Suv muolajasini olishning asosiy qoidalari.
Suv protsedurasiga quyidagilar kiradi: artinish, ustidan suv quyish, dushga tushish va cho’milish. Eng qulayi artinishdir. Ishqalash xo’l sochiq yoki gubka bilan amalga oshiriladi. Ishqalashdan so’ng badan sochiq bilan quriguncha artiladi. Ishqalashda dastlab iliq suvdan: maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 28-25 xarorat issiq, maktab o’quvchilari va o’smirlar uchun 25-20, 20-18 xarorat issiq suvdan foydalaniladi. Suvning xarorati asta-sekin 3-4 kunda bir xarorati pasaytiriladi va maktabgacha yoshdagi bolalarda 19, makgab o’quvchilarida 18, o’smirlarda 16 xaroratgacha tushiriladi. Ustidan suv quyish va dush qabul qilish eng kuchli suv protseduralaridir. Ularni qabul qilishga bolalar xo’l narsa bilan badanlarini ishqalashga ko’nikkanlaridan so’ng kiritish zarur.
Suv xavzalarida cho’milish eng yaxshi muolajalardan biridir. Agar badan tarbiyadan so’ng cho’milishga to’g’ri kelsa, suvda 2-3 daqiqa bo’lishi kifoya, quyosh vannasidan chiqib cho’milganda 10-20 daqiqa turishlari mumkin, cho’milayotib kuchli harakatlar qilish kerak, aks xolda sovqotib qolish mumkin. Xar qanday suv protsedurasidan so’ng badanni quriguncha artish, keyin xo’l yoki quruq sochiq bilan ishqalab quritish lozim. Xar uchchala protsedurani tashkil qilish va o’tkazishda albatta tibbiy nazorat darkor.
Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
Avvalgi mavzularda qayd qilinganidek, sayohatlar jarayonida o’quvchilar kasallanishi, yiqilib shikastlanishi mumkin. Bunday hollarda turistlarga birinchi tibbiy yordami ko’rsatish tartib va qoidalarini bilishlari, uni amalda qo’llashlar talab etiladi, bu yerda birinchi tibbiy yordamga ta’luqli bo’lishi ayrim holatlarigagina to’xtalamiz. Turistlarning extiyotsizligi natijasida gulhanda, ovqat pishirishda kuyishi mumkin. Bunday xodisalar bo’lmasligi uchun sayohatda saylangan navbatchilar (oshpazlar, choy qaynatuvchilar va hokazo) to’la kiyingan, qo’llarida maxsus moslamalar bo’lishi shart. Umuman, kuyganda uni tez o’chirish chorasini-ko’rish kerak. Buning uchun kiyimlarni tezda yechish, suvga botirish tuproq yoki qum bilan ishkalash zarur. Biron joyingizni kuydirib olganda o’sha joyni 10-15 daqiqa sovuq suvga solib turish tavsiya etiladi. Undan keyin dokani namlab spirt yoki margantsovka surtib bog’lab qo’yish kerak. 1-2 chi darajali kuyishlarda terini sulfidin emulsiyasi bilan moylash, qishloq joylarga kelganda shifokorga murojat qilish kerak.
Tunash paytlarida o’tkir uchli (bolta, pichoq, qoziq, tosh va boshqalar) narsalarga urilish va undan yaralanishlar yuz beradi. Bunday hollarda yaralangan joyni yuvish, yod surtish va uning ustiga streptotsid kukunini sepib yara ustini plastr bilan yopishtirib qo’yish mumkin.
Yaralanish natijasida qon to’xtovsiz ketgan taqdirda qon tomirini (arteriya) maxkam bosish kerak. Qon otilib chiqishi susaymagan paytlarda yaraning yuqoriroq qismidan qattiq bog’lash zarur bo’ladi. Yaralangan joy jgut bilan bog’langan xolda 1-2 soat turishi mumkin. Qon to’xtamagan xolda 3-4 daqiqa bo’shatib, keyin yana qattiq bog’lash kerak.
Oshqozon zaharlanganda uni yuvish, ya’ni bir necha stakan iliq suvga soda solish, to qayt qilib tashlamaguncha davom ettirish, bu xolni bir necha marta takrorlash kerak. So’ng parxezga qattiq rioya qilish zarur. Ko’p yo’l yurish, og’ir yuk va yiqilishlar natijasida organizm tilinishi, tarmalanishi va qavarishi mumkin. Bu xollar ko’proq oyoq, yelka va bellarda bo’ladi. Bunday xollarda tez uning oldini olish va bolalar kremi surkash kifoya.
Yiqilishlar natijasida oyoq va qo’lning eti ezilishi, shillinishi mumkin. Bunday xollarda zararlangan joyga yod qo’yib surtish, sovuq (muz) bilan kompress qilish kerak. Undan keyin kattiqroq bog’lab qo’yish tavsiya etiladi. Bo’g’inlarning cho’zilishi va ezilishi qattiq og’riq bilan seziladi. Keyin u joy shishishi, qimirlatgandan qattiq orishi mumkin. Bunday xollarda sovuq suvga botirilgan bint material bilan bosib turish, keyinroq elastik bint yoki uning o’rnini bosadigan biror narsa bilan bog’lab qo’yish kerak.
Tirsak, yelka tizza va oyoq bo’ginlaridan suyaklarning chiqishi, qattiq og’riq turib, harakat qilish mumkin bo’lmay oladi. Bunday paytlarida bo’g’inlarini o’z joyiga solish uchun qo’l oyoqni ushlab tortish, sekinlik bilan joylashtirish talab qilinadi. Bo’g’inlar joyiga tushgach, shina bilan bog’lab qo’yish kerak.
Qo’l, oyoq suyaklari singanda ham xuddi chiqqandagidek qilib shinalar bilan qo’shib bog’lash, og’riqni qoldiradigan dori berish va tezda vrachga yuborish shart. Ayrim xollarda bo’g’inlarning chiqishi, suyaklarning sinishi yoki qattiq urilish natijasida turistlar xushdan ketishi, esankirashi mumkin. Bunday xollarda bemor yotqizilishi, bosh oyoqqa nisbatan pastroq qo’yilishi lozim. Kiyim tugmalari yechilishi kerak. Bemor xushiga kelgach, achchiqroq choy, kofe va yurakka malxam bo’ladigan dori berish lozim
Qishki poxod yoki yozgi poxodlarning muzlik zonalarida qo’l, oyoq, quloq yoki yuzni sovuq urishi mumkin. Bunday xollarda ishqalash, tez harakat qildirish, turli gimnastika mashqlarni bajartirish, yurish xolatini yuk otganda esa uqalash (massaj qilish) biron material (odeyal, ko’rpa va xokazo) bilan o’rab dumalatish, bu ham foyda bermaganda spirt bilan artish kerak bo’ladi. Issiq choy ichirish, bir necha bo’lak glyukoza tablekatsini S vitamin bilan qo’shib ichirish ancha foyda beradi. Sovuq urgan joyda pufakchalar paydo bo’lsa, penitsilin mazi yoki sintomitsin emulsiyasi, surkab, bog’lanadi. Bemorga tetraktsiklin ichirish, agar axvoli og’irlashsa, analgin, amidopirin, kofein ichirish va bemorni tibbiy punktiga yetkazish lozim.
Quyosh nuri urmasligi uchun avvalo tegishli kiyimlarni, ko’zoynakni olib yurish va o’z vaqtida ishlatish kifoya. Qorin och bo’lganda, shuningdek, issiq ob-havoga o’rganmagan turistlar yarim yalong’och yoki yalong’och bo’lib yurish, issiqda toblanib yotish mumkin emas. Quyosh vannasini faqat asta-sekinlik bilan qabul qilish kerak.
Qorning yarqirashi, aks nurdan ko’z tez zararlanadi. Shuning uchun orqali zonalarda doimo bir nuqtaga qarash ko’z oynaksiz yurish man etiladi. Bunday xollarda zaralangan f borniy kislota aralashmasining kam midorli, sodalar, margantsovka, kalining oqqizgish xolatiga kelgan suyukligi xamda choy bilan yuviladi, turist bir necha kun yuriщtsan ozod qilinadi.
Yovvoyi mevalarni yuvmasdan yoyish, xar bir gul va daraxtlarni ushlash, xidlash yaramaydi. Kuziori, zamburug’ va boshqa yopiladigan narsalar solingan idishlarni ham yuvish kerak.
Tog’ va cho’l zonalarida kuturgan yevvoiy chuchka yoki burilar duch kelishi mumkin. Ular odamga xujum kiladigan bulsa, kulogini kisib irillab orkaga tisariladi. Bunday xollarda turistlar juft xolda bulishi, kullarida tayok va kurollarini tayyorlab turishi kerak.
Tog’lik va cho’llar zonasida zaxarli ilonlar xavfi buladi. Ilonni kurganda unga tegmaslik, uldirmaslik kerak. Buning sababi shundaki iboratki, avvalo zaxarli ilonlar meditsina uchun kerakdir. Keyingi paytlarida zaxarli ilonlarni kupaytirish tadbirlari kurilmokda.
Turistlar extiyosizlik natijasida utlar, shoxlar, butalar orasida yotgan ilonni kurmasligi va uni bosib utib ketishlari mumkin. Shu sababli kaxr - gazaba tulgan ilonlar albatta chakishga intildi. Uch oladi. Dam olish yoki utirish joyida tusatdan ilonga kuz tushsa, u kochmasa, bunday xollarda chup yoki tayok yordami bilan uni olib uzokrokka eltib taglashsh kerak. Agar ilon chakkanligi tezda sezilsa, birinchi navbatda usha joyni surib tashlash kerak. Kon aralash zaxarni ogizdan tezda tuflab tashlash lozim. Agar ogizda yara izi bulsa, boshka kishi surishi kerak. Chaqqan joyning yukorirok joyidan maxkam kisib, shina kuyib boglash kerak va zudlik bilan shifokorga murojat qilish lozim. Birinchi yordam kursatilishida bemorga suyuk va issiqrok ichimlik, ovkat yegizish tavsiya etiladi. Chunki zaxar suyuliklarga aralashib, uz kuchini kamaytiradi. Siydik va oshkozon yullari orkali zaxar chikib ketishi mumkin.
Tajribaga ko’ra, ilon chaqqan joyni ortikcha kisib boglash (ayniksa jgut bilan) mumkin emas. Chunki zaxar kon tomirlari bilan emas, balki limfa suyukliklari orkali tarkaladi. Shuningdek, chaqqan joyni quydirish yoki kesib tashlash xam kutgandagidek natija bermaydi. Chunki kuydirilgan ilon chakkan joy yaralanishi, yiringlab ketishi natijasida tezda ogir avolga tushib kolish mumkin. CHakkan joyni kesib tashlash esa juda xavfli. Konni tuxta olmaslik natijasida bemor ogir sharoitga tushib olishi mumkin. Zaxar konni suyultirishini yodda saklash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |