Buyuk Britaniyaning ichki savdoda xizmat ko’rsatish sohasining tahlili.
Buyuk Britaniya 2 – jahon urushidan keyin ishlab chiqarish va mashinasozlik sohalari
hissasi 1/3 dan 1/5 gacha kamaydi, xizmat ko’rsatish sohasi kengaydi va mamlakat
foydasining salmoqli qismini tashkil qildi. Shuning uchun Buyuk Britaniyaning
Amerika Qo’shma Shtatlari va Yaponiya bilan sherikchilik aloqalarini ko’rib chiqish
zarurati tug’ildi. Boshqa Sharqiy Osiyoning rivojlangan mamlakatlari Buyuk Britaniya
ochiq bozorlarida savdo – sotiq qilmoqdalar. Shunday qilib Buyuk Britaniya faqat
hamdo’stlik mamlakatlari bilan emas, balki Evropa, Osiyo va Shimoliy Amerika
mamlakatlari bilan ham hamkorlik qiladi. Buyuk Britaniya jahonda aloqa qilish
bo’yicha Amerika Qo’shma Shtatlaridan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Buyuk
Britaniya iqtisodiyotini xarakterlaydigan belgilardan biri ichki va tashqi bozorlarda
13
xizmat ko’rsatish sohasining o’shishidir. U aholining real foydalarini aks ettiradi. Talab
kuchaygan maishiy xizmat ko’rsatish sektorlari mexmonxonalar, turizm, ulgurji savdo,
moliya va dam olish turlarini o’z ichiga oladi.
Bundan tashqari aviasug’urta (Buyuk Britaniya bu xizmatning barcha turlaridan
2/5 qamrab 1-o’rinda) va dengiz sug’urtasi (Buyuk Britaniyada barcha xizmat
turlarining 1/5 qismi) ko’rsatiladigan xizmatlarning hajmi oshib bormoqda. Oldin
umuman mavjud bo’lmagan yoki bozorda unga katta bo’lmagan qismni egallagan
boshqa sektorlar o’z salmog’ini ancha oshirdi. Bular komyuter ishlab chiqarish,
irogrammalar bilan ta’minlash, reklama, bozorni o’rganish, konferensiya, taqdimot va
namoyishlar o’tkazishni o’z ichiga oladi. Yevropada Buyuk Britaniya eksport qilish va
xizmat ko’rsatishda oldingi o’rinlarni egallaydi.
Buyuk Britaniyada xizmat ko’rsatidhni tahlil qilayotganda uni xalqaro aloqalarning
boshqa turlari, ya’ni mehnat bozoridagi aloqalarini sezish qiyin emas. Oxirgi paytlarda
Buyuk Britaniyada chrt tillarini o’qitish sektori jadal suratlarda rivojlanib bormoqda.
Ayniqsa o’rta va oily ta’limga xorijiy talabalarni jalb qilib ingliz tilini o’rgatish
rivojlanmoqda. Agar chet el fuqarolarining migratsiya holati ularni ingliz tilini
o’rganishga undamaganida ushbu xizmatlar doirasi ancha tor bo’lar edi. Xalqaro
moliyaviy bozorning kengayishi zamonaviy odamdan ingliz tilini o’rganishni talab
qiladi. Moliyaviy xizmat ko’rsatishda ham Buyuk Britaniya 1-o’rinni egallaydi.
Kapitalning xalaqaro harakati va texnologiyalar almashinuvi.
Uzoq vaqt mobaynida Buyuk Britaniya valyutasi xalqaro valyuta bozorida yetakchi
o’rinni egallab kelgan. Keyingi bir necha o’n yillar mobaynida bu o’rinni dollar bilan
bo’lishib keldi. Yetakchi o’rinni egallash xohishi Londonni funtdan voz kechib dollarni
qabul qilib Yevropa Ittifoqiga kirishni xohlamasligiga sabab bo’ladi. 1999-2000 yillarda
Buyuk Britaniya investitsiya jalb qilish bo’yicha rivojlangan mamlakatlar o’rtasida 2-
o’rinni egallagan edi va yana 2005 yil 1-o’ringa chiqdi.
Buyuk Britaniya banklari bugungi kunda mablag’ va moliya bozorlarida XXI
asrning bir necha 10 yillaridagidek muhim rol o’ynamasada, London Nyu-Yorkdan
keyingi yirik moliya markazi bo’lib qoladi. Bugungi kunda iqtisodni tartibga solish va
bank tizimining iqtisodiy erkinligi tizimi bo’yicha Buyuk Britaniya Singapur, Yangi
14
Zenlandiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Shetsariya va Malayziyadan so’ng 6-o’rinni
egallaydi. Pul bozorining eng qulay infrastrukturasiga ega bo’lgan Buyuk Britaniya pul
aylanmasi bo’yicha Evropaninig pul va mablag’lar bozorlarida etakchi o’rinni egallaydi.
Chet el banklari hisobi bo’yicha London 1-o’rinni egallaydi. Operatsiya sonining hajmi
bo’yicha Nyu-York va Tokiodan keyingi Londonning fond birjasi 3-o’rinni egallaydi.
London capital bozoriga chet el aksiyalarining oldi-sotdisining60 % i to’gri keladi.
Buyuk Britaniyaning asosiy hususiyatlaridan biri bu Britaniya moliya sektorining
ho’jalik quvvati, milliy iqtisodiyotining potensialidan ancha yuksakligidir.
Bugungi Buyuk Britaniyaninig texnologiya almashishdan maqsadi nafaqat
iqtisodiy tomondan, balki siyosiy jihatdan ham yutish xohishi borligi. 2006 yil martda
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya davlatlari Eronga yader qurolini tarqatmaslik va
to’yintirilgan uran bilan bog’liq bo’lgan dasturdan voz kechishi to’grisidagi qo’shimcha
bayonnoma evaziga texnologiyalarni almashish bo’yicha hamkorlik qilishni va’da
qilishdi. So’z ketayotgan qo’shimcha bayonnoma bo’yicha, atom energiyasi xalqaro
agentligi inspectorlari yadro ob’ektlarida tekshiruvlar o’tkazishlari ko’zda tutilgan edi.
Eron prizidenti Muhammad Xotamiy bu masala yuzasidan tezda muzokalar
o’tkazishga va’da berdi. Biroq bu taklif Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan keskin
harakat qilishga undadi. Diplamatlarning aytishicha, amerika ma’muriyati Evropa
davlatlarini bu xatni yubormaslikka bir necha marta urinishlari samara bermadi. Siyosat,
iqtisodiyot va milliy havfsizlik uyg’unlashuvi bugungi kunda ko’pgina rivojlangan
davlatlarga xos hususiyat. Bu borasidagi muzokaralar ko’pincha yo hamkorlikka, yo
qarama – qarshilikka olib keladi. Davlatlar xalqaro capital va texnoligiyalar hamda
mehnat bozorida musobaqalashdilar.
Buyuk Britaniyada migratsiya jarayonining ko’lami.
Tanqidchilar an’anasiga ko’ra ma’lumotli va mutahasis odamlar savdo va ishlab
chiqarishda ishlashga bormayotganligi sababli, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti madaniy
faktorlardan zarar koryapti, deb ta’kidlashmoqda. Buning natijasida Buyuk Britaniya
ishchi kuchining mehant samaradorligi pastligidan iqtisodiyotning ishlab chiqarish
sektoriga oz miqdorda mabag’ sarflayotganligidan, boshqaruv personalining zaifligi va
muttahasisligidan, xamda fan va texnika rivojlanishiga kam mablag’ sarflayotganligidan
15
boshqa davlatlardan ancha orqada. Bu esa ishchi kuchini jalb qilish Buyik Britaniya
ishlab chiqarishini rivojlanishini bildiradi.
Keyingi 10 yillikda Buyuk Britaniya ishchi kuchi va mutahasislarning oqimi
uchun mahnat bozorini keng ochdi. Buyuk Britaniyada har yili xorijiy talabalar yashash
uchun va ovqatlanish uchun 3 mlrd funtdan ortiq sarflashadi. Hozirda Buyuk Britaniya
maktablarida 11 mingga yaqin xorijiy o’quvchilar ishlaydi. Tibbiyot va boshqa jamoat
korxonalarida yuqori malakali xorijiy mutahasislar ishlamaganda bundan yuqori
natijalarga erishmagan bo’lar edi. Shuning uchun keyingi yillarda migratsiya masalasi
kun tartibida turibdi. Buyuk Britaniyaning tub aholisining bu masalasi yuzasidan tutgan
o’rnini tushunish oson. Ular hukumatdan yuzaga kelayotgan sharoitga javoban chora
ko’rishni kutishyapti. Ulat migratsiya jarayonini davlat qattiq nazorat ostiga
olgandagina, qabul qilishga tayyolar. Moliya vazirligining hisobotlariga ko’ra, agar
migratsiya jarayoni to’xtatilsa davlatning iqtisodiy o’sishi keyingi 2 yil mobaynida 0.5
% ga kamayadi. Agar davlat tushimi kamaysa, ijtimoiy muhtojlarga ajratiladigan
mablag’larning kamayishiga va shaxsiy va oila turmush tarzining pasayishiga olib
keladi. Buyuk Britaniya uning hududida ishlash yashash va o’qish uchun saralangan
holda ruxsat ololmadi.
Bundan ancha ko’p chet el fuqarolari uchishga qo’yilmasdan aeroportlarda ushlab
qolindi. Evropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar o’rtasida Buyuk Britaniyada
past malakali ishchilar soni ancha kam. Masalan, xorijiy ishchi kuchi Buyuk
Britaniyada 8 % ni, AQSh da 15 %, Avstraliyada 25 % ni tashkil qiladi. Ichki ishlar
vazirligining ma’lumoticha Buyuk Britaniyada 570 minggacha yaqin noqonuniy
immigrant yashaydi, 2001 yili tahminan 430 mingga kishi yashar edi, Bu Birlashgan
Qirollik aholisining 0.7 % ini tashkil qiladi. Buyuk Britaniyada ko’chib ketish jarayoni
ham rivojlangan. Bitta Yangi Zenlandiyaning o’zida 200 mingga yaqin britaniyaliklar
yashaydi. Avstraliya uchun Buyuk Britaniya asosiy malakali ishchi kuchi bilan
ta’minlovchi bo’lib qoladi. 1999 yili migratsiya darajasi 1000 yashovchiga 1.11 ni
tashkil qildi. Aholining migratsiyasi Buyuk Britaniya iqtisodiyotining muvaffaqiyatli
rivojlanishining asosiy sababi hisoblanadi, migratsiya ko’rsatkichlari umumevropa
darajasidan oshib ketmaydi va hukumat uning hududida yashovchilar va ishlovchilar
16
masalasiga alohida yondashadi. Kelgusida hukumat cheklovchi qonunlar qabul qilsada,
migratsiya oqimi 7 % dan oshib ketmaydi.
Buyuk Britaniyaning Evropa integratsiyasi jarayoniga qo’shilish darajasi.
Britaniya Imperiyasi bir necha yuz yillar mobaynida bunyod etildi. XIX asr oxiri XX
asr boshlarida Kanada, Avstraliya, Yangi Zenlandiya va Janubiy Afrikalar ajralib
boshqaruvni o’z qo’llariga olgan bir paytda Imperiya Britaniya Imperiyasi va
hamdo’stligiga
aylandi.
XX
asr
o’rtalarida
Britaniya
hukumati
ko’pgina
mustamlakalarga ajralishga ruxsat bergandan so’ng Britaniya Imperiyasi va
Hamdo’stlik oddiygina Britaniya Hamdo’stligi bo’lib qoldi. Hindiston va Pokiston 1947
yili mustaqillikka erishdi. 50-60 yillari Afrila mustamlakalari va Osiyo hududlari
mustaqillikka erishdi. Ko’pgina davlatlar mustaqillikka erishganidan so’ng Britaniya
Hamdo’stligiga aylandi. Ulanda mustamlaka o’tmishdan voz kechish yoki mustaqil
davlat huquqini saqlagan holda Hamdo’stlikda qolish imkoniyati bor edi. Turli
sabablarga ko’ra ko’pgina mustamlakalar Hamdo’stlik tarkibida qoldilar. Shunday qilib
sobiq mustamlakalar 50 ta mustaqil davlatning erkin asotsiatisiyasini tashkil qildilar. Bu
tarixiy integratsiyon ittifoq eng ko’p sonli va eng uzoq muddatli birlashmadir.
Hamdo’stlikka yer aholisining 4 dan 1 qismi kiradi. Hamdo’stlikka a’zo davlatlarning
boshliqlari yoki vazirlari 2 yildan bir konferensiyaga yig’ildilar. Ushbu uchrashuvlarda
umumiy muammolar muhokama qilindi va echim topadi. Lekin keyingi yillarda bu
muammolarni echishda Buyuk Britaniyaning roli ancha past. Londonda Hamdo’stlik
siyosatini boshqaruvchi kotibiyat joylashgan. Bunga qo’shimcha ravishda ko’pgina
hamkorliklar, kutubxonalar, korxonalar va talabalar almashish dasturlari mavjud.
Hamdo’stlik fuqarolari Buyuk Britaniyaga immigrant sifatida ketishadi. Ingliz tili
ko’pgina shevalar qatorida hamdo’stlikning umumiy tili hisoblanadi. Hamdo’stlik
o’yinlari to’rt yilda bir marotaba o’tkaziladi. Qishloq ho’jaligi, sog’liqni saqlash,
mashinasozlik va ta’lim sohasidagi Buyuk Britaniya va Hamdo’stlik o’rtasida umumiy
dasturlarga amal qilinyapti. Keyingi paytlarda, Hamdo’stlik haqiqatan ham dunyodagi
nufuzli tashkilotlardan biri ekanligiga shubha uyg’onadi. Shubhasiz, bu tarixiy ittifoq
siyosiy yoki iqtisodiy emas. Keyingi 30 yil mobaynida Buyuk Britaniya
Hamdo’stlikdan uzoqlashgan holda, davlatni siyosiy va iqtisodiy sohada Evropa va
17
Evropa Ittifoqiga yaqinlashtirmoqda. 1973 yil Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lmasidan oldin
Buyuk Britaniya savdo sohasida Hamdo’stlik davlatlari o’rtasida imtiyozga ega edi.
Evropa ittifoqiga a’zo bo’lishi Hamdo’stlik davlatlari bilan savdo aloqalarini tugashini
bildirdi. Buyuk Britaniya Evropa bozoriga katta e’tibor qaratayotgan bo’lsada, Evropa
ittifoqiga a’zo bo’masidan oldingidek savdo sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda.
Buyuk Britaniya, Irlandiya respublikasi va Daniya, 1972 yili EAST tarkibidan chiqib, 1
yanvar 1973 yili Evropa iqtisodiy ittifoqiga (YE.E.S.) a’zo bo’ldilar. YE.E.S. ning
maqsadi Evropa davlatlarining iqtisodini rivojlantirish, iqtisodi past davlatlarga
molyaviy yordam ko’rsatishdan iborat. 1986 yili Evropa ittifoqiga a’zo davlatlar yagona
Evropa bozorini tashkil qildilar, 2001 yildan yagona valyuta – evro kuchga kirdi. Buyuk
Britaniya yangi parlament saylovlarigacha yagona valyuta tizimiga a’zo bo’lish
masalasi to’htatib qo’ydi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniya o’zining iqtisodini buguni va ertasini Evropa
bozorisiz tasavvur qila olmaydi. Evropadagi hamkorlik va xavfsizlik tashkilotiga a’zo
bo’ldi. Bu tashkilotga 54 davlat a’zo. Buyuk Britaniya BMT ga a’zo bo’lib, Amerika
Qo’shma Shtatlari bilan hamkorlik qiladi. BMT xavfsizlik qo’mitasining doimiy a’zosi
NATO guruhiga 19 mamlakat qiradi, Buyuk Britaniya ham uning a’zosi hisoblanadi.
Buyuk Britaniya 31 davlatni o’z ichiga olgan iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkilotining a’zosi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya butun dunyo savdo tashkiloti,
Xalqaro Valyuta fondi, Dunyo banki, bir qancha xalqaro rivojlanish va Evropa
Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Evropa investitsiya banki, Parij va London qlublarining
a’zosi.Buyuk Britaniya integratsiya jarayonida faol qatnashib, mintaqalararo va Evropa
tashkilotlari tarkibiga kiradi. U xalqaro iqtisodiy va moliyaviy kelishuvlarni qabul
qilishda asosiy rol o’ynaydi.
Buyuk Britaniya hududida maxsus iqtisodiy zonaning rivojlanishi. Mahsus
iqtisodiy zona mamlakat xo’jaligining asosiy qismi hisoblanadi. Bu zona mahsulotni
ishlab chiqarishni taqsimlash, mamlakat ijtimoiy iqtisodiyoti rivojlanishi uchun aniq bir
maqsadga yo’naltirilgan, shuningdek chet el mahsulotini ham taqsimlash mavqeiga ega.
Iqtisodiy erkin zona bir yoki bir necha ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni echa oladi. Bu
muammolar ho’jalik sub’ektni va xo’jalik amaliyoti natijasida paydo bo’ladi. Ko’p
18
hollarda bu dunyo ho’jaligiga ko’p SYEZ orqali integratsiyalashish maqsadida qilinadi.
Buyuk Britaniya integratsiya yuqori bosqichda,lekin uning chegarasida SYEZ mavjud.
Erkin iqtisodiy zonalarning klassifiqatsiyasi mavjud. Bu klassifiqatsiya zonalar
joylashishi konfiguratsiyalari SYEZ joylashgan hududning hajmi undagi mavjud ishlab
chiqarish va boshqa resurslarning sifati, tabiiy iqtisodiy sharoiti, resurslarning sotilishi,
hukumat o’z oldiga va SYEZ ni tashkil qilishda qo’yilgan vazifalar va maqsadga
erishish, ho’jalik faoliyatining turi, hukumatning ruhsati bilan ajratilgan SYEZ,
territoriyaning milliy muammolarini yechimini o’z ichiga oladi. Bu zonalarda chet el
tovarlari tomojniya solig’isiz sotilishi, sotib olinishi va saqlanishi mumkin. Evropada
birinchi bunday zona 50-yillarda Irlandiyada tashkil topdi. Keyin bunday zonalar asosan
rivojlangan davlatalarga yoyilgan. Bugungi kunda Buyuk Britaniya hududida bunday
zonalar mavjud emas. Hozirgi sanoat ishlab chiqarish yoki eksport qiluvchi zonalar
keng tarqalgan. Bu zonalarda import yarim tayyor mahsulot asosida eksport uchun
ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari ochilmoqda. Buyuk Britaniyada bu turdagi
korxonalar Enterprize Zones yoki tadbirkorlik zonalari deb ataladi. Bu zonalarning
farqlanuvchi hususiyati shundan iboratki, imtiyozli vayuta, moilyaviy va huquqiy
tartibdan foydalanib, zona hududidagi davlatning nufuzli sanoat korxonalarining
rivojlanishini ta’minlaydi. Buning uchun xorijiy valyuta yoki mahalliy, shtat, federal
hokimiyatining investitsiyasi jalb qilinadi. Bu esa mahalliy xom – ashyodan, yarim
tayyor mahdulotlardan yanada samarali foydalanish, ishlab chiqarish boshqaruviga
yangi zamonaviy usullarni kiritish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va
mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy jadal rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi.
Ilmiy – texnologik zonalar. Ilmiy texnologik zonalarni alohida mustaqil
guruhga ajratish mumkin. Zamonaviy tilda ular texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy
parklar, texnologik markazlar, ishchi markazlar deb ataladi. Buyuk Britaniyada mavjud
tadqiqot parklarida ilmiy texnika yangiliklari texnik na’munasi yaratilish bosqichigacha
ishlab chiqiladi. Bunday parklar sanoat kompaniyalari, ilmiy tadqiqot va tajriba –
konstruktorlik korxonalarini o’zida birbirlashtiradi. Bostondagi park komputer
texnikasini ishlab chiqaruvchi 700 ta sanoat korxonasini o’z ichiga oladi. Lekin va ilmiy
ko’rilmalar uchun ajratilgan 22 mln kv fut hududning 2/3 qismini ilmiy – tadqiqot va
19
tajriba – konstruktorlik bilan shug’ullanuvchi korxonalar egallaydi. Maxsus iqtisodiy
zonalarni ushbu turini rivojlanishi va tarkibini taqqoslashda quyidagilarni aytib o’tish
lozim: 1986 yil boshida Amerika Qo’shma Shtatlarida 100 dan ortiq park, Fransiya va
Buyuk Britaniyada 80 yillarda parklar soni 3 dan 20 gacha va 36 gacha; Germaniyada
18 tagacha oshdi. 80 yillar oxirida Evropada 60 ta park mavjud edi va yana 50 ta ilmiy
park tashkil qilindi.Yaponiyada 20 ta texnopolis, Osiyoninig yangi industrlashgan
mamlakatlarida 10 ga yaqin texno parklar mavjud. Keyingi yillarda maxsus iqtisodiy
zonalarning integratsion zonalar bilan hamkorligi rivojlanib bormoqda. Ular o’z
navbatida milliy va dunyo iqtisodi bilan bog’liq bo’lgan erkin savdo zonalarini keltirib
chiqaradi. Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda Evropa umumiy bozorga va
kelgusida mablag’ oqimi, ishchi kuchining harakatini, savdoga nisbatan ijtimoiy, soliq
va pyl siyosatini ta’minlovchi to’liq iqtisodiy ittifoqni tuzishga intiladi. Buyuk Britaniya
va boshqa Evropa davlatlarining o’z oldiga bunday vazifani qo’yishdan maqsad maxsus
iqtisodiy zonaga a’zo bo’lgan davlatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini maksimal
darajada tenglashtirish.
Ushbu jarayon XX asr boshlarida o’zining yakunlovchi bosqichiga o’tdi. Bunday
umumiy bozorning hususiyati shundaki, tovarning bir qismini ishlab chiqarib, milliy
iqtisod uchun qulay bo’lgan sifat Tovar bilan ayriboshlash imkomiyatini yaratadi.
Buyuk Britaniya xalqaro mehnat taqsimotida. Xalqaro mehnat taqsimlanishi
erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinishini va integratsion jarayonlar bilan bog’liq. Buyuk
Britaniya ikkala jarayonda ham faol qatnashganligi sababli sanoat mahsuloti ishlab
chiqaruvchi sifatida xalqaro mehnat taqsimotida qatnashadi. Buyuk Britaniyani xalqaro
mehnat taqsimotidagi o’rnini aniqlashda uning raqobatdoshligi yordam beradi. Ushbu
ko’rsatkich davlat texnologik, sanoat imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Natijada strategik
xomashyo, iste’mol mahsulotlari baholari taqqoslanadi. Raqobatbardoshlik bo’yicha
Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqi davlatlari o’rtasida salmoqli o’rinni egallaydi.
Buyuk Britaniya, yetakchi tijoratchi davlat va moliyaviy markaz, G’arbiy
Evropaning trillion dollarlik iqtisodiyotga ega beshlikning biri. O’tgan yigirma yillikda,
hukumat ijtimoiy egalik qilishni qisqartirdi va ijtimoiy farovonlikning yuksalishiga ega
bo’ldi.
Qishloq
ho’jaligi
intensive
o’shishga
ega,
yuqori
darajada
20
mexanizatsiyalashtirilgan va ijtimoiy farovonlikning Evropa standartlari bo’yicha
samarali, taxminan 60 % oziq – ovqat ishlab chiqarish uchun 2 % dan kamroq ishchi
kuchi sarflanadi. Buyuk Britaniya katta miqdorda ko’mir, tabiiy gaz va neft resurslariga
ega, ammo neft va tabiiy gaz zahiralari tanazzulga uchramoqda va 2005 yil Buyuk
Britaniya energiya importyo’ri bo’ldi. Energiya sanoati hozirda YaIM ning taxminan 4
% ini tashkil qiladi. Hizmat ko’rsatish, jamg’armalar, sug’urta va biznes YaIM da juda
katta mutanosiblikda hisobga olinadi, muhim sanoat inqirozi davom etayotgan paytda,
1992 yildagi pasayish paydo bo’lganligi sababli juda uzoq muddatni rivojlantirish
Buyuk Britaniya iqtisodiyotini egalladi. G’arbiy Evropaning muhim yuksalish
mobaynida glabal iqtisodiy sinish, pasayish kredit va uy narxlarining tushishi, nima
bo’lmasin 2008 yilning oxirgi yarmida pasayishni e’lon qildi.va BROWN hukumatini
undadi iqtisodiyotni rag’batlantirishni amalga oshirishga va moliyaviy bozorlarni
barqaror qilishga. Bu quyidagilardan iborat:
- qisman milliy jamg’arish sistemasi
- soliqlarni qisqartirish
- ommaviy sector qoidalarini vaqtincha to’xtatish
- ilg’or loyihalarni olib kelish
Angliya banki Evropa Markaziy banki bilan narxlar harakatini moslashtirdi, ammo
Buyuk Britaniya Evropa iqtisodiyoti va Monetar birlashmadan tashqaridan ekanini
angladi va fikrlar yig’indisi shuni ko’rsatadiki, aksariyat britanlar evroni qo’shishga
qarshiliklarini.
Mamlakat milliy iqtisodiyotining holatini aks etuvchi asosiy indikator – bu Yalpi ichki
mahsulot hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot yalpi iste’mol hajmi, davlat harajatlari,
eksport va investitdiyalar indeksining 2/3 qismini tashkil qiladi. Yalpi ichki mahsulot
o’shishi mamlakat iqtisodiyotining o’shishini ta’minlaydi, bundan tashqari milliy
valyuta qursini oshiradi.
Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulot Buyuk Britaniyada pasayishi kuzatilmoqda. 2008
yilning ma’lumotiga ko’ra 2008 yil III chorakka qaraganda 2008 yil IV-chorakda yalpi
ichki mahsulot 1.5 % ga kamaydi. Umumiy yillik hisob-kitoblarga qaraganda 2007
yilning yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi 2008 yilda 1.9 % ga kamaydi.
21
YaIM ning sohalar bo’yicha tarkibi:
Agriculture, qishloq ho’jaligi: 0.9%
Industry, sanoat: 22.8%
Services, hizmat ko’rsatish: 76.3% (2008 est.)
Agriculture, qishloq ho
’jaligi:
Industry, sanoat:
Services, hizmat ko
’rsatish:
Mehnat kuchlari, ishchi kuchlari soni: 31.2 million (2008 est.)
Mehnat kuchlari YaIM da tutgan o’rni:
Qishloq ho’jaligi: 1.4%
Sanoat: 18.2%
hizmat ko’rsatish: 80.4% (2006 est.)
ishizlik miqdori, unemployment rate: 5% (2008 est.)
qashshoqlik darajasidan past aholi: 14% (2006 est.)
uy ho’jaliklari daromadi:
eng past, lowest 10%: 2.1%
YaIM (harid qobiliyati pariteti): $2.279 trillion (2008 est.)
YaIM (nominal):
$2.787 trillion (2008 est.)
YaIM - real o’shish:
1.1% (2008 est.)
YaIM jon boshiga (PPP):
$37,400 (2008 est.)
22
eng baland, highest 10%: 28.5% (1999)
oila daromadlari taqsimlanish - Gini index: 34 (2005)
investitsiya (gross fixed): YaIM ning 16.7% ini(2008 est.)
Budjet:
Daromad, revenues: $1.107 trillion
Harajat,expenditures: $1.242 trillion (2008 est.)
Fiskal yil, Fiscal year:
6 Aprel - 5 Aprel
Tashqi qarz,Public debt: YaIM ni 47.2% (2008)
Inflatsiya darajasi (consumer prices): 3.8% (2008 est.)
Tijorat banklari birlamchi qarz berish miqdori:
5.52% (31 December 2007)
Ichki kredit zahirasi: $5.278 trillion (31 December 2007)
Bozor narxlarida ochiq savdodagi ulushi:
$3.859 trillion (31 December 2007)
Qishloq ho’jaligi mahsulotlari: don, yog’doni(oilseed), kortoshka, sabzavotlar;
mol, qo’y, parranda; baliq
Sanoati: dastgoh, electrik anjomlar,avtomatik anjomlar, temir yo’l anjomlari, kema
qurilishi, samolyo’t, elektronik va aloqa anjomlari, metallar, dori –darmon, ko’mir,
neft,qog’oz va qog’oz mahsulotlari, oziq – ovqatga ishlov berish, tekstil, kiyim -
kechak, va boshqa tovarlar
Buyuk Britaniyada ishsizlik darajasi yanvar oyida o’sdi. Bugungi holati 11.02.09 ga
Buyuk Britaniyada ishsizlik darajasi 3.8 % ga oshdi. 2008 yil dekabr oyida bu
ko’rsatkich 3.6 % ni tashkil qildi. Ishsizlik darajasi bu – ishsizlar soni mehnatga
layoqatli aholiga nisbatan ko’rsatkichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |