Shunday qilib, veb-brauzer — veb-saytlami ko‘zdan kechirish
uchun, ya’ni veb-sahifalarni tanlash (asosan tarmoqdan), ular bilan
ishlash, yuklab olish va bir sahifadan ikkinchisiga o‘tish,
so'rovnomalami jo ‘natish va qabul qiluvchi dasturiy ta’minotdir.
Ko‘pchilik brauzeriar FTP-serverlar mundarij alar ini ko‘rsatish
vazifasini ham baj ara oladilar.
Brauzer Butun jahon o‘rgimchak to‘ri paydo boiishi davridan
doimiy ravishda rivojlanib kelgan va uning
kengayib boiishi bilan
foydalanuvchilarda ham shunday dasturlarga ehtiyoj ortib bordi.
Hozirda brauzer — veb-sahifaning turli qismlari bilan ishlash va
chiqarish uchun hamda veb-sayt va unga tashrif buyimivchi
o‘rtasida interfeys taqdim etish uchun kompleks ilovadir. Deyarli
barcha ommaviy brauzeriar bepul yoki boshqa ilovalar bilan
«to‘plamda» birgalikda: Intemet Explorer (Microsoft
Windows
bilan birgalikda), Mozilla Firefox (bepul, erkin DT), Safari (Mac
OS bilan birgalikda yoki Windows uchun bepul), Opera (8.50
versiyasidan boshlab bepul), Google Chrome (bepul, erkin DT),
Avant (bepul, erkin DT) tarqatiladi.
Birinchi veb-brauzer WorldWideWeb (keyinchalik “Nexus”
deb nomlangan) 1990-yilda Tim Bemers-Li tomonidan yaratilgan.
NCSA Mosaic grafik interfeys bilan birinchi tarqatilgan
brauzer boigan. Uning mualliflari Mark Andressen va Erik Bina.
Birinchilardan boigan ushbu brauzeming boshlangich kodi ochiq
boigan va ba’zi boshqa brauzeriar (Netscape Navigator va Intemet
Explorer) uni asos qilib olgan. Ushbu brauzer o‘z kamchiliklariga
ega boigan, ammo ulaming deyarli barchasi Netscape Navigator
(Netscape kompaniyasining ba’zi xodimlari NSCA xizmatchilari
boigan va Mosaic’ni ishlab chiqishda ishtirok etganlar) brauzerida
yo'qotilgan. Netscape kompaniyasi turli operatsion
tizimlar uchun
Netscape Navigator’ni ishlab chiqaradi (UNIX, Windows, Mac
OS) va muvaffaqiyatga, shu jumladan, tijoratdagi yutuqlarga
erishgan. Bu holat Microsoft kompaniyasini o‘zining Intemet
Explorer brauzerini chiqarishiga turtki boidi.
Netscape
kompaniyasidan farqli ravishda, Microsoft darhol
lokalizatsiyalangan
IE
versiyalarini
chiqaradi.
1995-yilda
Microsoft Windows 95 operatsion tizimini chiqaradi, unda
- ■' - ■
"253
kiritilgan brauzeri bo‘lmagan, ammo biroz vaqt o‘tib yangilangan
tizimda (Windows 95 OSR2) brauzer (Internet Explorer 3.0)
kiritildi. Shu bilan birga, Microsoft o‘z brauzeri standartlariga mos
kelmaydigan HTML tili kengaytirilishini qo‘shimcha qiladi va buni
brauzerlar bozorini Microsoft tomonidan monopolizatsiyalash (95
foizdan ortiq) bilan tugagan brauzerlar urushining boshlanishi deb
hisoblash mumkin.
Bozomi yo‘qotishi sababli Netscape kompaniyasining
daromadlari pasayib
ketadi va uni AOL sotib oladi, Netscape
brauzeri boshlang‘ich kodi esa MPL (Mozilla Public License) erkin
litsenziya bilan chiqariladi.
Keyinchalik Mozilla Foundation brauzemi umumiy paketdan
alohida yetkazib berish va rivojlantirishga qaror qiladi va Mozilla
Firefox loyihasi paydo bo‘ladi. 2004-yil 9-noyabr kuni Mozilla
Firefox brauzeri 1.0 versiyasi e’lon qilinadi, u o‘sha davrdan asta-
sekin, ammo doimiy ravishda, ommaviylashib kelmoqda. 2009-yil
boshiga kelib, Firefox’ning jahon bozorlaridagi ulushi 23 foizdan
ortiqni, Yevropada esa — 35 foizdan ortiqni tashkil etdi. IE
ulushi
67 foizgacha pasaydi.
IE brauzeri tomonidan bozoming monopolizatsiyalanishi
boshqa oqibatlarga ham olib keldi — Microsoft brauzemi deyarli
rivojlantirmay qo‘ydi va 4-dan to 6-versiyasigacha deyarli
o‘zgarmadi: standartlami boshqa brauzerlarga qaraganda yaxshi
ta’minlamaydi, foydalanish qulayligi va ishlash hamda sahifalami
aks ettirish tezligi bo'yicha ortda qoladi. Shunday holat Microsoftni
yana brauzer bilan shug‘ullanishga
majbur qiladi va yettinchi
versiyasi ba’zi o'zgarishlar bilan chiqadi. Biroq hozirgi kunda
javascript ( web 2.0 asosli) testlardan o‘tish tezligi baribir, boshqa
brauzerlarga qaraganda, deyarli ikki barobarga past.
1996-yilda Opera brauzeri paydo bo‘ldi. Uzoq vaqt davomida
ushbu brauzer eng tez ishlaydigan brauzer deb hisoblangan. U ishga
tushirishda va Intemetdan yuklashda va sahifalami aks ettirishda
eng yengil hisoblangan hamda shu davrda bozorda ustunlik qilgan
brauzer bilan mos ishlashi mumkin bo‘lgan (yoki shunday
bo‘lishga harakat qilgan). Dastawal
Opera shartli-bepul DT
(shareware) sifatida tarqatilgan, balki jahonning ko‘pchilik
254
mamlakatlarida ommaviy lik darajasi pastligi va MDH davlatlarida
yuksak ommaviyligini shu bilan tushimtirish mumkindir. Biroq
2005-yildan boshlab, Opera ham bepul tarqatila boshlandi.
Kurashda brauzerlarga o‘ziga xos, nostandart imkoniyatlami
qo‘shimcha qilish asosiy uslub bo‘lmaganida
brauzeriar urushi
korporatsiyalaming faqat tijorat kurashi boiib qolardi. Hujjatlarga
interfaollik beruvchi Java-Script —ssenariylar tilini ta’minlashda
eng katta farqlar yuzaga keldi. Natijada ko‘pchilik saytlar bir
brauzerlarga «moslashib» boshqa brauzerlarda yomon ishlaydi.
2008-yili
Google
kompaniyasi
brauzeriar
bozorida
raqobatchilikka «yordam berishga» qaror qildi va o‘zining
dastlabki kodi ochiq — Chrome brauzerini chiqaradi. Chrome
brauzer ba’zi yangiliklar (uzilishlami bartaraf etish «inkognito»
rejimi va boshqalar)ga ega boidi. Windows XP, Windows Vista va
Windows 7, Linux va Mac OS operatsion tizimlar uchun versiyalari
chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: