Qisqacha xulosalar
1. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, bozor munosabatlari sharoitida rivojlana borib, o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot modelini qabul qilishi lozim edi.
2. Ana shunday model sifatida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ilgari surgan «o‘zbek modeli» qabul qilindi. Unga asos qilib bozor munosabatlariga o‘tishning beshta tamoyili olindi.
3. «O‘zbek modeli» barcha sinovlardan o‘tib, xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi va o‘zining yuksak samaralarini namoyish etmoqda.
4. «O‘zbek modeli» rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda ichki sharoit va imkoniyatlarga, xalqning tarixi, mentaliteti va turmush tarziga tayanadi.
5. «O‘zbek modeli» statik tushuncha emas, u mavjud sharoitda yangi yo‘nalish, vazifa, maqsad va tamoyillar bilan boyib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |