27-modda. O‘zbekistonning Milliy turistik brendi
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisi va shiori
O‘zbekistonning Milliy turistik brendidir.
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisining shakli, rangli tasviri
hamda shiorning mazmuni vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekistonning Milliy turistik brendidan tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) targ‘ib
etishda foydalanilishi mumkin.
O‘zbekistonning Milliy turistik brendining elementlaridan boshqa maqsadlarda
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |