Jamoatchi kadrlar va ularning faoliyatlari
o’quv yurtlari va mehnat'jamoalarida jismoniy madaniyat va ommaviy sport tadbirlari asosan jamoatchilik asosida tashkil etiladi. Ya'ni jamoa ralibarlari, soha bo’yicha mutasaddilar, mutaxassislar jismoniy madaniyat va sport xodimlariga tashkilotchilik yo’li bilan ko’maklashadi. Bunda asosan sportchilar, sport muxlislari, melinat faxriylari tashkilotchi-murabbiy (instruktor-organizator) va sport turlari bo’yicha hakamlar faol ishtirok etishadi.
Har bir muassasa va tashkilotda jismoniy madaniyat jamoasi (fizkultura kollektivi) Kengashi (Sovet), yirik korxonalar va oliy o’quv yurtlarida sport klublar rasmiy ravishda tashkil etilib, ular barcha faoliyatlarni yuritadi. Sport turlari bo’yicha ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o’tkazish uchun sport sektsiyalari tashkil qilinadi. Bu avvaldan odat va an'ana bo’lib kelgan amaliy faoliyatdir. Bunda jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport turlari bo’yicha murabbiylar, taslikilotchilarga (instruktor) jamoatchi kadrlar bevosita yordam beradi. Xuddi shunday ish shakllari va mazmunlari turizm (piyoda yurish, tog’, suv, otda yurisli va h.k.) bo’yicha ham tashkil qilinishi lozim.
Har bir jamoada turizm sektsiyasi byurosini (7-9 kishi) tashkil etish, o’qituvchi (instruktor) yoki tajribali xodim byuro raisi etib saylanishi lozim.
Bu yaqin o’tmishdagi tajribalar va faoliyatlarning natijalari hisoblanadi. Buning uchun esa har bir jamoa o’zlarining a'zolaridan instruktorlar (kichik va katta), hakamlar, tashkilotchilar tayyorlash-lariga to’g’ri keladi. Ularning asosiy faoliyatlari quyidagicha bo’lishi lozim:
1. Piyoda yurish sayohati bo’yicha to’garaklar tuzish va mashg’ulotlar o’tkazish;
2. To’garak (sektsiya) rejasini ishlab chiqish va tasdiqlatish;
3. Turizmga doirjihozlarni to’pIash, jamg’arish;
4. "Yoshlik", "Talaba", kasaba uyushmalarining jismoniy madaniyat-sport uyushmalarining quyi va yuqori xodimlari bilan aloqador bo’lish;
5. O’lkashunoslik bolalar stantsiyasi bilan hamkorlik;
6. Jismoniy madaniyat jamoasi (sport klub) Kengashining ish faoliyatlarida muntazam ishtirok etish;
7.Yuqori taslikilotlarning o’quv-yig’in seminaflarid& OlSll&ka oshirish;
8. Tuman, shahar turizni tadbirlarida ishtirok etish;
9. O’quvchilar, talabalar, mehnatkashlar orasida turizm bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borish;
10. Jamoada turizm burchagi — mnzey tashkil qilish;
11. Turizmga doir mahalliy va xorijiy adabiyotlarni to’plash;
12. Ommaviy axborot vositalari sohalarida maqolalar bilan qatnashisli;
13. Dam olish kuni, ta'til paytlari va uluq sanalarga bag’ishlab bir kunlik, tunab kelish va ko’p kunlik piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilish;
14. O’z tajribalari bilan tuman, shaliar tadbirlari, ayniqsa teleko’rsatuv, radio eshittirishlarda faol qatnashish;
15. Sayohallarda olingan videotasvirlarni jamoada namoyish qilish bilan sayohatchilami qiziqtirish, ularning sonini oshirib borish;
16. Tegishli xayriya jamg’armalarining moddiy va moliyaviy yordatnlaridan sayohatlarni uyushtirishda maqsadli foydalanish;
17. Turizm bo’yicha taniqli mutaxassislar, murabbiylar, etuk sportchilarni (alpinizm, tog’ sayohati, suv sayohati va h.k.) jamoasha taklif qilish;
18. "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari bo’yicha ko’rgazmali vitrinalar tayyorlash va sayr-sayoliatlarni o’tkazishda faol ishtirok etisli;
19. Sinflar, guruhlar, tsexlar, bo’limlardagi jismoniy madaniyat tashkilotchilari (fizorg) va turizm bo’yicha faollarning amaliy faoliyatlariga yordam berish;
20. Tunab kelish va ko’p kunlik sayoliatlarga tayyorlanish jarayonlarida tarix, geografiya, botanika, zoologiya va boshqa fan o’qituvchilari bilan suhbat, ularni to’garak mashg’ulotlariga (topo-grafiya, o’lkashunoslik, ilmiy izlanisli va h.k.) jalb etish.
Turizm to’garagi mashg’ulotlari, sayohatlarga tayyorgarlik va iilarni o’tkazishda yana boshqa turli faoliyatlar yuzaga kelishi mumkin. Ularni o’rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish bilan tashkilotchilik (instruktorlik) faoliyatlarni takolmillashtirish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |