “Anisul  Qalb” 
dostoniga va shu mavzudagi asarlarga nazira tarzida yozilgani uchun, 
adabiyotshunoslar  bu  asarni  mustaqil  nazm  namunasi  sifatida 
sanamaydilar. 
Davrining  g‘azalnavis  va  hajvchi  shoiri  sifatida  tanilgan  Nafiy 
ijodida  ko‘zga  tashlangan  o‘ziga  xoslik  she’rlardagi  ko‘tarinki 
ohangdir. Shoir bu ohangni saqlash uchun turk, arab, fors so‘zlaridan 
ustalik  bilan  foydalanadi.  Shu  yo‘sinda  Nafiy  qasidalaridagi  uslub, 
devon she’riyatida qoliplashgan uslubdur. Shoirning so‘z manbai boy 
bo‘lishi  mumkin,  lekin  uni  she’rda  musiqiy  bir  tarzda  berish  ham 


 
97
bor. Ishq, falak, hijron, visol mavzusidagi Nafiy g‘azallari bu borada 
muvaffaqiyatli chiqqan. Shoirning ijodiy diapazoni keng, u g‘azalla-
rida  faqat  ishqiy  mavzularni  emas,  harb  va  qahramonlik,  tasavvuf 
mavzularini  ham  mahoratla  yorita  olgan.  Shoir  tanlagan  mavzusini 
o‘zi  istagandek  tasavvur  etar,  uni  yoritishda  ham  qiynalmasdi.  U 
o‘zigacha  hech  qo‘llanmagan  kalimalar  va  ta’birlarni  ustalik  bilan 
she’r  mag‘ziga  singdirib  yuborardi.  Nafiyning  she’rlarida  yangicha 
bir  ohang,  xayol  va  hayot  kuchi  bordek.  Masalan,  shoirning  urush 
tasviriga  bag‘ishlangan  misralarini  o‘qisangiz,  qilichlarning 
jaranglanishini tuygandek bo‘lasiz. 
Nafiy ijodining yana bir o‘ziga xosligi majozlarga boylik, kuchli 
va  ko‘tarniki  ruhdir.  Shoir  gohida  aruzning  qat’iy  qoliplariga  rioya 
ham  qilmasdan,  so‘zlarga  o‘zgacha  ohang  bag‘ishlashga  intiladi. 
Boqiy  singari  she’r  “texnikasi”ga  emas,  ko‘proq  so‘z  ohangiga 
e’tibor beradi. 
Nafiy  she’riyatni  ulug‘  ne’mat  deb  bilgan.  U  shoirlarni 
sultonlardan  yuqori  qo‘yadi.  “Shoirlar  bo‘lmasa,  o‘tib  ketgan 
shohlarni  hech  kim  bilmasdi  ham,  eslamasdiyam  ham”  deya 
yozgandi Nafiy. Shoir g‘azallarida ayni paytda mag‘rurona yozilgan 
misralarni 
ham 
uchratamiz. 
Gohida 

o‘zini 
barcha 
zamondoshlaridan  ustun  qo‘yadi.  She’r  aytganida  hatto  “hofiz  ham 
jim turadi” tarzidagi o‘ziga ishonch va bino qo‘yish ham bor. 
Nafiyning  hajviyoti  ayniqsa  o‘z  davri  uchun  xarakterli  bo‘lib, 
shoir turk adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib, sulton saroyining 
ichki  kirdikorlarini  qalamga  oladi.  Undagi  laganbardorlik,  soxtalik, 
ko‘zbo‘yamachiliklarni fosh qiladi. Shuning uchunmi Nafiy hajviyoti 
xalq  o‘rtasida  tez  tarqalardi.  Xalq  ham  shoirga  kerakli  hurmatni 
ko‘rsatardi.  Tarixchi  Kochubey  Bayram  Posho  tomonidan 
o‘ldirtirilgan  shoirning  jasadini  dengizga  tashlashini  ham,  xalqdan 
Nafiy o‘limini yashirish uchun qilinganligini yozgandi. 
Nafiy  g‘azallari,  ayniqsa  satirik  she’rlari  bilan  XVII  asr  turk 
she’riyatiga yangicha bir ohang olib kirgan shoir bo‘lib qoldi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish