"Turizm va iqtisоdiyot" fakultеti


Tovar xo’jaligi sharoitida pulning roli



Download 7,73 Mb.
bet29/254
Sana13.04.2022
Hajmi7,73 Mb.
#548048
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   254
Bog'liq
2 5267176900576417005

Tovar xo’jaligi sharoitida pulning roli
Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko’rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o’rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to’laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadii.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko’rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o’rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’ratasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o’ynaydi.
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida ayirboshlanadigan tovar yoki mahsulotning bahosi muhim rol o’ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va taklif asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo’lgan talab darajasi, sotib oluvchining to’lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadii. Shu bilan birga, pulning tovar xo’jaligi sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat.
1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste’mol tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi. Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligini oshiradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlanganligi. Ma’lumki, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan, ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat boshqaruv organlari bosimidan holi bo’lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo’jaligidagi roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchining yuqoriligi pulning roliga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini banklarga muddatli omonat sifatida qo’yishga undaydi. Bu esa pulning jamg’arma vositasi va to’lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, birinchidan, pul egalariga qo’shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo’jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
4. Inflyasiya darajasining tegishli me’yorlarda saqlab turilishi. Milliy valyutaning inflyasiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yorlardan ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inflyasiya darajasi yuqori bo’lgan sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o’zaro olib sotish yo’li bilan daromad izlash payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste’mol tovarlarga bo’lgan talabi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish