Qisqacha xulosalar
1. «O‘zbekiston iqtisodiyoti», bir tomondan, fanlararo kurs, ikkinchi tomondan, ma’lum mamlakatning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy milliy xo‘jaligi.
2. Mustaqillikdan keyin O‘zbekiston iqtisodiyotining xarakteri, mazmun-mohiyati butunlay o‘zgardi, u milliy xo‘jalikka aylandi. Uning rivojlanishi inson va resurslar salohiyatida, ishlab chiqarish moddiy-texnika asosida, ijtimoiy-iqtisodiy tizimida, madaniy an’analarida, boshqarish usullarida, jahonda tutgan o‘rnida o‘zgarishlarni aks ettiradi.
3. O‘zbekiston iqtisodiyoti biqiq, avtarkizmga asoslangan yopiq xo‘jalik emas, balki u jahon xo‘jaligi doirasida faoliyat ko‘rsatadi va rivojlanadi.
4. O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining muhim sifat ko‘rsatkichlari uning raqobatbardoshligi, ochiqligi, eksportda xomashyo emas, tayyor mahsulotlar, yuqori texnologiyali tovarlar hissasining ortishidir.
5. O‘zbekistonda iqtisodiyotni boshqarishning bozor va davlat dastaklaridan foydalaniladi. Bu usulning samarasini global moliyaviy iqtisodiy inqirozning ta’siri va oqibatlari yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |