Yagona buyum oqimi
- bu tejamkor ishlab chiqarishning asosiy- fundamental
uslubiyati hisoblanadi. Ushbu uslubiyoti ommaviy ishlab chiqarishni inkor qilib,
talabdan kelib chiqqan holda kichik partiyalarda ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Bu
zaxiralarni kamaytirishga va bu o’z navbatida xarajatlarni pasaytirishga olib keladi.
Kanban
- ishlab chiqarishni va ta’minotni tashkil qilish tizimi. Uning
kartochkali, tarali va dasturiy (elektron) turlari mavjud. Mazkur uslubiyat axborot
oqimini tezlashtirish, pirovardida ta’minotni o’z vaqtida ta’minash orqali jarayonni
optimallashtirishga xizmat qiladi.
TPM
(ingl. Total Productive Maintenance) - texnik uskunalarning
samaradorligini ko’tarishga asoslangan menejment uslubiyati bo’lib, uskunalarga
26
James P. Womack, Daniel T. Jones, Daniel Roos - The Machine That Changed the World: The Story of Lean Production
Toyota's Secret Weapon in the Global Car Wars That Is Now Revolutionizing World Industry Paperback - March 13,
2007.
27
https://kaizeninstituteindia.wordpress.com/2014/06/02/16-types-of-loss-in-
gemba/
28
James P. Womack, Daniel T. Jones - Lean Thinking: Banish Waste and Create Wealth in Your Corporation, 2003.
276
barcha ishchilar birdek g’amxo’rlik qilishi kerak degan fikrni targ’ib etishni nazarda
tutadi
29
.
5S tizimi
- ish joyini oqilona tashkil etish va sistemalashtirish bo’lib, quyidagi
beshta qoidaning bosh xarflaridan olingan:
1.
Saralash (yap. Seiri, ingl. Sort) — narsalarni kerakli va keraksizligiga qarab
ajratish.
2.
Tartib (yap. Seiton, ingl. Set In Order) — zarur buyumlardan foydalanishni
osonlashtirish maqsadida, ularni oson topishga mo’ljallab saqlashni tashkil etish.
3.
Tozalik (yap. Seiso, ingli. Shine) — ish joyini doimo toza va ozoda saklashni
tashkil etish.
4.
Standartlash (yap. Seikesu, ingl. Standardize) — dastlabki uchta qoidani
bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ya’ni xar bir jarayon va amalning uz
standarti mavjud bo’lib, shu standartlardan chetga chiqmaslikni ta’minlash.
5.
Takomillashtirish (yap. Sisuke, ingl. Sustain) — ushbu so’zning to’g’ridan-
to’g’ri tarjimasi tarbiyalash bo’lib, xodimlarni malakasini doimiy oshirib borish hamda
muntazam tekshiruvlar va uchrashuvlarni amalga oshirish orqali yuksalishga erishishni
nazarda tutadi
30
.
SMED
(Single Minute Exchange of Dies) - uskunalarni ta’mirlashning tezkor
usulini joriy etishni nazarda tutadi. Amaliyotda uskunalarni ichki va tashqi ta’mirlash
usullari mavjud. Ichki ta’mirlashda uskunalarni to’liq o’chirib, tashqi sozlashda esa
uskunalarni o’chirmasdan sozlash mumkin. Shu sabali SMED ichki sozlash usullarini
tashqiga almashtirishga asosiy e’tibor qaratadi
31
.
Kaydzen
- tejamkor ishlab chiqarishning asosiy uslubologiyasi bo’lib,
bosqichma-bosqich
takomillashib
borish
va
jarayonlarning
uzluksizligini
ta’minlaydi
32
.
Poka-yoke
- tejamkor ishlab chiqarishning alifbosi hisoblanadi va yuzaga kelishi
mumkin bulgan xatolardan ximoyalanishni nazarda tutadi (sim kartaning kesilgan
burchagi bunga eng sodda misol bulishi mumkin). Ish joylarida vujudga kelishi
mumkin bulgan xatoliklarni aniklash va undan ximoyalnishning muhandislik
yechimlarini topish (masalan, detallar noto’g’ri o’rnatilganda signal beruvchi
chiroqlarni joriy etish) xam sifatning oshishi va vaqt hamda resurslarning tejalishiga
olib keladi.
Korxonaning individual xususiyatidan kelib chiqqan holda ushbu “Lean
Production” konsepsiyasi elementlarining ba’zi birlarini yoki xammasini korxona ish
faoliyatiga joriy etish mumkin.
29
James P. Womack, Daniel T. Jones, Daniel Roos - The Machine That Changed the World: The Story of Lean Production
Toyota's Secret Weapon in the Global Car Wars That Is Now Revolutionizing World Industry Paperback - March 13,
2007.
30
Ward, Allen - Lean Product and Process Development (2nd ed.). Cambridge, MA: Lean Enterprise Institute 2014, p.
215.
31
Ricardo Antunes, Vicente Gonzalez, Kenneth Walsh - "Quicker reaction, lower variability: The effect of transient time
in flow variability of project-driven production". 24rd Ann. Conf. of the Int’l. Group for Lean Construction, Boston, 2016.
32
Mark R. Hamel - Kaizen Event Fieldbook: Foundation, Framework, and Standard Work for Effective Events, 2010.
277
Do'stlaringiz bilan baham: |