Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanish
Turistik sayrlarda tabiatni sog’lomlashtirish kuchidan organizmni chiniqtirishning mustaqil vositasi sifatada foydalaniladi. Tabiat kuchlari (suv, havo, quyosh) kishilarning sog’ligini mustaxkamlash va ish qobilyatani oshirishning muhim vositasidir.
Turistik sayrlarda harakatlar bilan birgalikda turli tadbirlardan foydalaniladi (ochiq havodagi o’yinlar, quyosh ostida toblanish, cho’milish va nam sochiqda artinish) ya’ni, vosita sifatida foylaniladi. Tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan foydalanishning asosiy natijasi kishining chiniqishi, ya’ni organizmning sovuq, issiq, quyosh radiatsiyasi (ayniqsa ular keskin o’zgarib turganda) kabilarga bardosh berish xususiyatining ortishidir. Bu xol sog’likni mustaxkamligi va ish qobiliyatini oshirish imkonini beradi, buni ilk yoshlik chog’idan boshlab doimo o’tkazib turish lozim. Xar tomonlama chiniqtirish uchun organizmga turlicha ta’sir etadigan vositalar (xilma-hil haroratdagi suv va havo, quyosh nurlari ta’sirida bo’lish va hokazo)dan foydalanish kerak.
Quyosh vannasini qabul qilishning asosiy qoidalari.
Quyosh vannasini kunning birinchi yarmidagi (soat 8 dan 11 gacha - bu paytda havo uncha qizmagan va toza bo’ladi) ovqatlanishga bir yarim soat qolguncha yoki undan 1,5-2 soat keyin qabul qilingan ma’qul. Quyosh nuri ostida bo’lish dastlab 8-10 daqiqa bilan chegaralanadi, so’ng bu protsedurani har kuni 5-10 daqiqa ko’paytirilib boriladi va asta- sekin 30-40 daqiqaga yetkaziladi. Quyosh vannasini qabul qila turib har 5-10 daqiqada tana holatini o’zgartirib turish kerak. Quyosh vannasidan keyin suv protseduralari tavsiya qilinadi. Quyosh vannasidan xaddan ziyod notug’ri foydalanish organizm uchun zararlidir. Bu tananing kuyishiga va issiq urushiga olib kelishi mumkin.
Havo vannasini qabul qilishning asosiy qoidalari.
Havo vannasiga yaxshisi erta bahorda, iliq kunlarda (+20° S), lekin quyosh nuri va shamolning tik tushushidan muxofaza qilingan joylarda tushgan ma’qul. Havo vannasida dastlab 10-15 daqiqa. Asta-sekin 1,5-2 soat bo’linadi. Havo vannasi uchun qulay vaqt kunduzgi soatlardir (soat 9 dan 18 gacha).
Havo vannasini qorin ochganda yoki bevosita ovqatdan so’ng qabul qilish tavsiya etilmaydi. Bazan uvisha boshlaganda bu protsedurani darhol to’xtatish kerak. Iloji bo’lsa, havo vannasiga tushishdan oldin organizmni qizitish kerak. Havo vannasini ochiq havoda harakatlanib (o’ynab yoki yurib) olgan ma’qul.
Ilik kunlarda havo vannasini muntazam olish asta-sekin bu protsedurani juda past temperaturada ham amalga oshirish imkonini beradi. Bu organizmni chiniqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |