1-rasm. Pul aggregatlarini o’lchash M2 pul aggregati M1 aggregatini hamda M1 aggregati tarkibiga kirishi uchun etarli darajada likvidli bo’lmagan boshqa aktivlarni o’z ichiga oladi: chek yozib berish xususiyatidagi aktivlar (pul bozori depozit hisobraqamlari va pul bozori investitsion fondlaridagi ulushlar) va juda kam xarajat hisobiga naqd pulga aylanadigan boshqa aktivlar (jamg’arma depozitlar va kichik denominatsiyali muddatli depozitlar). Kichik denominatsiyali muddatli depozitlar denominatsiyasi 100000$ dan kam bo’lgan depozit sertifikati hisoblanib, shtraflarsiz faqatgina fiksirlangan qoplash muddatida so’ndiriladi. Jamg’arma depozitlar notranzaksion depozitlar hisoblanib, istalgan vaqtda qo’shimcha mablag’lar kiritilishi yoki olinishi mumkin. Pul bozori depozit hisobraqamlari pul bozori investitsion fondlariga o’xshash bo’lib, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqariladi. Investitsion fondlari ulushi chakana xisobvaraqlar hisoblanib, uy xo’jaliklari cheklar yozishi mumkin.
Barcha AQSh dollari qaerda? AQShda har bir odam uchun 3000$ dan ortiq naqd pullarni to’g’ri kelishi etarli darajada katta hisoblanadi. AQSh dollari banknotasi yirik gabaritli bo’lib, osonlik bilan o’g’irlanishi mumkin. Bundan tashqari AQSh dollariga foiz to’lanmaganligi bois katta miqdorda AQSh dollarining ko’pchiligimizda saqlanishi hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. O’zining cho’ntagida 3000$ olib yurgan biror kishini bilasizmi? Bizda haqli ravishda savol tug’iladi: barcha AQSh dollari qaerda va uni kimlar ushlab turibdi? Katta miqdorda AQSh dollarini o’zlarida saqlovchi guruh jinoyatchilar hisoblanadi. Agarda jinoiy faoliyatga aralashib qolgan bo’lsangiz, siz o’z tranzaksiyalaringizni cheklar orqali o’tkazmaysiz. Chunki cheklar orqali tranzaksiyalarni o’tkazilishi barchaga ma’lum bo’ladi va sizga qarshi kuchli dalil bo’lib qolishi mumkin. Bu holat nima uchun Toni Sopranoning orqa devorida katta miqdorda naqd pullar borligini tushuntirib beradi. Naqd pulda tijoriy operatsiyalarni amalga oshirilishi natijasida operatsiyalarning ko’zga tashlanmaslik xususiyati, ba’zi tijorat turlarini katta miqdorda naqd pulni saqlab turishni talab qiladi. Natijada ushbu tijoratchilar soliq to’lashlari kerak bo’lgan daromadini yashirish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Chet elliklar keyingi guruh hisoblanib, doimiy ravishda AQSh dollarini o’zlarida ushlab turishadi. Ko’plab mamlakatlarda aholi o’zining milliy valyutasiga ishonmaydi. Buning sababi ushbu bilan izohlanadiki, chet elliklarning milliy valyutasida foydalanishganda yuqori inflyasiya surati uchun xarajat qilishi natijasida milliy valyutaning qadri emiriladi. Ushbu guruhdagi odamlar AQSh dollarini ushlab turishdan maqsadi inflyasion riskni sug’urtalash hisoblanadi. Rublga bo’lgan ishonchni etishmasligi bois ruslarning katta miqdorda AQSh dollarini jamg’arishlariga olib kelmoqda. Muomalaga chiqarilgan AQSh dollarining yarmidan ko’pi xorijiy davlatlarda saqlanmoqda.
Iqtisodchilar va siyosatchilar pul aggregatlaridan qaysi biri pullarni o’lchashda samarali ekanligi borasida aniq bir to’xtamga kelishmagan bo’lib, mantiqiy jihatdan olib qaralganda ham pul aggregatlari harakati o’zaro yaqin va parallel hisoblanadi. Agarda pul aggregatlarini bir xil deb baholaydigan bo’lsak, bitta pul aggregatidan foydalangan holda kelajakdagi iqtisodiy faoliyatni bashoratlash va siyosatni amalga oshirish boshqa pul aggregatidan foydalanish bilan bir hil bo’lishi oqibatida pulning tegishli mohiyati belgilangan iqtisodiy qarorga mos tushish yoki tushmaslik ahamiyatini yo’qotar edi. Ammo, agar pul aggregatlari birgalikda xarakatlanmasa, bir pul aggregati tomonidan pul taklifida sodir bo’layotgan o’zgarishlar izohi boshqa pul aggregati tomonidan o’zgacha tavsiflanishi mumkin. Qarama-qarshi izohlar va tavsiflar mavjud vaziyatni chigallashtirilishi oqibatida iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonini yanada murakkablashtiradi.
2-rasm 1960-2011 yillarda M1 va M2 ning o’sish suratlarini tasvirlaydi. Ikkita pul aggregatining o’sish surati birgalikda xarakat qilish xususiyatini namoyon qilib, o’sish va tushish vaqti 1990 yillargacha bir xil ko’rinishga ega hisoblanadi. O’rtacha 1970 yillarga nisbatan 1960 yillarda M1 va M2 pul aggregatlari o’sish surati yuqori darajada ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari, bu aggregatlarning harakatida sezilarli farqlar ko’zga tashlanadi. 1992 yildan 1994 yilgacha M1 ning yuqori darajada o’sish suratiga qarama-qarshi ravishda M2 ancha pastroq o’sish suratiga ega bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, 2004 yildan 2007 yilgacha sezishimiz mumkinki, M2ning o’sish surati biroz ko’tarilgan bo’lsada, M1 keskin suratda pasaygan va salbiy ko’rinishga ega bo’lgan. 2009 yilda M1 deyarli 0%dan 15%gacha yuqori o’sish suratiga ega bo’lgan bo’lsa, M2 biroz o’sish suratini namoyon qildi. Bundan ko’rishimiz mumkinki, pulning turli o’lchov instrumentlari monetar siyosatning so’nggi yillardagi holati to’g’risida xar xil xulosalarni keltirib chiqaradi.