353
osti issiqxonasini tabiiy yo’l bilan isishini ta’minlaydi. Yer osti issiqxonalarida sitrus
mevali o’simliklar, turli xil manzarali butalar va gullarni ekishimiz mumkin. Yer ostki
qismida tashkil etilgan manzarali bog’ga daraxt ekishimiz ham mumkin. Bu sharoitda
daraxt sig’masligini inobatga olib, daraxtni chilpish orqali antiqa shakllar yaratishimiz
mumkin.
Shunday qilib, yurtimizda hamma sohalar singari turizm sohasi ham rivojlanib
bormoqda. Biz ekoturizmni rivojlanishi natijasida ham ma’naviy, ham iqtisodiy foyda
olishimiz mumkin. Bundan tashqari O’zbekiston tabiatini yangi o’simliklarni
iqlimlashtirib boyitishimiz mumkin. Faoliyatimiz natijasida biz bo’sh yerlardan
foydalanishimiz va turli xil tuproq unumdorligini oshiruvchi o’simliklar ekib uning
unumdorligini oshirishimiz mumkun. Bu yerdagi sitrus mevali o’simliklarning mevasi
ham bizni iqtisodiy jihatdan boyitadi.
Ekoturizmni rivojlantirish orqali eng avvalo iqtisodning ushbu sohasiga mahalliy
aholini jalb qilish, aholi bandligini oshirish imkoniyatini berish bilan birgalikda,
ekoturizm uchun zarur bo’lgan mahalliy bilim va tajribaga ega aholi bilan hamkorlik
qilish zarurati paydo bo’lishini ham ta’kidlab o’tish zarur.
Shunday ekan biz Buxoro viloyatida ham Shunday chora tadbirlarni amalga
oshirib, bu yerda ham ekoturizmni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozim.
Bizning hududimizda ekoturizmni rivojlantirishning qulay usullari mavjud. Bularga
misol qilib, quyonchilik, tuyachilik, parrandachilik, baliqchilikni keltirish mumkin.
Ayniqsa baliqchilik sohasini rivojlantirish orqali iqtisodiyotimizga katta foyda keltirsa
bo’ladi. Buxoro viloyatida asosan oq va chipor do’ngpeshona, karp, oq amur kabi
baliqlar yetishtiriladi. Ushbu baliq malkilari respublikamizning boshqa viloyatlaridan
keltirib o’stiriladi. Ba’zi bir baliqchilik xo’jaliklarida esa malkilar maxsus sexlarda ona
baliqga gipofizar inyeksiya qilish orqali chavoq yetishtirilib, lichinkalar chiqariladi.
So’ngra ular o’stirilib hovuzlarga qo’yvoriladi. Ushbu jarayonni kuzatish ham
sayyohlarga qiziq deb o’ylayman. Hamda bu jarayonni sayyohlar kuzatishini
tashkillashtirib, ularga bir qancha ma’lumotlar berilishi mumkin. Viloyatimizdagi
baliqchilik xo’jaliklarining yon atroflarida dam olish maskanini tashkil etish orqali
ichki turizmni rivojlantirish, bundan tashqari aholining madaniy hordiq chiqarishiga
ko’maklashish, yangi ish o’rnini yaratish mumkin. Aholi baliqchilik xo’jaliklarida ham
dam, olib ham baliq tutish imkoniga ega bo’ladi. Buning natijasida esa turizm bilan
birga iqtisodiyotga katta foyda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: