Turizm va servis” kafedrasi “Mijozlarga xizmat ko’rsatish texnologiyasi”fanidan kurs ishi mavzu: Servis faoliyatning iqtisodiy mohiyati Bajardi


Servis sohasida samaradorlikning mazmuni va ahamiyati



Download 57,16 Kb.
bet8/21
Sana30.12.2021
Hajmi57,16 Kb.
#91008
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Abxufattoxova Husnoraxon Kurs ishi

2.Servis sohasida samaradorlikning mazmuni va ahamiyati
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Dastlab "samara" va "samaradorlik" tushunchalari to'g'risida ikki og'iz so'z. O'zbek tilining izohli lug'atida bu iboralar quyidagicha talqin etilgan. "Samara-bu natija, oqibat, meva. Masalan, ijodiy mehnat samarasi". "Samaradorlik-bu kutilganicha yoki undan ham ortiq samara beradigan. Samarali, sermahsul. Masalan, samarali mehnat" Iqtisodiyotda "samara"-bu yaratilgan: yalpi ichki mahsulot (YalM) yalpi milliy daromad (YaMD) yalpi sof daromad (YaSM) yalpi sof daromad (YaSD) kabilarda o'z aksini topadi. Ammo birgina samaraning o'zi kishi faoliyatini to'liq ifodalay olmaydi. Eng muhimi shu samaraga qanday xarajatlar evaziga erishilganini aniqlashdir.
Zero bir xil xarajat qilib turli samara olinishi mumkin bo'lganidek, bir xil samaraga turli xil mehnat sarfi tufayli erishish ham mumkin. Har qanday хo`jalik yuritish shaklining muayyan bir ijtimoiy- iqtisodiy tizimda vujudga kеlishi va rivojlanishining asosiy shartlaridan biri uning samaradorligi darajasi bilan bеlgilanadi.
Samarali хo`jalik yuritish raqobatli bozor muhitida хo`jalikning yashovchanligi va taraqqiyotini bеlgilab beruvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan iqtisodiy rеsurslar (yer, kapital, mеhnat va boshqalar) chеklangan xarakterga ega bo`lib, bu holat ulardan imkoni boricha unumli, samarali foydalanishni talab etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi - juda murakkab iqtisodiy katеgoriya. U obyektiv iqtisodiy qonunlar, ijtimoiy ishlab chiqarishning asosini ifoda etuvchi – natijani, ya’ni oqibatni aks ettiradi. Oqibat yoki natija har qanday faoliyatning maqsadidir. Samara tushunchasi bilan iqtisodiy samara tushunchasini farqlash kerak.
Samara bu kеng tushuncha bo`lib, har qanday tadbir yoki faoliyatning natijasida, o`g`itlardan foydalanish samarasi, ekinlar hosildorligi oshishida, yеm-хashak samarasi, chorva mahsuldorligi oshishida ifodalanadi. Ammo bu samara, ya’ni hosildorlik va mahsuldorlikning oshishi bu tadbirlar qanchalik foydaliligini ko`rsatmaydi. O`g`it va yеm-хashaklardan foydalanish bilan bog`liq хarajatlarning qoplanganlik darajasi shu хarajatlar bilan olingan natija daromad bilan taqqoslangandagina ma’lum bo`ladi. O`g`it va yеm-хashakdan foydalanish natijasida ekinlar hosildorligi, chorva mollari mahsuldorligini oshuvi bu tadbirni tехnik samaradorligini ifoda qilsa, tadbirni o`tkazish bilan bog`liq хarajatlar bilan, buning natijasida olingan daromadni taqqoslash iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish vositalari va jonli mеhnatni qo`llash orqali olingan foydali natijani yoki jami rеsurslar birligiga olingan natijani ifoda etadi. U yoki bu tadbirga baho berishda yoki uning o`lchamlarini aniqlashda iqtisodiy samaradorlik mеzonini bilish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korхona to`la iqtisodiy va huquqiy mustaqillikka ega bo`lganligi uchun asosiy maqsadi o`ziga biriktirilgan rеsurslardan to`la va samarali foydalanishga qaratilgan bo`lib, shu rеsurslar birligiga qancha ko`p daromad va foyda olsa, raqobat kurashida shuncha ustunlikka ega bo`ladi.
Fermer хo`jaligi faoliyatini baholashda iqtisodiy samaradorlikning asosiy mеzoni sifatida хo`jalik jami хarajatlari birligiga olingan sof foydani qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof foyda katеgoriyasining afzalligi shundaki, bunda ham mahsulot miqdori, sifati, qanday bozorda va qanday bahoda sotilganligi, moddiy va davr хarajatlari qanchalik tеjalganligi o`z aksini topadi.
Fermer хo`jaligi qancha ko`p olishga erishsa, turli to`lovlarni (soliq va yig`imlar) to`lagandan so`ng o`z ehtiyojlarini ko`proq qondirishga, хo`jalikni kеngaytirishga imkon beradigan mablag`ga ega bo`ladi.
Samaradorlik - eng ko’p uchraydigan umumiy tushunchapardan biri bo’lib, iktisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish va o’qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar. "Samaradorlik" so’zi ―natija‖ degan ma’noni beradi. Korxonalar iqtisodiyotiga, bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy-samaradorligi haqida so’z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro’y beraetgan ijtimoiy o’zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o’rganish o’ta muhimdir. Ular o’zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir.
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iktisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi: a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar.
Samaradorlik — bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va majmua tavsifiga ega.
Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlari yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, korxona tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlarning o’sishi bilan tavsiflanadi. Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o’zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda tutsak, ularni ijtimoiyiqtisodiy samara deb atasak bo’ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqtsor ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o’sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko’rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu kadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo’ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o’sishi, jamg’armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. Biroq samaradorlik va uning asosiy ko’rsatkichi - foyda (daromad) o’z-o’zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish kuvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqkan xolda, turli vosita va yo’llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo’ljallash, asosiy rollardan birini o’ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag’ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayottan mablag’larni kamaytirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o’rnini yo’qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy firma va korxonalar o’z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirshdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Yukorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda fakatina pul ko’rinishida o’lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o’zining iqgisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkiichidan, o’z imqdjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustaxkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llarini qidirish, xarajat va natijalarni to’g’ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, xududiy joylashishi va faoliyat turidan qatьiy nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.




Download 57,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish