YO‘L HUJJATLARI: Sizda pasport yoki tegishli mamlakatlar qonunchiligida talab etiladigan shaxsni tasdiqlovchi boshqa (vizalar va boshq.) qonuniy amaldagi zarur hujjatlar bo‘lmasa, jo‘nab ketish imkoniyatiga ega bo‘lmaysiz.
REYSGA CHIQISHNI RAD ETISH. Reysga o‘rindiqlar miqdoridan ko‘proq chiptalar sotilishi mumkin va Sizda tasdiqlangan bronga ega bo‘lgan chipta bo‘lsa ham, reysda bo‘sh o‘rinlar bo‘lmasligi ehtimoli oz bo‘lsada bor. Kimgadir reysga chiqish rad etilishidan avval Tashuvchi reys jo‘nashidan oldin reysga chiqishni ixtiyoriy ravishda rad etishga tayyor yo‘lovchilarni qidirishga harakat qiladi. Agar Sizga reysga chiqish rad etilgan bo‘lsa, Siz kompensatsiya olasiz va Sizga boshqa eng yaqin reys bilan jo‘nash kafolatlanadi. Reysga chiqish rad etilgan chog‘da kompensatsiya taqdim etish Qoidalarini Tashuvchidan aniqlash mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti. Chiptada yoki marshrut kvitansiyasida ko‘rsatilgan vaqt havo kemasining uchib ketish vaqti hisoblanadi. Havo kemasining uchib ketish vaqti reysga ro‘yxatdan o‘tish yoki yo‘lovchilarning reysga chiqishi vaqti hisoblanmaydi. Tashuvchi tomonidan ko‘rsatilgan ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti yo‘lovchilar tashishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan eng kech vaqt hisoblanadi; tashuvchi tomonidan ko‘rsatilgan samolyotga chiqish vaqti yo‘lovchi samolyotga chiqish uchun kelishining eng kech vaqti hisoblanadi. Har bir aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘z vaqti belgilangan. Ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti tugashi to‘g‘risida aviachiptani xarid qilish chog‘ida, Tashuvchining saytida va uning vakolatxonalarida bilish mumkin. Tashuvchi tomonidan ko‘rsatilgan vaqtdan kech bo‘lmagan holda reysga ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.
BAGAJ.Ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj. Bagaj ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan aviachiptaning marshrutida qayd etilgan yetkazish punktlarigacha yagona tashish uchun ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tashuvchi xizmat ko‘rsatish klassi va/yoki tashuv marshrutiga qarab farqlanishi mumkin bo‘lgan o‘zi tomonidan belgilangan normalar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajni bepul tashishga ruxsat beradi.
Yo‘lovchi tashuvlarini bajarishda ishtirok etuvchi tashuvchilar ularning uchastkalari bo‘yicha tashishning mumkin bo‘lgan normalari oshgan hollarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj uchun qo‘shimcha to‘lov belgilashi mumkin.
Tashuvchi bepul tashishning belgilangan normalaridan ortiq bo‘lgan bagajni tashishda yo‘lovchiga bagajini qabul qilishni cheklash yoki rad etish huquqiga ega. Agar yo‘lovchi bagaj olib o‘tishning belgilangan normalaridan ortiq miqdordagi bagajni tashish uchun taqdim etsa, bunday bagaj bo‘sh joylar mavjud bo‘lgan holdagina va qo‘shimcha yig‘imlar to‘lovlarini amalga oshirish sharti bilan tashishga qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj sifatida tashilayotgan ba’zi predmetlarga nisbatan yo‘lovchi tomonidan qo‘shmcha yig‘imlarni to‘lash sharti bilan tashish uchun oshirilgan qiymat e’lon qilinishi mumkin.
Tashuvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajda tashilayotgan sinuvchan, qimmatbaho yoki tez buziladigan predmetlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Pullar, qimmatbaho narsalar va hujjatlarni yo‘lovchi o‘zi bilan, bagajga topshirmasdan olib o‘tishi lozim.
Qo‘l yuki. Yo‘lovchi samolyot saloniga o‘zi mas’ul bo‘lgan holda qo‘l yukini olib o‘tishi mumkin (sumka va h.k.). Bunday bagajning umumiy og‘irligi iqtisod klassi yo‘lovchilari uchun 8kgdan va xizmat ko‘rsatishning biznes klassi yo‘lovchilari ucun 10kgdan oshmasligi lozim. Qo‘l yukining maksimal o‘lchovlari uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha – 115 smdan oshmasligi lozim. Qo‘l yukini minimal miqdorda olib o‘tish tavsiya etiladi.
Qo‘l yuki olib o‘tishning ko‘rsatib o‘tilgan me’yoridan ortiq yo‘lovchi HK saloniga unga parvoz davomida zarur bo‘ladigan quyidagi predmetlarni olib o‘tishi mumkin:
ayollar sumkachasi, erkaklar portfeli yoki qog‘ozlar uchun mo‘ljallangan papka;
fotoapparat, videokamera;
parvozda o‘qish uchun bosma nashrlar;
2 kgdan ortiq bo‘lmagan og‘irlikdagi portativ kompyuter;
bola uchun ovqat va bolalar yo‘l belanchagi;
soyabon yoki hassa;
palto, plashch yoki ustki kiyimlarning boshqa predmetlari;
pled;
qo‘ltiqtayoqlar (agar yo‘lovchiga parvoz davomida kerak bo‘lsa);
og‘irligi 5 kgdan ortiq bo‘lmagan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115smdan ortiq bo‘lmagan o‘chamdagi Duty-free magazinidan xaridlar solingan sumka.
Agar tashuv bittadan ortiq tashuvchi tomonidan amalga oshirilsa, har bir tashuvchi bagajga (ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj va qo‘l yukiga nisbatan) nisbatan turli xil talablarni belgilashi mumkin.