Turizm va Mehmonxona xo’jaligida nizoli vaziyatlarni boshqarish va ularni bartaraf etish yollari. Topshirdi - S.Javohir Qabul qildi - Sh. Sobirjon
Ichki shaxsiy nizo
Shaxslararo nizolar
Guruhlararo nizolar
Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizolar
Nizolarning asosan to’rt xili ko’p uchrab turadi.
Boshqarish jarayonida nizo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Sotsiologlar tadqiqotlarining ko’rsatishicha, "ruhiy iqlim" yaxshi bo’lgan hamda intizom ancha yuqori bo’lgan joyda faqat iqtisodiy ko’rsatkichlar yuksak emas, balki nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o’z mexnatidan katta qoniqish olayotgani ko’zga tashlanib turadi.
Shaxslararo nizo
oilada
er bilan xotin o’rtasida
ona bilan farzand o’rtasida
ota bilan farzand o’rtasida
farzand bilan farzand o’rtasida va hokazo
ishlab chiqarishda
xodim bilan xodim o’rtasida
xodim bilan rahbar o’rtasida
rahbar bilan rahbar va hokazolar
Shaxslar to’qnashuvi ham shaxslararo nizo tufayli bo’lishi mumkin. Zero, har xil toifa, fe’ldagi odamlar hamma vaqt ham bir-birlarini tushunavermaydilar. Garchi bir ko’rinishda bizga shundoq tuyulsada, shaxslararo nizolarning 75—80 foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo’lad
Har bir ishlab chiqarish jamoasida xodimlarning o’zaro munosabati ikki tarkibiy doirada
Formal guruh xodimlarning ishlab chiqarish
va ijtimoiy faoliyatidagi ma’muriy jihatdan mustahkamlangan rasmiy aloqalarini ko’rsatib beradi.
Noformal
guruh shaxsiy
simpatiya va
antipatiyalar asosi-
dagi norasmiy muno-
sabatlarni, manfaatlar-
ning umumiyligIni,
xarakterlarning o’xshashli-
gini, o’zaro bir-birini tushu-
nishni ifodalaydi
Guruhlararo nizolarga
bo’limlar bilan bo’limlar o’rtasidagi
ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasidagi
bo’limlar bilan kasaba uyushmasi o’rtasidagi nizolar misol bo’la oladi
bo’limlar bilan ma’muriyat o’rtasidagi
Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopiq ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko’z oldida, to’g’ridan-to’g’ri vujudga keladi. Ular to’qnashish sodir bo’lgunga qadar to’liq etilgan bo’ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug’dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.
Yopiq nizolar o’ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o’xshatsa bo’ladi. Agar nizo hali "etilmagan" yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar "ichida" bo’lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
Ochiq nizolar
chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da’vat etishda o’z ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o’zlariga qarama-qarshi bo’lgan rasmiy yoxud norasmiy guruxlarning manfaatini o’zining manfaati tomon burishga harakat qiladi.
Obyektiv nizolar
korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog’liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim" ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Subyektiv nizolar
kishilarning u yoki bu voqelikka bo’lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo’yicha his-tuyg’uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko’ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |