"Turizm va iqtisоdiyot" fakultеti



Download 7,73 Mb.
bet25/254
Sana13.04.2022
Hajmi7,73 Mb.
#548048
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   254
Bog'liq
2 5267176900576417005

Natural pullar
Jamiyatning dastlabki davrlarida to’lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko’rinishida bo’lgan. Natural pullar – bu real ko’rinishga ega bo’lgan tovarlardir, ushbu pullarning qiymati tovarning o’zida aks ettirilgan bo’lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir tovarning pul o’rnida foydalanishda uning iste’mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.

  1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo’y, buqa, jun, suyak va boshqalar.

  2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.

  3. O’simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o’simliklar va ularning mevalari kiradi. Masalan, bug’doy, mevalar, tamaki va boshqalar.

Natural pullarning paydo bo’lishi va ulardan foydalanish tarixi juda chuqur va qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o’rtada bo’lgan, birgalikda iste’mol qilgan, keyinchalik bir urug’ga mansub kishilar qabila – qabila bo’lib yashay boshlagan. Qabila ichida odamlar bir – biriga yordam berishi, oziq – ovqatlarni baham ko’rishi kerak bo’lgan. Bu beg’araz tartibda amalga oshirilib, buning o’rniga ular bir – biridan hech narsa umid qilmagan, hamma narsa o’rtada bo’lgan.
Keyinchalik ibtidoiy urug’chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti – vaqti bilan ular o’rtasida dahshatli qonli to’qnashuvlar bo’lib turgan. Ushbu to’qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g’alaba qozongandan keyin, ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar, asosan iste’mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar o’rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Tosh asri davrida kishilar erlarni o’zlashtirib ekin eka boshlagan, keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yo’la iste’mol qilingan bo’lsa, endi ma’lum miqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u erda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan. Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o’rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Odamlar o’rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi, 1 – rasmga qarang. Mehnat qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo’lib, ular o’z mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi.
Masalan, tosh asrida Evropada eng ko’p tarqarlgan ayirboshlash vositasi kremnivie boltalar hisoblangan. Manbalarga ko’ra ular juda yirik bo’lib, ayrimlarini og’irligi 40 kgni tashkil etgan. Evropada kremnivie boltalar juda keng tarqalgan bo’lib, unga ega bo’lgan kishilar juda boy va mavqie yuqori hisoblangan31.

Agar Evropada bolta juda keng tarqalgan to’lov vositasi hisoblansa, Russiyada iste’mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan. Masalan, iste’mol tovarlar ichida buqalar asosiy to’lov vositasi sifatida tan olingan. Barcha narsaning qiymati, hatto erlar ham buqalar bilan o’lchangan.


Manbalarga ko’ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar chorvachilik bilan shug’ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida buqalar, mayda to’lov vositasi sifatida qo’ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning rivojlanishi natijasida bug’doy o’lchov biriligi vositasida foydalanilgan. Bug’doyni uzoq saqlash imkoniyati bo’lmaganligi, u ma’lum muddat o’tgandan so’ng buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig’onoqlari, tosh bolta va shu kabi boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan, 2 – rasmga qarang.

Qadimda natural pullar turli ko’rinishda bo’lib, (2 – rasmga qarang) ulardan to’lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta’sir qilgan. Xususan:
– odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo’lgan buyumlar;
– mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi;
– kamyob buyumlar va ularni etishtirishning murakkablik darajasi;
– uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.



Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish