LATIFALAR
Yumor har bir xalqning o‘ziga xos, xarakterli xususiyatlarini
yorqin ko‘rsatadi. Turk xalq og‘zaki ijodida, latifalar rang-barangligi
bilan ajralib turadi. Bu latifalar turklar hayoti bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, turk xalqi ma’naviy madaniyatining ajralmas
qismidir. Turk latifalarining ilk yozma namunalarini XIII–XIV asrga
oid bo‘lgan adabiy yodgorliklarda ko‘rish mumkin. Xo‘ja Nasriddin
1
Турк эртаклари. Анќара. 1992й. 1-жилд. 14-бет.
20
haqidagi 43 latifani qamrab olgan ilk to‘plam sanasi 1571 yil.
Nasriddin Xo‘ja tarixiy shaxs bo‘lib, 1208–9 yili Sivrihisorga yaqin
joydagi Horto qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasidan so‘ng biroz vaqt qish-
loqda imomlik qiladi va 1237 yilda mutasavvuf olim Sayyid Mah-
mud Hayroniyga murid bo‘lish uchun Oqshaharga keladi. Umrining
oxirigacha (1284) shu yerda yashab qolgan Xo‘ja xalq orasida ni-
hoyatda zukko, gapga usta, adolatpesha odam sifatida taniladi. Nuk-
tadon, orif inson bo‘lgan Nasriddin Xo‘ja zamondoshlarining
ko‘nglidagi gaplarni topib aytganki, bora-bora u haqida latifalar
to‘qilib, xalq qahramoniga aylanib ketgan. 1837 yildan buyon Xo‘ja
Nasriddin latifalari kitob holida tez-tez bosilib turibdi. 1857 yildan
e’tiboran Yevropa tillariga tarjima qilina boshlangan. 1865 yilda
qirqdan ortiq latifalar o‘zbek tilida kitobot qilingan. Xo‘ja Nasriddin
bugungi kunda ko‘plab turkiy xalqlarning sevimli qahramonidir.
Xo‘ja Nasriddindan boshqa Bekri Mustafo, Bektoshiy, Qoraqush,
Xobenneka kabi turk xalq qahramonlari borki, bular haqidagi lati-
falarning o‘zi alohida-alohida turkumlardan iborat. Bekri Mustafo
erkin fikrlovchi, qotib qolgan, qoloqlikka qarshi kurashuvchi shaxs
sifatida tasvirlansa, darvish Bektoshiy topqirligi bilan ayrim kaltabin
qozilarning, din peshvolarining ustidan kuluvchi xalq qahramoni si-
fatida tasvirlanadi. Go‘l, berahm, qaysar hukmdorlar haqidagi lati-
falar vazir Qoraqush nomi bilan bog‘liq. Qoraqushning kaltafahmligi
uning so‘zlarida, xizmatkorlariga ish buyurishida ko‘rinadi. Xo-
benneki haqidagi latifalarda ham sodda, go‘l odamlar ustidan kuli-
nadi.
Latifalarda mavzu jihatdan o‘zga xalqlar folklorida uchraydigan
voqealarga qisman o‘xshashlari ham bo‘lishi mumkin.
Namunalar:
Bir kuni Qoraqushning lochini qafasdan chiqib ketibdi.
- Darvozani yopinglar, lochin chiqib ketmasin, - buyuribdi
Qoraqush qorovullariga.
Qozi bo‘lgan Afandi da’vogarningmi, javobgarningmi haq-
liginimi yecha olmay boshi qotdi-da, ikkalasini ham kaltaklashni
buyurdi.
Jazo bajarilgach, xo‘rsinib dedi:
21
- Endi vijdonim toza, qaysi biri aybdor bo‘lsa ham jazodan
qutulolmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |