Turizm va mehmondorchilik asoslari


Turistlar xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilishning ayrim funksional normativ-huquqiy jihatlari



Download 103,97 Kb.
bet11/15
Sana27.06.2022
Hajmi103,97 Kb.
#708790
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Bozorov Shamshod 3-3

Turistlar xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilishning ayrim funksional normativ-huquqiy jihatlari (3-jadval)


Turistlarga qanday huquqlar berilishi lozim


qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak


Davlat sektori hamda xususiy sektor nima qilishi kerak

Turistning shaxsiga yoki mol-mulkiga jiddiy tajovuz qilinishi munosabati bilan eng tez aloqa vositalari yordamida o‘z oilasiga xabar berish


Turist kelgan mamlakatda uning shaxsiga yoki mol-mulkiga jinoiy tajovuz qilinishi munosabati bilan uning hayotini va mol-mulkini saqlab qolish maqsadida uni o‘z mamlakatiga tez repatriatsiya qilish


Turistlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish masalalari bo‘yicha xabardorlik darajasini oshirish uchun turizm xodimlari va jamoatchilik orasida axborot tarqatish


Milliy ijtimoiy sug‘urta tizimi doirasida tez va muvofiq tibbiy yordam olish


O‘g‘irlangan va keyinchalik topilgan mol-mulkni turist kelgan mamlakatga qaytarish


Turistlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish uchun bevosita yoki bilvosita javobgar bo‘lgan turli kasb egalarini tayyorlashni barcha zarur vositalar bilan rag‘batlantirish


Chet ellikdan garov puli kiritishni talab qilmasdan, turistga tajovuz qilgan shaxslarga qarshi milliy sudda sud ishi, shu jumladan jinoyat ishi ochish hamda yuridik yordam olish


Turistlarga yoki mahalliy aholiga qarshi bunday harakatlarga boshqa yo‘l qo‘ymaslik uchun ishni sudda ko‘rish


Turistlar hayoti va mol-mulkini qo‘riqlash chora-tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqish, salbiy oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sayohat paytida sodir bo‘luvchi barcha jarayonlarni tartibga solish



Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va organlar o‘rtasida yaxshi aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lmasa, turistlar sayohat paytida ma’lum muammolarga, shu jumladan jinoiy unsurlar tomonidan turistlar hayoti yoki mol-mulkiga tajovuz qilish, ayrim tashkilotlar (umumiy ovqatlanish tarmoqlari, joylashtirish vositalari va h.k.) tomonidan malakasiz xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash keladilar. O‘zR «Turizm to‘g‘risida»gi qonunining 18-moddasiga muvofiq, «turistik faoliyat sub’ektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash, ular jarohatlanganda, kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy va o‘zga xil yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar». Xullas, turistik firmalar marshrutlarning xavfsizligini qonun tartibida tekshirishlari shart.
Bundan tashqari, turistik ahamiyatga molik infratuzilma ob’ektlari mavsum paytida o‘qtin-o‘qtin yuzaga keladigan turistlarning katta-katta oqimlarini atrof muhitga va umumiy ovqatlanish sohasidagi sanitariya holatiga salbiy ta’sirlarsiz qabul qilish layoqatiga ega bo‘lishini ta’minlashni qonun yo‘li bilan tartibga solish chora-tadbirlari ham ko‘rilishi lozim. Sog‘liqni saqlash chora-tadbirlarini ko‘rish lozim deb topilgan hollarda turistlarga ularning salbiy ta’sirini mumkin qadar cheklash ham muhim ahamiyatga ega.
Ba’zan turistlar ekspluatatsiya, zo‘rlik ishlatish ob’ektlariga aylanadilar. Bu munosabat bilan mazkur jinoiy xatti-harakatlarning tashkilotchilariga nisbatan qattiq choralar ko‘rish zarur, aks holda mamlakat turistik safarga chiqish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Boshqa tomondan, shunday salbiy hodisalar ham uchrab turadiki, ba’zan turistik firmalar ma’lum shaxslarni fohishaxonalarda ishlash, norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun chet elga turist sifatida maxsus yuboradilar. Vaholanki, mazkur sohalar ko‘pincha uyushgan jinoyatchilik ta’siri ostida bo‘ladi.
Turistlar bilan jismoniy (yoki yuridik) shaxslar o‘rtasida yuzaga keluvchi bahslarni suddan tashqarida tez hal qilish uchun JTT ekspertlari tegishli organ, masalan, umumiy yoki maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati yoki shikoyatlar bo‘yicha vositachi organ tuzishni tavsiya etadilar. Turistlar ularga murojaat etib, yuzaga kelgan muammolarni hal qilishlari mumkin, chunki bu ularning huquqiy manfaatlari, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi manfaatlari bilan bog‘liq.
Turistlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlatlararo hamkorlik ham, ayniqsa, tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar, yirik avariyalar va epidemiyalar sodir bo‘lgan hollarda, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Boz ustiga, turistlar hayoti yoki mol-mulkiga jiddiy tajovuz qilingan, ayniqsa, ular terroristik aktlar natijasida jabr ko‘rgan hollarda qabul qiluvchi mamlakat zudlik bilan turistlar kelgan mamlakatga (agar imkoniyat bo‘lsa, diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari orqali) jabr ko‘rgan shaxslarning sog‘lig‘i hamda yuqorida zikr etilgan hodisaning tafsilotlari to‘g‘risida barcha zarur axborotni taqdim etishi shart.
Turizm bo‘yicha 1989 yil Gaaga Deklaratsiyasining 8-tamoyilida shunday deyiladi: «Turistlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish, shuningdek ularning qadr-qimmatini hurmat qilish turizmni rivojlantirishning zarur shartidir»1. Bu munosabat bilan ekspertlar quyidagilarni taklif qiladilar:
  • turistik safarlar, sayohatlar va tashriflarni soddalashtirish chora-tadbirlarini turistlarning hamda turistik ob’ektlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish chora-tadbirlari bilan birga amalga oshirish;


  • bu maqsadda turistlarning hamda turistik ob’ektlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilishga yo‘naltirilgan samarali siyosatni ishlab chiqish;


  • turistlar foydalanganligi uchun alohida e’tibor berishni taqozo etuvchi turistik tovarlar, ob’ektlar va asbob-uskunalarni aniq belgilash;


  • tegishli hujjatlar va axborotni tayyorlash hamda turistik ob’ektlarga xavf-xatar tahdid solgan hollarda mazkur hujjatlar va axborotdan foydalanilishini ta’minlash;


  • har bir mamlakatning qonunchilik tizimiga xos tartib-taomillarga muvofiq, turistlarni himoya qilish sohasidagi yuridik qoidalarni bajarish;


  • turistlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi chora-tadbirlar dasturlarini tuzishda davlatlar JTT doirasida hamkorlik qilishlariga erishish.




Download 103,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish