II-BOB. VIETNAMDA TURIZM
2.1. Vietnam Davlat tuzumi.
Vyetnam Sotsialistik Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yil 19-dekabrda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartish va tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi Millat majlisi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident (1997-yildan Chan Dik Liong). Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Mamlakat hududining 80 % dan ortigʻi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Shimolda chuqur daryo vodiylariga boʻlingan Yunnan togʻligi, markaziy va janubiy qismlarida Annam togʻlari tizimining ayrim massivlari (Kontum, Darlak, Mnong va boshqa) joylashgan. Vyetnamning eng baland nuqtasi ham shu yerda — 3280 m. Dengiz sohili pasttekisliklardan iborat, ularning eng kattalari shimolda Xongxa va janubda Mekong daryolari etaklarida. Qishda quruq, yozda seryomgʻir musson subekvatorial. Oʻrtacha harorati shimolda iyulda 27°, 29°, yanvarda 14°, 17° dan janubda 24°,26° gacha. Yillik yogʻin miqdori 1500—3000 mm. Iyun va avgust oylarida tayfunlar boʻlib turadi.
Daryolari sersuv. Ularning eng kattalari — Mekong va Xongxa. Qir va togʻlarda qizgʻish-sariq laterit, daryolarning etaklarida — allyuvial tuproqlar. Vyetnam hududining 40 % oʻrmon bilan qoplangan; togʻlarning quyi yon bagʻirlaridagi doimiy yashil tropik oʻrmonlar balandlikdagi subtropik oʻrmonlarga ulanib ketadi. Yassitogʻliklar va platolarda siyrak savanna oʻrmonlari va butalar oʻsadi. Vodiylarda bambuklar, dengiz sohillarining ayrim joylarida mangra oʻrmonlari uchraydi. Batma-Xayvan milliy bogʻi va koʻpgina qoʻriqxonalari bor. Oʻrmonlarda gibbon, makaka, ayiq va yoʻlbars, katta boʻgʻma ilon, yirik echkemarlar, oq va yashil toʻti, savannalarda hind fili, karkidon, jayran, yovvoyi buqa, jayra, tovus, burgut, delta va botqoqliklarda qizil gʻoz, laylak, qarqara, oʻrdak, yovvoyi gʻoz, daryolarida baliqlar yashaydi.
Aholisining 80 % vyetnamlar. Tailar, kxmerlar, meo yoki myaolar, man yoki yaolar, xmonglar, xitoylar va boshqa ham yashaydi. Rasmiy tili — Vyetnam tili. Aholining 20,1 % shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning — 55 % buddaviylar, 7 % katoliklar. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Xanoy, Xoshimin, Danang, Xayfon, Namdin.
Siyosiy partiyasi, kasaba uyushmasn va boshqa jamoat tashkilotlari. Vyetnam Kommunistik partiyasi, 1930-yilda tuzilgan; Vyetnam vatan fronti, VSR siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarini birlashtiruvchi yagona front, 1977-yilda tuzilgan; Vyetnam mehnat umumiy konfederatsiyasi, 1929-yilda tuzilgan. Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi.
Temir yo'lning uzunligi — 2,6 ming km, avtomobil yoʻllarining uzunligi — 300 ming km, ichki suv yoʻllarining uzunligi — 40 ming km ga yaqin. Asosiy dengiz portlari: Xoshimin, Xayfon, Danang, Xonggay, Kamfa. Xoshimin va Xanoyda xalqaro aeroportlar bor.
Vyetnam chetga neft, koʻmir, sholi, kauchuk, qalay, kofe, baliq hamda dengiz va qishloq xo'jaligi mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft mahsulotlari, oʻgʻit, poʻlat, prokat, sement, paxta, mashina asbob-uskunalari oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya. Pul birligi — dong. Mamlakatda bepul tibbiy xizmat joriy etilgan. Sharq tibbiyoti xodimlari uyushmasi huzurida keng tarmoqli davolash-farmatsevtika kooperativlari mavjud. Ularning koʻplari huzurida shifoxonalar, bundan tashqari 400 ga yaqin uyezd poliklinikalari va koʻpgina dispanserlar bor.
Ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. Vyetnamning taʼlim tizimi bir necha bosqichdan iborat: birinchi bosqich — maktabgacha taʼlim (bolalar bogʻchalari); ikkinchi bosqich — maktab taʼlimi. 5 yillik boshlangʻich taʼlim 6 yoshdan oʻtgan bolalar uchun majburiy. Mamlakatda 13092 boshlangʻich maktab boʻlib, ularda 9 mln. 725 mingdan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi. Oʻrta maktablarda oʻqish 7 yil boʻlib, ularda 3 mln. 815 ming oʻquvchi taʼlim oladi; uchinchi bosqich xunar taʼlimi (hunar-texnika bilim yurtlari); toʻrtinchi bosqich — oliy taʼlim. Mamlakatda 104 oliy oʻquv yurti, jumladan 6 unstitut bor. Ularda 120 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Xanoy universiteti (1918-yil tashkil etilgan), Xoshimin universiteti (1917-yil tashkil etilgan), politexnika, adabiyot, tibbiyot-farmatsevtika institutlari. Vyetnam hoz ziyolilarining ancha qismi oliy taʼlimni Oʻzbekistonda olishgan. Toshkentdagi deyarli barcha oliy oʻquv yurtlarida Vyetnam talabalari va aspirantlari taʼlim olgan. Vyetnamda 60 dan ortiq ilmiy tadqiqot muassasasi bor. 1977-yil tashkil etilgan „Ngiado“ institut. markazida matematika, fizika, kimyo, biol. va Yer haqidagi fan sohasida tadqiqotlar oʻtkaziladi. 1977-yilda Fanlar akademiyasi tashkil etilgan. Vyetnamdagi yirik kutubxonalar: Xanoy, Xoshimindagi markaziy va ilmiy kutubxonalar, universitetlarning kutubxonalari. Xanoyda tarix, Vyetnam xalq armiyasi, Inqilob, Xoshiminda milliy muzey, „Amerikalik agressorlarning jinoyatlari“ muzeyi bor.
Oʻzbekiston — Vyetnam munosabatlari — VSR tashqi ishlar vazirining 1994-yil fevralda OʻzRga tashrifi chogʻida imzolangan „Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim“ va Oʻzaro maslahatlashuvlar haqidagi bayonnoma iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga imkon yaratdi. OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning 1996-yil mart oyida VSR ga rasmiy tashrifi ikki mamlakatning oʻzaro munosabatlarida yangi bosqich boʻldi. Tashrif yakunida „Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vyetnam Sotsialistax Respublikasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari va hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma“, „Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida“, „Savdo-iqtisodiy va fan-texnika hamkorligi boʻyicha Oʻzbekiston — Vetnam hukumatlararo komissiyasini tuzish haqida“gi kelishuvlar va b. hujjatlar imzolandi. OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Vyetnam tashqi savdo banki hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar. Oʻzbekistonning VSR bilan tovar aylanmasi 1996-yilda 4,4 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Oʻzbekiston Vyetnamga pilla, yogʻ va moy, elektr asbob-uskunalari yuboradi va undan choy hamda turli xizmatlar oladi. OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida „Dongshon“ va „Oʻz-Hishako-Interneyshnl“ qoʻshma korxonalari tashqi iktisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatga olingan. Ular toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi, savdo-vositachilik amaliyoti, shuningdek pilla va ipak chiqitlarini harid qilish bilan shugʻullanadi. Bir necha yillar davomida Oʻzbekistonda Vyetnam uchun mutaxassislar tayyorlangan. Mutaxassislar asosan energetika, qurilish, avtomatika va hisoblash texnikasi, gidrogeol., injenerlik geol.si, tibbiyot, yurisprudensiya, sharqshunoslik, qishloq xo'jaligi va melioratsiya kabi sohalar boʻyicha tayyorlangan. 1995-yil 22-dekabrda „Oʻzbekistan — Vyetnam“ doʻstlik jamiyati tuzilgan.
Indochina; Bu inglizlar va fransuzlar mustamlakasida edi. Napoleon III davrida fransuzlar Annam, Cambac, Going va boshqa hududlarda oʻz hayotlarini oʻtkazdi va ayni paytda inglizlarning Hindiston va Birma orqali Indochinaga kirib Mekongda toʻqnashdilar va oxir-oqibat ushbu oqim chegarasini yaratdi. Ikkinchi jahon urushida Indochina Yaponiya tomonidan qamal qilingan. Bu davlat 1945-yilda yangilanishi kerakligini tushunganida, u yerda millatchilik hissiyotlarini tarqatadi va mintaqadagi odamlarni qurolli qildi. Hindistonda uchta mustaqil davlatni (Vyetnam, Laos va Kambodja) tashkil etishni eʻlon qilib, Vyetnamni imperator Bao Dai boshqaradi. 1945-yilda Fransiyadan Indochinaga birinchi qoʻshinlar Angliyadan kelgan. Ular Saigonga kelganlarida vaziyatni aralashtirib yuborishdi. Milliyatchi guruhlar oxirgi urushdan noqonuniy foydalanish orqali nazorat o'rnatishga harakat qilar ekan, 1946-yilning oxirida "Ozod Fransiya" askarlari mintaqadagi fransuzlarning hayotini himoya qilish uchun kurash olib bordilar.
Vetnam dunyo bo'ylab mamlakatlar bilan bir qator erkin savdo shartnomalarini imzoladi, ASEAN erkin savdo zonasi a'zosi, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Laos, Myanma, Kambodja o'rtasida savdo bloki. Vetnam 7 ta mintaqaviy va ikki tomonlama erkin savdo bitimlarini, shu jumladan Vetnam Evropa Ittifoqi FTA va ASEAN Gonkong FTA-ni, shuningdek 70 ta er-xotin soliq shartnomalarini (DTA) imzoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |